19
uchun u erishilgan natija – aniq ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi. Tahlil
natijasiga ko‘ra faoliyatning samarali bo‘lgani to‘g‘risidagi xulosaga kelinadi.
Faoliyat samaradorligini aniqlash bir necha yo‘l,
metod yoki usullar bilan
aniqlanadi. Pedagogik diagnostika bu boradagi mavjud yo‘l, meod va usullarni
o‘zida to‘la qamrab olgan faoliyat shakli hamda alohida mustaqil soha sanaladi.
Ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan pedagogik diagnostika yaxlit jarayon bo‘lib,
u o‘z ichiga bir nechta turdagi diagnostik faoliyatni qamrab oladi.
Manbalarda pedagogik diagnostikaning bir nechta turi mavjudligi ko‘rsatiladi.
Ular quyidagilardir (4-rasm):
Asosiy diagnostika
ni o‘tkazishning asosiy usuli – bir qator boshqa usullar
bilan to‘ldirilgan ishtirokchi kuzatuv usuli sanaladi. Bu turdagi tashxis yiliga ikki
marta
o‘tkaziladi va sinfdagi barcha o‘quvchilarni qamrab oladi.
Mohiyatiga ko‘ra
asosiy boshlang‘ich diagnostika
o‘quvchining
joriy
vaqtgacha erishgan yutuqlari, shuningdek, rivojlanishdagi muammolari aniqlanadi.
Mavjud muammolarni hal qilish uchun o‘quvchiga o‘qituvchi, ota-onalar yoki
mutaxassisning yordami zarur. Asosiy boshlang‘ich diagnostika asosida o‘qituvchi
psixolog va mutaxassis o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchining
shaxs sifatida
rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlaydi.
Shu bilan birga uning o‘quv faoliyatida hamda shaxs sifatida shakllanishida
yutuqlarga erishishi uchun kattalarning kasbiy yordami yoki hayotiy tajribasiga
asoslangan maslahatlari kerak. Asosiy boshlang‘ich diagnostika
orqali pedagogik
yordamga muhtoj o‘quvchilar uchun individual ish rejasi ishlab chiqiladi. Rejada
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan
vazifalar, shuningdek, o‘quvchining
shaxsiy
rivojlanishiga imkon beradigan bir yillik ta’lim yo‘nalishi belgilanadi.
O‘quv yili oxirida o‘tkaziladigan
Dostları ilə paylaş: