150
oltingugurt, xlor va fosforni saqlagan murakkab organik moddalar. Barqaror
chegara qatlamini hosil qilishda bu qo`ndirmalarning ta’sir etish mexanizmi
turlicha bo’lishi mumkin.
Kislotalar, efirlar va boshqa qutbli kislorod saqlagan
moddalar adsorbtsiya kuchlari hisobiga metall maydonida ma’lum tartibda
yo’naladi. Qo`ndirma molekulalarining metallar bilan o’zaro ta’sirlashi
sovunga o’xshagan moddalarni hosil qilishi ham mumkin degan fikr ham bor.
Qo`ndirmalar
tarkibiga kiruvchi fosfor, oltingugurt va xlor
ham metallar bilan
reaktsiyaga kirishib effektiy qotishmalar xarakteriga ega bo’lgan
anorganik
pardalar hosil qiladi. Metallga qaraganda bu qotishmalarning suyuqlanish
haroratlari ancha past bo’lganligi sababli chegara joylarini surkash sharoitida
yuqori haroratlarda bu qotishmalar oqa boshlaydi.
Bunda esa metall yuzasida
qoplama hosil bo’ladi.
Kislorod saqlagan moddalardan eskirishga qarshi qo`ndirmalar sifatida
yuqori yog` kislotalardan olein, stearin va boshqalari: tabiiy yog`
va moylar,
aril-alkil radikalli yuqori molekulyar ketonlar keng qo’llanilmoqda.
Yaxshi maxsus tirnalishga qarshi qo`ndirma antioksidlovchilik xossaga
ega bo’lgan rux dialtiofosfati bo’lib chiqdi. Yuqorida ko’rsatilgan moddalardan
tashqari eskirishga qarshi qo`ndirmalar sifatida xlorlangan kislotalar va ularning
efirlari (trixlorstearin kislota, metildixlorstearat),
turli disulfidlar, trikrezilfosfat
va ko’pgina boshqa organik moddalar taklif qilingan.
Dostları ilə paylaş: