199
(turli diametrdagi sektsiyalar balandligi, xom-ashyo kiritilishi miqdori va sathi
va boshq.) optimallashtirishni talab qiladi. Seolit-saqlagan katalizator koksga
juda sezuvchan bo’ladi, shuning uchun
katalizator regeneratsiyasi shartlari
amorf katalizatorlarga nisbatan ancha qat’iyroq bo’ladi. S
eolit saqlagan
katalizatorning 760-780 °S gacha yuqori termik barqarorligi (
amorf
katalizatorlardagi
560-650 °S o’rniga) katalizatorni
yuqori haroratda
regeneratsiyasini regeneratorda uglerod oksid CO ni
nazoratli qo’shimcha
yondirish
bilan birgalikda o’tkazish va regeneratordan chiquvchi tutun gazlarida
CO miqdorini 0,1hajm % va hatto 0,005% dan kichik («Amoco», «UOP»,
«Kellogg», «Exxon» firmalari jarayonlari) miqdorlargacha pasaytirish,
shuningdek regeneratsiyalangan katalizatorlarda koks qoldiq miqdorini 0,02-
0,05 mas. % gacha tushirish imkoniyatini beradi. Katalizator sirkulyatsiyasi shu
darajada oshadiki, xom-ashyoni dastlabki tashqi isitilishini kamaytirib, issiq
regeneratsiyalangan katalizator bilan asosiy isitishni bajarish orqali regenerator
va reaktor orasida issiqlik balansini ushlab turish mumkin.
Katalizatorni yuqori haroratda regeneratsiyasini qo’llab
FKK qurilmalari
samaradorligi shuningdek
energiya utilizatsyasi (rekuperatsiyasi) kiritilgan
sistemalari hisobidan ham oshiriladi. Suv bug`ini ishlab chiqarish uchun
qozonlar-utilizatorlar, havo isitgichlar va boshqa isiqlik ishlatuvchi
qurilmalarning turli konstruktsiyalari ishlatiladi. Ko’pgina qurilmalarda
regeneratordan tutun gazlarini chiqarish sistemalarida rekuperatsion gaz
turbinasi ishlatiladi.
0,3 MPa va undan ortiq
bosimli issiq gaz tutunlari
energiyasi gazlar bosimi va haroratini pasaytirib turbinada utilizatsiyalanadi.
Turbina odatda regeneratorga havoni uzatish uchun havo puflab yuborish
qurilmasi uzatmasi uchun ishlatiladi. 670-760 °S haroratli tutun gazlari
regeneratordan qurilmaning errozion yemirilishini kamaytirish uchun katalizator
changidan nafaqat
regeneratorlarning ikki bosqichli siklonlarida, balki yana
changdan ajratish maxsus uchinchi bosqichida (shell-separatorda) yaxshilab
tozalanadi. Gazlarda qolgan katalizator zarrachalari o’lchami 10 mkm dan
oshmasligi lozim. Mazkur turbinalar uzoq vaqt davomida ishlaydi,
energiya
200
rekuperatsiyasi zamonaviy sistemalari ta’mirlararo davri
ikki yilgacha
boradi, bu
esa FKK qurilmalarining o’rtacha ta’mirlararo davri
(2-3 yil)
ga yaqinlashadi.
Yuqori faol yangi katalizatorlar xom-ashyoni benzin fraksiyasi 78 hajm. %
gacha chiqishi bilan o’zgarishini ta’minlaydi, shu sababli retsikldan minimal
foydalanishga tendentsiyasi kuzatilib, uning hajmi toza xom-ashyodan 3-5%
dan oshmasligi lozim. So’nggi yillarda, ayniqsa AQSh da ko’plab qurilmalar
ekspluatatsiyasining
xarakterli xususiyati bo’lib
tarkibga
og`ir
neft
fraksiyalarini jalb qilish
hisoblanadi, bunda katalizatorning
kokslanishi oshadi
va katalizator sirkulyatsiyasi sonini oshirilishi talab qilinadi, bu esa o’z
navbatida apparatura alohida uzellari abraziv yeilishini, katalizator emirilishini
va uning yo’qotilishini oshiradi. Regeneratorda koksning katta miqdorlarining
yondirilishi regenerator va reaktor orasidagi issiqlik balansini buzadi,
regeneratorda bug`li zmeeviklarni o’rnatish orqali undan ortiqcha issiqlikni
chiqarishga, xom-ashyo dastlabki isitilishini qo’shimcha
tushirishga, koks
yondirilishi uchun havo ortiqcha miqdorini oshirishga, yengil gazoyl
retsirkulyatsiyasini amalga oshirishga majbur qiladi. FKK ko’rsatkichlari
sezilarli yaxshilanishi anchadan beri
xom-ashyoni dastlabki gidrotozalash
orqali
erishiladi. Katalizatorlar mustahkamligi va eyilishga chidamligi unda Al
2
O
3
miqdori oshirilishi hisobidan ko’tariladi, FKK qurilmalarida katalizatorning
o’rtacha sarfi 0,5 kg/t xom-ashyoni tashkil qiladi, qurilmalarning ta’mirlararo
ishlash davri esa 2-3 yilga (ba’zan 6 yilgacha) yetishi mumkin. FKK qurilmalari
uchun qoldiq xom-ashyoni qayta ishlashda
undan metallarni
(nikel, vanadiy,
natriy, mis va temir)
yo’qotish
qiyinchiliklarni chaqirishi kuzatilib, mazkur
metallar yoki katalizatorni zaharlaydi (natriy), yoki katalizatorda yig`ilib, uning
selektivligini pasaytiradi va gaz hamda koks chiqishini oshiradi.
Qoldiq xom-ashyo krekingi
uchun yangi maxsus katalizatorlar ham
ishlatiladi, biroq ular FKK boshqa katalizatorlaridan ancha qimmatroq turadi.
Neft
qoldiqlarini
(shu
jumladan
mazutni)
gidrotozalash
va
gidrometallsizlantirish
(yumshoq rejimda gidrokreking) usullari, ayniqsa neftni
dunyo bo’ylab qazib olish hajmida og`ir neftlar ulushi oshishini hisobga olsak,
201
FKK qo’llnilishi imkoniyatlarini kengaytiradi. Biroq gidrogenizatsion
jarayonlar uchun ortiqcha vodorod manbalari muammolari, turli mamlakatlarda
yonilg`i
energetik balans farqlanishi, turli nohiyalardagi u yoki bu yonilg`iga
bo’lgan har xil talablar neft fraksiyalarini qayta ishlash jarayonlarining u yoki
bu ikkilamchi jarayonlarini tanlashga kuchli ta’sir ko’rsatadi, chunki
ko’rsatilgan jarayonlarning birontasi ham absolyut afzalliklarga ega bo’la
olmaydi.
Dostları ilə paylaş: