boMib, «badanni qizdirish» kabi ta’sir o‘tkazadi. Ammo haddan tashqari qo‘zg‘alishlar
yoki startni uzoq vaqt mobaynida kutish paytida javob toliqib, so‘nadi va start chog‘ida
kerakli natija namoyon boimaydi. Jismoniy yuklama paytida, qon tarkibidagi buyrak usti
bezlarining gormonlari-gidrokortizonning,
peshobda esa, uning metaboliti (tanada
moddalar almashinuvi jarayonida vujudga keladigan turli oraliq va oxirgi moddalar)
miqdorining o‘zgarishlari qonuniy boiadi. Ushbu gormonal siljishlar, buyrak usti bezlari
faolligini oshganligini aks ettiradi.Bu bezlarning gormonlari tanani turli ta’sirlarga -
stresslarga moslashuvi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.Uzoq vaqt mobaynida
davom etadigan jismoniy zo‘riqishlar paytidagi stress javoblarida mazkur bezlaming
gormonlarining miqdorini oshishi, uning pasayishi bilan almashinishi mumkin.Bunlay
holat bezlar faoliyatini so‘nganligini aks ettiradi. Zo‘riqish
- katta kuch bilan amalga
oshadigan, uzoq davom etadigan faoliyat chog‘ida, mushaklarning qisqarish quvvatini
ta’minlash jarayonida karbonsuvlar va yogiar almashinuvida ishtirok etuvchi gormonlar
- insulin, glyukogen, somatotropin, aytarli darajadagi vazifani bajarishadi.
Jismoniy
yuklamaga javob berishni boshqarishda, gormonlarning hamjihatligi, ushbu javobni
tashkil etuvchi gormonal to‘plam haqida gapirishga imkon boiadi.
Sogiom sportchilar
qonida gormonlarning va peshob tarkibida ulaming metabolitlari miqdorlarining
o‘zgarishi vaqtinchalik ifodaga ega boiib, jismoniy yuklamaning davri va qayta
tiklanishi orasidagi bogianish qonuniyatini belgilaydi. 0 ‘zgarishlami
uzoq vaqt
mobaynida saqlanib turishi aniqlansa, u holda sportchini ichki sekretsiya bezlari
kasalliklari bo‘yicha, sinchkovlik bilan tekshirish kerak. Ichki sekretsiya bezlari
kasalliklari, ko‘pincha o‘sma kasalliklari bezlaming tarkibini
buzilishi yoki ulaming
distrofiyasi oqibatida boiishi va tanada maium gormon miqdorini oshib yoki kamayib
ketganligi bilan bogiiq boigan bemoming tashqi ko‘rinishi hamda moddalar
almashinuvining o‘zgarishi bilan ifodalanadi. Kamdan kam hollarda, kasallik to‘qimada
retseptorlaming faoliyatini izdan chiqishi bilan bog‘Iiq bo‘ladi. Ichki sekretsiya bezlari
kasalliklari nisbatan kam bo‘lib, tanlov jarayonida qatnashayotgan
sportchilarda juda
kam uchraydi. Shunga qaramay, boshqalarga nisbatan qandli diabet, (oshqozon osti
bezining shikastlanishi), bazedov kasalligi (qalqonsimon bezning shikastlanishi)
akromegaliya va uning shakllaridan biri gigantizm - ulkanlik (gipofizni shikastlanishi),
giper - va gipokortizm (buyrak usti bezlarining shikastlanishi) feoxromotsitoma (buyrak
usti bezlarining miya qismining shikastlanishi) ko‘p uchraydi.Gormonlarni
tekshirishning zamonaviy usullari (Xromatografiya, spektrofotometriya, flyuorometriya,
radioimmun va immunferment tahlillari) yuklamali sinamalar bilan birga ichki sekretsiya
bezi tizimining (gipotalamus, gipoflz) birlamchi shikastlanishini ishonchli ravishda
aniqlash imkoniyatini beradi.
Sportchilardako‘pinchauchraydiganichkisekretsiyabezlarikasalliklarivaularninamo
yonbo‘lishlari
1 Qandli diabet Oshqozon osti bezining gormoni - insulin kamomadi
Qonda qand miqdori oshgan, peshobda qand paydo bo‘ladi. Chanqash. Terining yiringli
kasalliklariga
moyillik, buyraklar, ko‘z to‘r pardasini shikastlanishi.
2 Zaharli bo‘qoq tireotoksikoz, bazedov kasaliigi
Qalqonsimon bezni gormoni - tiroksin va triyodtironinni ko‘pligi
Ozish, buqoq, ko‘zlarning chaqchayishi, taxikardiya, issiqqa chidamsizlik, asosiy
moddalar almashinuvi darajasini ortishi, q oi barmoqlarining qaltirashi.
3 Akromegaliya Yoshi kattalarda gipofiz gormoni - somatotropinni ortiqligi
Oyoq-qoilarning kattalashuvi. Pastki jag‘ning turtib chiqishi
4 Gigantizm Bolalikda gipofiz gormoni somatropinni ortiqligi
Juda baland bo‘y, oyoq-qoilar uzunligini ortishi
5 Giperkortitsizm Buyrak usti bezlari gormoni - gidrokortizonni kocpligi
Semirishga moyillik, yog‘ qatlamini notekis - qorin va ko‘krak qafasi sohasida
taqsimlanishi, tanada chandiq tizmalarining paydo bo‘lishi, shishganroq yuz, ensa, bosh
orqasi buqaniki kabi. Arterial qon bosimining oshishi, qonda qand miqdorini ko‘tarilishi
6 Gipokortitsizm (Addison kasalligi)
Buyrak usti bezlari gormoni - gidro- kortizonning yetishmasiigiOzish, terida ranglarni
paydo bo‘lishi (pigmentatsiya),
oshqozon ichak buzilishlari, arterial qon bosimini
tushishi, bequvvatlik, qonda qand miqdorini kamayishi
7 Feoxramotsitoma Buyrak usti bezlari miya qismining gormonlari adrenalin va
noradrenalinni ko‘payishi.Arterial qon bosimini buqronli taxikardiya bilan ko‘tarilishi.
Bosh og‘rig‘i, terlash, boshga qon kelishi oqibatida qizishi (priliv), ozishga, qonda qand
miqdori oshishiga moyillik. Ichki sekretsiya bezi kasalligini vujudga kelishi, shunga mos
keia- digan
Dostları ilə paylaş: