Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
— Hozir qaerda u? 
— O‘sha paytda chetga o‘tib ketgan. 
— Biron belgisi bormidi? 
— Qanaqa belgi? 
— Masalan, chandig‘imi, xolimi? Olamgir akani oqsar edi, devdingiz, esingizdami? 
Damin o‘ylanib turib dedi: 
— Belgisini bilmayman... Olamgir akani topdilaringizmi? 
— Topdik. Daydidarada shu odamni o‘ldirib ketishgan. Oshnangiz akasi ekanini 
yashirib, «Men o‘ldirdim», deb turib olibdi. Shunisiga hayronmiz. Aka-uka orasida biron 
gap o‘tganmidi? 
Damin ko‘zoynagini qo‘liga olib, deraza osha tashqariga qarab o‘yga toldi. 
— Jahongir akasi haqida yomon so‘z aytmagan sira. 
— Peshonasidagi yozuv-chi? 
— «Alqasosu minal Haq»mi? Akasiga tegishli deb o‘ylayapsizlarmi? Men buni 
xayolimga keltirmagan ekanman. Nohaq qamaganlarga atalgan gap, deb yurarkanman. 
— Bizni bir narsa ajablantiryapti. Harholda aka-uka Daydidaraga bekorga 
borishmagan. 
— Jahongir har kelganida Daydidaraga bir borardi. Qamalmasidan burun o‘sha yerga 
uy qurib chiqaman, shu yerlarni bog‘ qilaman, derdi. Oxirgi qamoqdan chiqib kelib ham 
shunaqa degan. «Uyimizni kolxoz endi omborxona qilibdi, o‘ligim ko‘chada qolmasin. 
Menam ajdarqoyaning panohida yotay», devdi. 
— Daydidara chetroqda-ku? Nima uchun aynan o‘sha yerda uy qurmoqchi bo‘lgan? 
— Bir so‘raganimda «bahavo joy», degan. Bahavolikka bahavo. Otasi rahmatli o‘sha 
yerda sayl qilib, mehmon kutardilar. Jahongir uy quraman, deganida otasi tirik edi. Uy 
qurib chiqqanida, o‘sha yerlar ham obod bo‘lib ketarmidi... 
— Daydidarada o‘sha kuni biror kishi ovga chiqishi mumkinmidi? 
— Be, u yerda nimani ovlaydi? Ov qiladigan odam bu yerdan uchta tog‘ni oshib o‘tishi 
kerak. Ilgari kaklik ovi bo‘lib turardi. Endi u ham yo‘q. 
— Siz savolimga javob bermadingiz, biroz chalg‘ib ketdik. Aka-uka nima uchun 
Daydidarada uchrashishgan? Bu uchrashuv tasodifiy bo‘lmagan. Jahongir 
Muhammadrizaev siz bilan xayrlashish uchun atayin uyingizga kelgan. 
— Ha, gapingiz to‘g‘ri. Ko‘ngli g‘ash edi, mening ko‘nglim ham bir nimani sezuvdi. 
Savolingizga javob bera olmayman. Sababini Jahongirning o‘zi aytishi mumkin. Lekin u 
o‘jar odam, lozim topmasa aytmaydi. Otib yuborsangiz ham aytmaydi. 
— Agar qotilni topmasak, otilishi mumkin. 
— Nega endi otarkansiz? Bekordan bekorga-ya?! 
— Qotil topilmasa... 
— Nega topilmas ekan, toping! 
— Qidiryapmiz. Siz achchiqlanmang. Bekor o‘tirganimiz yo‘q. Oshnangizni qo‘yib 
yubordik. Hozir tobi yo‘q, shifoxonada yotibdi. 
— Unga nima bo‘ldi? 
— Yuragi charchagan shekilli, Xullas, biz unga xotini, o‘g‘lini topib berdik. 
— Xadicha tirik ekanmi? Jahonning o‘g‘li yo‘q edi-ku? 
— O‘g‘li yo‘lda tug‘ilgan. Olamgir Xadichaga uylangan. Bolani katta qilgan... 
— Yo, Parvardigor!.. — Damin shunday deb yoqa ushladi. — Yo qudratingdan, o‘zi 
biladimi shuni, ko‘rdimi ularni? 
— O‘g‘lini ko‘rdi. Xadichani orqasidan taloq qilganman, debdi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin