Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
— Nimasidan qo‘rqasan? 
— Ko‘ngliga yoqmaganlarni quloq qilib yuribdi. Bitta echkisi bor odamni ham boy deb 
xatga tirkayapti. Harholda rais degan nomi bor. 
— Saylashga saylab qo‘yib boshlaringni toshga uryapsanlarmi? 
— Gapingni qara, saylamasak bir balo, saylasak yana bir balo. Chori ota «Hoy bola, 
birodarlaringni xo‘rlama» devdi, «Bog‘dor boy» deb uni quloq qildirvordi. Ota boyaqish 
shaharga yetmay uzilibdi. O‘ligini olib kelib shu yerga ko‘mishdi, ammo oilasini baribir 
jo‘natvordi. 
Jahongir Chori otani yaxshi tanir edi. Bu benazir bog‘bonning bog‘ida jannatda ham 
topilmaydigan mevali daraxtlar bor edi. 
— Bog‘ni kolxoz olib qo‘ygandir? 
— Qo‘yarmidi? Bog‘ qurib qolsa kerak, qarovning mazasi yo‘q. 
— Shunday odamni xorlagani uchun ko‘r bo‘ladi. 
— Jahon, u opalaringni ham jo‘natgan, hech kim qolmagan. 
— Yuragim sezgan edi. Cho‘ldagi yakka daraxtga o‘xshab qoldimmi?.. 
— G‘am chekaverma. Bitta sen yolg‘izmassan. Uylanarsan, bola-chaqa orttirarsanam, 
ungacha biznikida turaver. 
— Menikilar... ketgani rostmi? 
Jahongir bu savolni berishga yuragi betlamay turgan edi. U Xadichaning ketganini 
bilsa ham, «balki ketmay qolgandir, balki yo‘ldan qaytgandir» degan ilinj — uzoq 
yulduzning ojiz nuriday umid uni yoritib turar edi. Savolga «ha» degan javob olsa, bu 
so‘nggi yulduz nuri ham so‘nardi. Kutganidek bo‘ldi: «ha», degan qisqa javob oldi. Mana 
shu javob osmonga o‘t qo‘ydi, Jahongirni osmon o‘ti bag‘riga oldi; so‘ng yerni qoq ikkiga 
ajratdi, Jahongirni tubsiz jarga uloqtirdi. 
— Ilojing qancha, ko‘nikasan endi, uylanasan, bola-chaqa topasan... 
Damin to‘porilik bilan aytgan bu yupanch so‘zlarining o‘qqa aylanib do‘sti yuragiga 
sanchilishini o‘ylamagan edi. So‘nggi umidini ko‘mgan odamga uylanish haqida so‘z 
aytish joizmi? 
Jahongir Daminnikida tunab qoldi. Ertalab Damin guzarga chiqdi-yu, hovliqib qaytdi: 
— Jahon, uyidan haydayapti, dema, ammo ketmasang bo‘lmaydi shekilli. Sotti 
rayonga xat tushuribdi. Sen haqingda emish. Seni ham quloq qilib yuboradiganga 
o‘xshaydi. 
Jahongir bu gapni eshitib ajablanmadi ham, hayajonlanmadi ham. Xotirjamlik bilan 
yuziga fotiha tortib, o‘rnidan turdi. 
— Faqat ko‘nglingga egri gap olma, — dedi Damin xijolatlik bilan.
— Xat jo‘natmasa ham ketar edim, bu yerda qolib nima qildim. Sahrodagi yolg‘iz 
daraxtman men. 
U shunday deb Damin bilan xayrlashdi. Yo‘lni to‘g‘ri jaydidaraga oldi. Oqshomgacha 
atrofda aylanib yurdi. Kun botishda katta chinorga yaqinlashdi. Yerni pichoq bilan tatalab 
kavlab xumni ochdi. Tilla tangalardan olib beliga tugdi-da, xumni yana ko‘mib qo‘yib, 
shahar tomon ravona bo‘ldi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin