Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
«Aka-uka orasida nima gap o‘tgan? Nima uchun Jahongir xorijga ketmagan? 
Ulgurmaganmi, qo‘lga tushib qolganmi? Olamgir uning xotinini olib qochganmi? Nima sir 
bor ularning orasida? Yo‘lchivoy voqeadan bexabardir. Lekin onasi biladi, bila turib 
nimaga yashiradi? Balki opalari bilishar? Ular tirikmikin?» 
Safarqulning izidan borayotgan mayor Solihov ana shu savollarga xayolan javob 
izlardi. 
Solihov Safarqul bilan ko‘l bo‘yida suhbatlashayotganida kapitan Ramziddin 
Ramazonov poezd vagonining yuqori o‘rindig‘ida chalqancha yotib Samarqanddagi 
uchrashuvni, suhbatni o‘zicha tahlil qilar edi. 
Ular «Abram bulvari» deb nomlangan joyda uchrashdilar. Xiyobonda odam kam. 
Ahyon-ahyonda qo‘zg‘ab qoladigan achchiq shamol xazonlar orasidan birnimani 
izlaganday titib — to‘zitadi, hech nima topolmagach, tinchiydi. 
Boshiga kepka kiyib olgan, qaddi sal bukilgan, biroq g‘ayrat tark etmagan Sergey 
Komlev o‘tirib suhbatlashishga unamadi. 
— Azizim, meni afv eting, har bir daqiqam sanoqli mening, — dedi u. — Harholda o‘n 
yetti yilni boy berdim. Mantiqan olib qarasak, siz bilan gaplashmasligim kerak edi. 
Chunki o‘n yetti yilning gunohi siz kabi odamlarning bo‘ynida. Lekin men gina 
saqlamayman, bu birinchi, siz qamamagansiz — bu ikkinchi, zarur ish bilan atayin 
kelibsiz — bu uchinchi. Zarur ishingizni ayting. 
(Ramazonov Komlevning sof o‘zbek tilida gaplashishidan lol edi. Muhtaram 
o‘quvchining yodida bo‘lsa, Komlev 1922 yilda Jahongir bilan uchrashganida o‘zbekchani 
buzibroq so‘zlardi. Oradan yillar o‘tib, tarix ilmi bilan shug‘ullanish jarayonida u tilni 
binoyi o‘zlashtirib olgandi). 
— Siz Jahongir Muhammadrizaevni bilasizmi? 
— Bilaman, u tirikmi? 
— Tirik. 
Tirikligi yaxshi, lekin sizning surishtirib qolganingiz chatoq. Nima gap o‘zi? Men uni 
oxirgi marta o‘ttiz yettinchi yilda ko‘rganman. 
— Sizdan keyin u ham ketgan. So‘ng partizanlar otryadida bo‘lgan. Keyin yana... 
Xullas, hozir qotillikda ayblanyapti. Ochiqrog‘i — o‘zi bo‘yniga olib turibdi.
Komlev unga qattiq tikildi. 
— Bo‘lishi mumkin emas! — u shunday deb qo‘lini orqasiga qildi-da, tez-tez yurib 
ketdi. Keyin birdan to‘xtab, orqasiga o‘girildi. — Men ishonmayman! Bo‘lishi mumkin 
emas! Bir odamni shuncha qiynash mumkinmi? Ayting, insof bormi, sizlarda! 
— Sergey Vasilevich, axir... 
— Jim bo‘ling, iltimos, jim bo‘ling. Siz «savolni men beraman», deyishni yaxshi 
ko‘rasiz, ma’zur tuting, azizim, endi savol berish navbati bizga ham yetdi. Shu savolni 
berish uchun o‘n bir yil u yoqda, olti yil bu yoqda ma’dan qazidim. Balki shu savolni 
berish uchun o‘lmay qolgandirman: men o‘zimni aytmay, uning aybi nima? Qishlog‘iga 
birovlar o‘t qo‘ydi, jabrini u tortdi. E’tiqodli odam qishlog‘iga o‘t qo‘ymaydi, bilib oling. 
O‘ttiz yettinchi yilda men bilan uchrashgani uchun qamabsizlar. Men Temur davri 
madaniyatini o‘rganganim uchun xalqqa dushman ekanman. U-chi? U o‘rganishni 
istamagan edi. Jahongir balki katta olim bo‘lardi. Lekin uning hayotda boshqa bir 
maqsadi bor edi, afsuski, bu maqsadni birovga aytmasdi. U shu maqsadining qurboni 
bo‘ldimi yo yo‘l topolmay gangib jarga quladimi? Jar yoqasiga o‘zi bordimi yo sizlar 
majburladinglarmi? 
— Sergey Vasilevich, u gaplarni menga aytganingiz chakki. Men to‘rt yil urushda jang 
qildim, endi jinoyat qidiruv bo‘limidaman. Ahvolingizni tushunib turibman. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin