Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Tillo Shayx 
masjidi
Masjid 1890 yilda iymon-ye’tiqodli, taqvodor Tillo Shayx ota ismli savdogar 
tomonidan qurdirilgan. U Xitoydan qo’ylar olib kelib sotish bilan 
shug’ullanib, bir yillik foydasidan ushbu masjidni qurdirib, mo’min-
musulmonlarga
in’om
qilgan
ekan.
Ro’baro’da Baroqxon madrasasi joylashgan bo’lib, bu ikki yodgorlik sal 
shimolroqda qurilgan Qaffoli Shoshiy maqbarasi bilan birgalikda ko’p 
zamonlar Hazrati Imom (Hastimom) mahallasining guzari va eng ko’rkam 
joyi hisoblangan.
Navoiy viloyati
66
Mirsaid Bahrom 
maqbarasi
 
Maqbara XI asrda hozirgi Karmana shahri hududida bino etilgan. Uning 
sohibi mashhur savdogar, islomiy ilmlar bilimdoni Mirsaid Bahrom bo’lib, 
Karmanadan o’tgan Buyuk ipak yo’li orqali Afg’on, Eron, Arab davlatlariga 
borib, savdo-sotiq bilan shug’ullangan. Orttirgan mol-dunyosidan ko’plab 
xayr-yehsonlar qilib, katta obro’-ye’tiborga sazovor bo’lgan. U fiqh, tarix 
ilmlarini puxta bilgan. Umrining oxirlarida tasavvuf yo’liga o’tib, sohibi 
karomat darajasiga yetgan.
67
Qosim Shayx 
Azizon 
maqbarasi
XVI asr. Buxoro xoni Abdullaxon davrida mashhur bo’lgan piri murshid 
Qosim Shayx Azizon dafn qilingan dahma, xonning farmoyishiga muvofiq 
XVI asrning 80- yillarida bunyod etilgan. Abdullaxon hukmronlik qilgan 
davrda (1583-1595 y.) Qosim Shayx Azizon uning ma’naviy rahnamosi va 
piri edi. Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma", Hasanxoja 
Nisoriyning "Muzakkiri ahbob", Muhammad Tohir al-Xorazmiyning "Tarix 
al-avliyo" kabi asarlarida Qosim Shayx hazratlari XVI asr boshlarida 
taxminan 1503-1504 yillarda tug’ilganlar, deyilgan. Qosim Shayx Azizon 
tasavvufning jahriyya (zohiriy zikr) sulukiga mansub bo’lib, ma’naviy 
ruhoniy silsilalari Xoja Ahmad Yassaviyga borib taqaladi. Ularning oliy 
sha’n xonaqohi "Bu yerga kirgan kishi omonlik topgay ", degan hadis 
kamolidan mujda berib, zamon ahlining tinchlik va omonlik uyiga aylangan. 
Qosim Shayx Azizon 1581 yili 78 yoshlarida vafot etganlar.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin