Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
— Demak, bu odamning ismi Olamgir, — dedi Solihov Jahongirning suratini 
cho‘ntagiga solib, — qaerdan taniysiz? 
— Qashqarda xizmatini qilganman. 
— Qo‘yini boqqanmisiz? 
— Qo‘yi yo‘q edi unda, uyida qarollik qilganman. O‘rozboyvachchaning nomardligidan 
kuyib yurganimda shu odam yo‘liqdi. Boshpana berdi. Buning ham boshiga kulfatlar 
tushgan ekan. 
— Qanaqa kulfat? 
— Otasini sho‘rolar otib tashlagan ekan, ukasi yo‘lda qazo qilibdi. So‘ng xotinidan 
ayrilibdi. Olamgir akaning bag‘ri keng edi. Boshqaga uylanmay, ukasining xotiniga 
o‘ylandi. Yo‘lda tug‘ilgan bolaga otalik qildi. 
— Ukasi nimadan o‘lgan ekan, aytmovdimi? 
— Bular ko‘chkiga duch kelishgan. Ukasi besh-olti yigit bilan oldinda ketayotgan ekan
g‘aflatda qolgan. 
— Ismini aytmaganmi? 
— Aytgan bo‘lsa ham esimda yo‘q. 
— Siz bu odam bilan birga qaytdingizmi? 
— Ha. 
— Nima uchun ism-nasibini o‘zgartirdi, sizga aytmadimi? 
— Aytgan: u qaytish uchun ruxsat ololmay yurgan ekan. «Bu dunyoning qiliqlarini 
anglash mushkul. Sho‘ro hukumati oldida gunohim yo‘q. Shunday bo‘lsa ham ehtiyot-
shart. Sen bilan aka-ukaday edik, aka-ukaday ro‘yxatga tirka, birga ketaylik
yaxshiliging yerda qolmaydi», dedi. 
— Sizga nima berdi buning evaziga? 
— Gilam bermoqchi edi, olmadim. O‘zimniki peshonamga bitsin, dedim. 
— Olamgir Qirqbeldanmi? 
— Ha, o‘sha yerdan. 
— U yerda qarindoshlari yo‘qmi? 
— Opalarim qolgan, derdi. Yana bilmadim. 
— Yusufxonaga hech keldimi? 
— Yo‘q, o‘sha xayrlashganimiz bo‘yi uchrashmadik. 
— Qashqarda biron-bir odam bilan yovlashib qolmaganmidi? 
— Buni yaxshi bilmayman. Men ulardan nari edim, kam ko‘rishardim. Birov bilan 
yovlashmagandir. Fe’li torroq edi-yu, ammo qo‘rqoqligi ham bor edi. 
Sanjar Solihov Olamgirning suratini olib cho‘ntagiga soldi. 
— Inim, men ham sizdan gap so‘ray, ijozatmi? 
— So‘rang. 
— Olamgir akani nima uchun surishtirib qoldingiz, tinchlikmi? 
— Tinchlik emas-da. Olamgir akangizni o‘ldirib ketishibdi. 
Safarqul «yanglish eshitmadimmi?» deganday Solihovga qarab qoldi, so‘ng pichirlab 
duo o‘qib, yuziga fotiha tortdi-da, «Qazo o‘zining yerida quvib yetibdi», deb qo‘ydi.
Solihovning iltimosi bilan ko‘l bo‘yiga chiqishdi. Osmon tiniq. Yulduzlar yuzida dudli 
xira parda yo‘q. Yengil shabadada jimirlayotgan ko‘l suvi besh kunlik oy aksini avaylab 
o‘ynaydi. Osmonni zabt etgan yulduzlar, ko‘l atrofini sadoqatli soqchilarday o‘rab turgan 
tog‘lar o‘zlari qaror toptirgan sukutdan mast. O‘ziga qandaydir sehrni yashirgan bu sukut 
Solihovni ham o‘ziga bo‘ysundirgan. Ko‘lga tikilib turgan Solihovga shahardagi ola-
g‘ovur, yugur-yugurlarning bari bekorchi bo‘lib tuyuldi. «Tabiat inson bolasiga shunday 
ajoyibotlarni, sehrli in’omlarini bersa-yu, noshukr odamlar bulardan ko‘z yumib mayda-
chuyda narsalarni talashsalar, bir-birlarini botqoqqa botirsalar, oyoqdan chalsalar, 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin