Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
odam ham uni ko‘rib qolgan. U Muhammadrizaevning qotillikni bo‘yniga olganini ham 
eshitgan, ochiqlikka chiqqanini ham bilgan. Hozir oyog‘i kuygan tovuqday pitirlayapti. 
Xitoy do‘xtur yana kelib ko‘rarmikin? Muhammadrizaev uyiga borsa-chi?» 
— Bemorning ahvoli qalay, uni uyiga jo‘natish mumkinmi? — deb so‘radi Solihov aniq 
qarorga kelib. 
— Yana picha davolanishi kerak. 
— Uyida yotib davolansa-chi? 
— Agar zarur desangiz... iloj qancha? 
— Biz sichqon qopqonga qachon tusharkin, deb poylay olmaymiz. 
— Tushunarli. Uyiga borib xabar olib turamiz. 
Solihov bosh tabibga minnatdorchilik bildirib, xayrlashdi. Idorasiga borib, to‘g‘ri 
Ramazonovning xonasiga kirdi. Kapitan bir dasta hujjatlarni stol ustiga yoyib olib, bosh 
qotirib o‘tirardi. Solihovni ko‘rib, o‘rnidan turdi. 
— Katta yo‘qladilar, — dedi u. — Yangilikni eshitgandirsiz? 
— Jabborovnimi? Eshitdim. Bizga osilmasa edi, deb turibman. Bir-ikki og‘ir gap aytgan 
edim, bunaqa odamlar kekchi bo‘lishadi. 
— Osilishni boshlabdi. Muhammadrizaevni ozod etganimiz uchun tanbeh beribdi. 
Qamoqqa olishni buyuribdi. 
— Shu yermay turuvdi, — Solihov shunday deb shoshilib chiqdi. Avval viloyat ichki 
ishlar boshqarmasi boshlig‘iga, so‘ng viloyat prokuroriga vaziyatni tushuntirgach, 
Jabborovning buyrug‘i bekor qilindi. Solihov biroz yengil tortib chiqayotganida prokuror 
uni to‘xtatdi: 
— Qirqbelda bir odam jamiyatni haqoratlaganda siz javob bermabsiz? 
Solihov g‘ijinib, bo‘lgan voqeani qisqacha bayon qildi. 
— Siz tajribali odamsiz. Bunaqa sharoitda o‘zingizni qo‘lga olishingiz shart. Yoningizda 
kim borligini ham unutmasligingiz kerak. Bu masalaga keyinroq yana qaytamiz. 
Solihov prokurorning xonasidan asabiylashib chiqdi. Jabborovning yana yuqori 
martabaga qaytishi, g‘alamisligini beto‘xtov boshlashi uni umidsizlik jari sari yetaklagan 
edi. Ishga bunday bemavrid aralashishlar ilgari ham tez-tez uchrar edi. Qotil qo‘lga 
olinay deganda ish to‘xtatilsin, degan buyruq boshlariga gurziday urilib, tovonlariga 
qadar zirillatib yuborardi. Yoki, aksincha, shubha ostidagi odamning beaybligi isbotlanay 
deganda, ishni sudga oshirishga majbur etishar edi. Shunday onlarda o‘zlarini haqiqat 
uchun kurashuvchi degan solihovlar temir qafasda na’ra tortayotgan yo‘lbars holiga 
tushar edilar. Choralari yo‘q edi unda. Endi yaxshi kunlar yuz ochib, yaxshilar qafas 
qulfiga kalit solgan edilar, qafasni ochamiz, adolatni erkin qush kabi moviy osmonga 
uchiramiz, deb edilar... Kalit qulfga solindi-yu, buralmadi... adolat qushi ham, haqiqat 
yo‘lbarsi ham tang ahvolda qolaverdi. 
Solihov idoraga qaytganida kapitan Ramazonov uni betoqatlanib kutar edi. 
— Siz hozir uyingizga borib, damingizni oling. Ertalab Tepabelga jo‘naysiz. 
Rahmatullaevni bilgan odamlarni topib, gaplashasiz. Keyin Qirqbelga o‘tib, Damin 
Eralievni boshlab kelasiz. Muhammadrizaevni ertaga uyiga qaytaramiz. Endi bu yog‘iga 
mushuk-sichqon o‘yini boshlanadi. Biz sichqon deb o‘ylayotganimiz tulki bo‘lib chiqishi 
ham mumkin. Ertaga ertalabdan Muhammadrizaev uyi doimiy nazoratga olinishi kerak. 
Aslida ilgariroq nazorat qilishimiz lozim edi. 
Solihov gap tamom, deganday stol ustiga kafti bilan urib qo‘ydi. 
— Asosiy gumon marhumning yaqinlariga qaratiladimi? 
— Sizda boshqa fikr bormi? 
— Muhammadrizaevning yaqinlari-chi? Turkiston legionida orttirgan do‘stlarini 
bilmaymiz-ku? 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin