Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Ko’kaldosh 
madrasasi
XVI asr. Madrasa binosi 1523 yili Baroqxon (Navro’z Ahmadxon)ning 
o’rtancha o’g’li Darveshxonning vaziri Ko’kaldosh tomonidan an’anaviy 
me’morlik uslubida qurilgan. Ko’kaldosh madrasasi O’zbekistondagi eng 
noyob me’moriy obidalar turkumiga kiradi. Madrasa Markaziy Osiyo 
mamlakatlarida, ayniqsa, Movarounnahr hududida ma’rifat va 
ma’naviyatning yuksalishida, iymon va e’tiqodning xalq orasida 
shakllanishida, din va davlat arboblari, shoiru yozuvchilar, olimu fozillarni 
112


tayyorlashda muhim tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan maskandir. Hozir ham 
O’zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli Islom o’rta-maxsus bilim yurti 
sifatida o’zining tom vazifasini ado etib kelmoqda.
63
Xo’ja 
Alambardor 
maqbarasi
XIX asr. Bu maqbara Islom dini arboblaridan Xo’ja Abdul Aziz Alambardor 
nomi bilan bog’liqdir. Islom fotihlari hijriy 135-145 yillar oralig’ida qadimgi 
Choch (Shosh - hozirgi Toshkent) shahriga kelganida lashkarning bayroq 
ko’taruvchisi - alambardori Abdul Aziz Samarqand darvoza tashqarisiga 
Islom tug’ini qadagan. O’sha joy hozirgi Xo’ja Alambardor qabristonining 
o’rtasi bo’lib, keyinroq bu yerda bir sag’ana qurilgan. Xo’ja Alambardor 
Abdul Aziz umrining oxirgi yillarini Isfijob (Sayram)da o’tkazadi va o’sha 
yerda vafot etadi. Keyinroq uning qabri yon atrofiga Ahmad Yassaviyning 
ota-onalari ham qo’yilgan. Demak, mazkur maqbarada Xo’ja 
Alambardorning o’zi yo’q. Ammo ichida katta-kichik beshta qabr mavjud. 
Maqbara bir necha marta qayta tiklangan. Ichida o’sha vaqtda qo’yilgan 
Islom bayrog’i tug’i hamon saqlanadi. Tug’da "Alloh" va "Muhammad" 
so’zlari yozilgan.
64
Xoja Ahror Valiy 
masjidi
Xoja Ahror Valiy masjidi 1451 yilda ulug’ alloma, zamonasinnig yetuk 
olimi, davlat arbobi, xalqparvar inson Xoja Ahror Valiy tomonidan 
qurdirilgan. Toshkent shahridagi eng katta masjid bo’lganligi uchun shahar 
ulamolari, qozilar shu yerda ish yuritishgan. Oddiy xalq masjidni "Majjome’ 
" deb atardi. Vaqt o’tishi bilan masjid binosi juda ayanchli holatga kelib 
qoldi. Istiqlol yillarida yangi zamonaviy sharqona uslubdagi masjid qad 
rostladi. Shaharning ko’rki, gultoji bo’lgan bu bino Sharqning go’zal 
me’moriy san’atini o’zida mujassam etadi
65

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin