KK_1.15.Ta’lim-tarbiya jarayonida axborot texnoligiyalarini qo’llash, ta’lim jarayonida audiovizual texnik vositalardan foydalanish, bolalar uchun mo’ljallangan o’yinlar yaratish va internetdan foydalanish.
Ta’lim-tarbiya jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llashni bilib oladi. Mashg’ulot faoliyat jarayonida audiovizual texnik vositalardan foydalanishni o’rganadi. Bolalar uchun mashg’ulotga mos o’yinlar yaratadi. Mashg’ulotga va o’ziga kerakli ma’lumotlarni internetdan to’plashni undan foydalana olishni bilib oladi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim- tarbiya jarayoni va rivojlanish markazlardagifaoliyatlarini tashkil etish o’quv amaliyot mavzular rejasi (180 soat)
Kichik va o’rta guruhlarda ta’lim jarayonining mavzuviy rejasi bo’yicha qurish, konstruktsiyalash va matematika markazidagi mavzularni o’rganadi. Davlat talablaridan “aqliy rivojlanish” sohasi, “Mayda matorika”, “Qo’l barmoqlari motorikasi” kichik sohalarini bilib oladi. Kichik guruh uchun “Gul yaproqlar”, Geometrik shakllardan Yirik kesma rasmlarini yig’ish mavzularida o’yinli ta’lim faoliyati ishlanmasini tuza oladi va tashkil eta oladi..
Katta va tayyorlov guruhda ta’lim jarayonining rejasi bo’yicha qurilish, konstruktsiyalash va matematika markazidagi mavzularni o’rganadi. Davlat talablaridan “Aqliy rivojlanish” sohasi, “Mayda motorikasi”, “Qo’l motorikasi” kichik sohalarini bilib oladi.Tayyor qurilish materiallaridan, lego, pazllar, qog’oz va kartondan, tabiiy materiallardan konstruksiyalar kartotekasini tuzadi va haftalar bo’yicha loyhalaydi. Katta guruhlar uchun “Qog’ozdan savatcha”, kartondan “Yo’lovchilar uchun avtobus” mavzularida o’yinli ta’lim faoliyati ishlanmasini tuzadi va tashkil etishni o’rganadi.
Tayyorlov guruhi uchun qog’ozdan varrak, tashlandiq materiallardan “qush uyasi” mavzularida o’yinli ta’lim faoliyatini ishlanmasini tuzadi va tashkil etishni o’rganadi.