65
natijalarga olib keladi. Natijada o‘quvchilarda o‘qituvchiga, shu bilan birga o‘quv
faniga bo‘lgan salbiy munosabat shakllanadi. O‘quvchi ta’lim olishda va shaxs
sifatida rivojlanishini kafolatlovchi o‘z ustida ishlashdan soviydi.
Qo‘shimcha
testlarning tashkil qilinishi, nazorat topshiriqlarining berilishi
o‘quvchilarda ta’limiy motivatsiyaning kuchayishiga yordam beradi.
Pedagogik nazoratni tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi,
o‘quvchilar faoliyatini
samarali uyushtirilishi, o‘quvchilarning o‘rganilayotgan
bilim, ko‘nikma, malaka hamda ma’naviy-axloqiy sifatlarga egaligining xolis
baholanishi ta’lim oluvchilarni har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi.
Xolis tashkil qilingan nazorat o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatadi, ularning
xotirasini kuchaytiradi, mavjud bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikma va
malakalariga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Test va nazorat
topshiriqlarining mohiyati, mazmuni, ularni bajarish uchun
yaratilgan sharoit, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolligi pedagogik nazoratning
rivojlantiruvchanlik xarakterini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: