Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Ramziddin Ramazonov bu harakatchan odam bilan uzoq suhbat qurgisi kelgan edi
ammo Komlev gapni kalta qildi. Soatiga qarab oldiyu xayrlashib, shoshilganicha ketdi. 
Vagonning yuqori o‘rindig‘ida chalqancha yotgan Ramazonov shu suhbatni eslab, bu 
odamning donoligiyu irodasiga tan berdi. 
Mayor Solihov Yusufxonadan, kapitan Ramazonov Samarqanddan yaxshi kayfiyat 
bilan qaytdilar. Ular bu uchrashuvga qadar zimistonda sham ko‘tarib, igna qidirayotgan 
odam holida edilar. Zimiston sham yorug‘ligini yutaman, deydi. Atrofdagi odamlar esa, 
«igna u yerdamas, bu yerda», deb chalg‘itadilar. Bunaqada ignani topishdan butkul umid 
uzib qo‘yish mumkin edi. Shunday xulosa sari burilishda ular qo‘lidagi sham yaxshiroq 
yoritganday bo‘ldi.
9. SAHRODAGI YAXSHI ODAT 
Jahongirni shifoxonada Shoqol bilan qoldirgan edik. Uning ahvoli nechuk 
ekan? Devorlariga qadar dori hidi unniqib ketgan bu tor xonada xayoliga 
nelar keldi
Poyoni osmonga tutash sahro. Sahroda birgina tirik zot. U — Jahongir. Qumning 
otashi oyog‘ini kuydiradi. Osmonning qoq o‘rtasida ilinib olgan quyosh unga qasd qilgan: 
olovli nafasi bilan kuydirib tashlamoqchi. Tomoqlari qurigan. Oyoqda majol yo‘q. Ammo 
so‘nggi kuchini to‘plab olg‘a yuradi. Yana bir barxan, balki ikki barxanni oshib o‘tgach, 
jonga rohat beruvchi buloqqa yetadi. Buloq atrofi daraxtzor, xuddi Qirqbelga o‘xshadi. 
Qo‘ng‘iroqlarini jaranglatib karvon o‘tadi. 
«Hoy, yo‘lovchi, yur, biz bilan, joningni qiynama», deydi karvonboshi. 
«Mening manzilim boshqa», deydi Jahongir. 
«Nima sen Majnunmisan, Laylining hajrida o‘rtanyapsanmi? Muhabbat seni shu ko‘yga 
soldimi?» deydi karvonboshi.
«To‘g‘ri topdingiz, Men Majnunman, maqsadim majnuniman. Men muhabbatga 
begonaman. Manzilimga muhabbat bilan borib bo‘lmaydi». 
Karvon ketadi. Boshqasi keladi, yana ketadi. Nihoyat, ikki barxanni oshib o‘tadi. Ana 
— buloq! Ana — jon rohati! Lekin... suv yo‘q-ku? 
«Sen kechikding. Birov ichib qo‘ydi». 
Bu — otasining ovozi. 
«Ota, qaerdasiz?» 
«Suvingni birov ichib qo‘ydi, kechikding». 
«Otajon, qaerdasiz?» 
«Kechikding, bolam». 
«Ota!» 
Javob yo‘q. Buloq ham yo‘q, daraxtlar ham... Sahro... Yolg‘iz o‘zi turibdi. Qo‘ng‘irog‘i 
jiringlagan karvon ham yo‘q... Osmonga ilinib turgan quyosh yamlamay yutaman, deydi. 
Jahongirning nafasi qaytib, uyg‘ondi. Shoqol yondagi karavotda chordana qurib olgan, 
xuddi afsungarday unga tikilib o‘tiribdi. 
— Otangizni sog‘inibsiz, paxan, rosa chaqirdingiz. Odamga uyqu bermas ekansiz. 
Men-ku, kechasi uxlamayman. Olim bolani qiynavordingiz. 
— O‘zi qani? 
— Gum bo‘ldi. Tuzalibdi. Endi onasini ko‘radi. Ikkalamiz qoldik, paxan. Menam chiqib 
ketaman bu yerdan. Aniq bilaman, uch yildan ortiq berishmaydi menga. Chiqqanimdan 
keyin bir ishga sho‘ng‘iymanu mol-dunyo yig‘ib olaman. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin