Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
Jahongir «dunyoning barcha sitamlari, kulfatlari mening boshimga yog‘ilgan», deb 
o‘ylardi. Uy egasi — pahmoq soqolli chol kelgach, fikri o‘zgardi. Kulfatu sitamlar 
boshqalarga ham buyurgan ekan.
Chol Jahongirning kimligini bilgach, o‘zini tanishtirdi: 
— Andrey Grigorevich, — dedi u qo‘l uzatib, — odamlar Grigorich deyishadi, sen ham 
shunday deyaver. Qarindoshlaringni tanirdim, joylari jannatda bo‘lsin, — u shunday deb 
tokcha pardasini surib uzun bo‘yli shisha oldi. — O‘tir, ularning ruhini eslaylik, — u 
bo‘zani eslatuvchi qo‘lbola aroqni ikki krujkaga quyib, birini Jahongirga uzatdi. — 
Darvoqe, sen ichmasang kerak, a? Mayli, o‘zing bilasan, — Grigorich bir nima deb 
pichirlab cho‘qindi-da, krujkadagini ichib yuborib, kaftini dimog‘iga tutdi. — 
Qarindoshlaringning baxti yo‘q ekan. Olyaning ham baxti qaro ekan. Buning eri o‘tgan 
yozda ayiqqa duch kepti. Ikkita bolasi bilan o‘tiribdi endi. Qayoqqa boradi? Bu yerdan 
chiqish mumkinmas... 
Jahongir Olya kim ekan, deb taajjublangan edi, keyingi gapdan so‘ng o‘zbek juvonga 
qaradi. U labini qimtib, boshini egib o‘tirardi. Ichkarida go‘dak yig‘isi kelib, u irg‘ib 
o‘rnidan turdi. 
— Olya deganingiz... — deb tusmolladi Jahongir. 
— Ha, Olya deganim shu qizim, o‘zining oti... — chol eslashga urindi. — Kizimka, 
otingni yana esimdan chiqardim? 
Ichkaridan «Oynisa» degan zaif, titroq ovoz keldi.
— Shu uyda kampirim bilan turaman. Qarishdoshlaring daraxt kesib, yarim yerto‘la 
qurib olishgan edi. Olyaning eri ham boshpana quruvdi. U ayiqqa yem bo‘lganidan keyin 
Olyani uyimizga oldik. Bizga ham ovunchoq, ham xizmatimizni qiladi. Bularni boylar deb 
olib kelishgan edi, boy qiziga o‘xshamaydi. Mehnatdan qochmaydi, — chol ikkinchi 
krujkadagini bu safar cho‘qinmay ichib yubordi. — Bizning qishloqdan ham uchta oilani 
quloq qilishgan. Ikkitasi o‘zimizga o‘xshagan odamlar edi. Solomonich deganimiz yerga 
kaftini qo‘yib don ekish mumkinmi-yo‘qmi, aytib berardi. Hamma bilan baravar mehnat 
qilib, hammadan ko‘p hosil olardi. Aybi shu bo‘ldiki, kolxozga kirmadi. Endi sen menga 
ayt, peshonangdagi yozuvga qaraganda ko‘pni ko‘rganga o‘xshaysan: men imperator 
a’lo hazratlari davrini ham ko‘rdim, Kerenskiy, Lenin davrini ham ko‘rdim, lekin baribir 
tushunmayapman. Imperator Nikolay a’lo hazratlari siyosatchilarni surgun qilardi. 
Hozirgilaring dehqonlarni surgun qilyapti. Siyosatchi gap sotadi, g‘alva ko‘taradi, surgun 
qilsa-qilaversin. Dehqon sho‘rlik ularni boqsa, kiyintirsa surgun qilgani nimasi?! 
Odamlarni qiynashdan maqsadlari nima? 
Jahongirning bunday suhbatga hozir xohishi ham, holi ham yo‘q edi. Bolasining yig‘isi 
bahona bo‘lib, Oynisa kirib ketdi. Jahongirga ham bir bahona bo‘lsa-yu, tashqariga 
chiqsa, yolg‘iz qolsa... Lekin buning iloji yo‘q. Chol savolni berib qo‘yib, javob kutyapti. 
— Buni o‘zlaridan so‘rash kerak, men bilmayman. 
Chol tabiatan ezma edimi yo badani qizib sergapligi tutdimi, harholda Jahongirni 
bezor qildi. Kampiri kelib cholga dashnom bermaganida tong otguncha gapirishi mumkin 
edi. 
Jahongirdan «pichanxonada yotasizmi?» deb so‘rashganida u opasi yashagan uyni 
ko‘rsatishni so‘radi.
Yerdan odam bo‘yi barobar ko‘tarilib turgan ikkita darchali yarim yerto‘la uy qishloq 
chetida edi. Darchaga ham, eshikka ham taxta qoqib tashlangan ekan. Grigorich 
taxtalarni sug‘urib, ichkariga kirdi-da, sham yoqdi. Zax yerto‘lada shamning ham nafasi 
qaytganday olovli tili jonsiz lipilladi.


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin