Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə4/11
tarix07.02.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#114255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tas san\'at tarixi Pardayeva Eliza

Kurs ishining vazifalari:

-XX asrda Yevropaning amaliy bezak san'ati

- XX asr boshlaridagi Yevropa amaliy san’atidagi naqshlari



-XX asrda Yevropa amaliy bezak san’atining o’ziga xos jihatlari

-. XXasrda Yevropa amaliy bezak san’atining metodikasi

- Yevropa amaliy bezak san’ati kompozitsiyasi



Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi: kirish, ikkita asosiy boblar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar Yevropaning amaliy bezak san'atiro‘yhatidan iborat.
I. BOB. XX ASRDA YEVROPANING AMALIY BEZAK SAN'ATI

1.1.XX asr boshlaridagi Yevropa amaliy bezak san’atidagi

naqshlar.

Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati – bezak san’ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o‘yinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bog‘liq ijodiy meh-nat sohalarini o‘z ichiga oladi. Amaliy sanʼat asarlari ko‘z bilan ko‘rish, his etish va anglashga mo‘ljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va bu-yumlari insonning moddiy muhitini go‘zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o‘zining ko‘rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo‘lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go‘zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko‘pligi Amaliy sanʼat da estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalar-dir. Amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli od-diy, jo‘n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzili-shi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol o‘ynaydi. Xom ashyoning go‘zalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining ma-romi buyumning ta’-sirchan umumlashma qiyofasini ifoda-lovchi yagona vositalardir. Ta’sirchan mazmunli shakllar ko‘pincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil bo‘layotgan bezak uning obraz tuzi-lishiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bez-agi tufayli buyum Amaliy sanʼat asariga aylanadi. Amaliy sanʼat da bezak yaratishda naqsh bilan tasvi-riy san’at (haykaltaroshlik, rangtas-vir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qo‘llaniladi. Ba’zan naqsh yoki tasvir bu-yumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, to‘r; gilam, mato gullari va hokazo). Amaliy sanʼat asarining uyg‘unligi av-valo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bez-akning o‘zaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon bo‘ladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum ko‘lami va xusu-siyati, uning amaliy va badiiy vazifasi bilan uyg‘unlashtirishning zarurligi tas-viriy bo‘laklarni o‘zgarishiga, talqinda shartlilikka va narsa qismlarini o‘xshatib yaratishga olib keladi.1

XIX asr 2- yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yog‘och, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (bo‘yash, o‘yib-kesib ishlash, quyish, kash-ta tikish, to‘qish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa o‘z navbatida buyumlarga ishlov be-rishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bog‘lanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi.Amaliy sanʼat asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va mil-liy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan uning mod-diy madaniyatini ifoda etadi. Asrlar mobaynida xalq, ijodiyotining sohasi sifatida amaliy bezak san’ati. yuzaga kelgan. Uning rivojida xalq yashagan joyning jug‘rofiy sha-roiti, xalqining mashg‘uloti, etnik va milliy jihatlari, turmush tarzi, madaniy darajasi, qo‘shni xalqlar bilan aloqalari va boshqa muhim rol o‘ynagan. Kulollikka yaraydigan tuproq mavjud joylarda kulollik, chorvachilik rivoj topgan yerlarda jundan mato to‘qish, mo‘ynado‘zlik, kigiz bosish, gi-lamchilik va sh.k. rivojlangan, Amaliy sanʼat asarlarining ma’lum joyga xos uslublari shakllangan.O‘zbekiston hududidan mezolit davriga oid qadimgi san’at yodgorliklari to-pilgan. Neolit davri sopol idishlari qo‘lda yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar (tirnoq, qo‘l bilan chizib) tu-shirib bezatilgan. Farg‘ona vodiysidan miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri – 2-ming yillikka oid jez davri quyma badiiy buyumlari (jez va kumush1 buyumlar xazinasi) topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik handasiy bezaklar ishlana boshlangan. Farg‘ona vodiysi, Surxonda-ryo viloyati o‘troq dehqon aholisi idishlari shu davrda uchburchak, rombsimon yoki kataqsimon qizil-qora chiziqchalar bilan bezalgan; Amudaryo bo‘yi vohasidan topilgan buyumlarda ham shunday tas-virlar jigarrang, oq za-minga chizil-gan. Jez davri dasht qabilalari foy-dalangan sopol idishlardagi uchburchak, ilonizi, archasimon yoki yo‘l-yo‘l tas-virlar qolip bilan bosilgan (Xorazmdagi Tozabog‘yop madaniyati, Buxoro vohasidagi Qizilqir qabristoni). Mil. av. XV – XVI-asrlar yodgorliklariga oid sopol idish va haykalchalarga hayvonlar shakli ishlan-gan (Qovunchi madaniyati idish dastasi-dagi hayvon shakli; Afrosiyob va Xolcha-yondan topilgan taqinchoqlardagi bo‘rtma tasvirlar). Ilk o‘rta asr ( XV– XVIII-asrlar) amaliy bezak san’ati Sug‘d, Tohari-ston, Xorazm va Farg‘onadagi davlatlar madaniyati bilan bog‘liq ravishda rivoj-langan. Ganch o‘ymakorligi (Samarqand, Varaxsha) va yog‘och o‘ymakorligi (Sur-xondaryo viloyati)da naqshga mavzuli mu-jassamotlar aralashtirib berilgan, yassi bo‘rtma bezaklar o‘rnini hajmli shakllar egallagan. Handasiy va us-lublashtirilgan o‘simliksimon naqsh asoslari yanada mukammallashtiril-gan. Afrosiyob, Bolaliktepa va Va-raxsha rasmlarida tasvirlangan rang-barang kiyim2lar shu davrda badiiy to‘qimachilik taraqqiy etganidan darak beradi. Surxondaryo viloyatining Termiz sh. yaqinida joylashgan qabristondan, Pop tumani Munchoqtepa manzilgohidan XIV–XVI-alarga ovd qadimgi ajoyib kiyimlarning o‘ziga xos namunalari topil-gan, bundan qadimgi farg‘onaliklar kiyi-mi ancha murakkab qilib tiqilganligi ma’lum bo‘ladi. Samarqand viloyatidan qadimgi mahsi, Farg‘ona vodiysidan qolip va charm kesadigan maxsus pichoq topili-shi O‘zbekistonda, umuman butun Turki-stonda deyarli bir vaqtda, ya’ni XIV–XVI -asrlarda bu oyoq kiyimning urf bo‘lganini ko‘rsatadi. Farg‘ona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxon-daryo va Qashqadaryoda pichoqchilikning qadimgi markazlari bo‘lgan. Pichoqlar faqat uy-ro‘zg‘or buyumi emas, balki harbiy qurol, hunarmandlik asbobi sifatida qo‘llanilib kelingan. XIV–XVI -asrlarga oid pichoq namunalari metall tarkibining, pichoq yasash usuli va bezaklarining o‘zgarib, taraqqiy eta borganini tasdiqlaydi. Navoiy, Bobur asarlariga ishlangan miniatyuralarda (XIX–XX-asrlar) yonga osib yuriladigan pi-choklarning turli xil namunalari tas-virlangan. XVIII– XIX-asrlarda to‘qimachilik taraqqiy etgan, ip, ipak matolardan tashqari qimmatbaho parchalar ham ish-lab chiqarilgan. O‘simlik va handasiy naqsh-bezaklariga boy, jonzodlar tas-viri tushirilgan "zandonachi" matosi bizgacha saqlanib kelingan. Zandonachi matosining mujassamoti taqsim usulida tushirilgan; bir me’yorda almashinib turgan turunj bezaklari ichiga bir juft qarama-qarshi turgan arslon, fil va boshqa hayvonlar tasviri joylashtirilgan.XV-XX-asrlarda sopol buyumlarning maxsus turi – ostadonlar tayyorlash rivoj topdi. Ostadonlarni bezashda tasviriy mavzulardan keng foydala-nilgan: ajdodlar, homiylar va xudolar, parrandalar, shuningdek daraxt va boshqa o‘simliklar o‘yma, bo‘rtma va boshqa usullarda ishlangan. XIV–XVI -asrlardan shisha idishlar ko‘plab ishlandi; ko‘zacha, qadaxlar, siyoxdon, turli idishlar rangli (qizil, olcha rang, sariq, ko‘k, yashil), rangsiz shishalardan tayyorlanib, bo‘rtma, bos-391ma, chizma, qadama usullarda bezatilgan. Ko‘plab rang-barang shisha munchoqlar ishlab chiqarilgan. Marmar qabr toshlari usti girih naqshlar bilan bezatilgan, yog‘och va marmardan panjaralar ishlan-gan. Me’morlikda an’anaviy ganch, yog‘och o‘ymakorligi bilan bir qatorda g‘isht qalab naqsh hosil qilish san’ati rivoj topdi.

XX asrda me’morlikda o‘yma terrakota-dan, sirlangan g‘ishtdan foydalanildi, mahobatli binolarning devor, gumbazlari koshin bilan qoplab, bino ichi ganch o‘ymakorligi, bo‘yama naqshlar bilan bez-atilgan.Islom dini qaror topishi bilan Amaliy sanʼat ning turli sohalarida badiiy bezak asarlari, mavxum naqsh-bezaklar yaratishga intilish kuchaydi. 9 – 10-asrlar me’-moriy naqqoshlikda handasiy (yulduzsi-mon shakllarning turli ko‘rinishlari) va arab yozuvlari ishlash yetakchi o‘rinda turgan. Girih san’ati yuksaldi. Rang-li sirning ixtiro qilinishi (8-asr) bilan badiiy kulollik taraqqiy etdi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda sopol idishlarga naqsh-bezaklar ishlab, bo‘yab, ustidan sirlash usuli o‘zlashtirildi. Dastlab sodda yashil bezak ustidan xira sir qoplangan yoki 2–3 xil rangda sir dog‘lari oqizilgan idishlar ishlangan bo‘lsa, X–XI-asrlarda idishning oq yoki g‘isht rang kizil za-miniga rangli angob bilan aniq naqsh mu-jassamoti tushirilib, ustidan tiniq (shaffof) qo‘rgoshin sir qoplangan. Shu davr kulolligi (ayniqsa Afrosiyob idishlari)ga bezak bilan badiiy shaklning bir-biriga mos ravishda ishlanishi xos-dir, keskin rangli bezakning aniq ish-lanishi va tasvirlarning mahalliyligi ("kufiy" yozuvlari, novda, lola, anor, tok barglari tasvirlanishi) bilan ajralib turadi. Keyingi davr idishlariga uslu-blashtirilgan o‘simliksimon naqshlar, yozuvlar va ba’zi hayvonlar shakli tu-shirilgan: yashil, yorqin havorang sirli idishlar, sirsiz bosma usulda tasvir tushirilgan, naqshli sopol idishlar ham ko‘p ishlangan. XV-asrdan koshindan noziq yupqa idishlar ko‘plab ishlana boshlandi.Badiiy metall buyumlar o‘rta asr uslu-bida yaratilgan. Idishlar (ko‘za, qozoncha, shamdon va boshqalar) bronzadan yasalib, hoshiya va turunj naqshlar bilan bezatilgan, yozuvlar uslublashtirilgan o‘simliksimon naqshlar bilan, ba’zan kush va hayvonlar tasvirlari ham aralashtirilgan, chizma, kandakori va boshqa usullarda ishlov beril-gan. Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasida saqlangan ulkan qozon (1390) bezaklari, o‘yib naqshlangan eshik (1397), ku-mush qadab nafis ishlangan shamdonlar o‘sha davr Ax.ning nodir namunalari-dir. Shishasozlik (turli-tuman rangli qadah, piyola, likobcha va ko‘zachalar) va badiiy to‘qimachilik rivojlangan.

XXasrda Ozodlik, tenglik g‘oyalari kuylandi, shakllanib kelayotgan burjuaziyaning kirdikorlari tanqid ostita olindi.Amaliy san’at sintezi masalasi bu davrga kelib yangicha talqin etila boshlandi. Tabiat relefi shu davrda yaratilgan me’morlik majmualarida hisobga olindi. Me’morlikbinolari ko‘cha, maydon va tabiat bilan yanada uyg‘unlashdi. Suv kaskadlari va favvoralarga qiziqish ortdi. Endilikda san’at turi va janrlari orasidagi nisbatlarham o‘zgardi. Uning yangi tur va janrlari yuzaga keldi. Mavjud an’anaviysyujetlar bilan birga, hayotiy voqealarga bag‘ishlangan asarlar ham kengmiqyosda badiiy hayotga kira boshladi. Maishiy, manzara va natyurmort janrlari mustaqil san’at turlariga aylandi. Insonning ichki dunyosiga qiziqishning ortishi portret san’atini yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga olib keldi. Grafika rivojlandi. Haykaltaroshlik imkoniyatlari yanada ortib u me’morlik ansambllariga keng ko‘lamda kirib keldi, park-bog‘ san’atida keng qo‘llanildi. Bezakli rang tasvir intererlarning komponenti sifatida davr ruhini aks ettiruvchi muhim vositagaaylandi.

Bu davrga kelib, ijodiy metod, san’atning badiiy tili ham boyidi, rangbaranglik kasb etdi. Yaratilgan kompozitsiyalarning hayotiy va tabiiy ko‘rinishiga erishish uning emotsional jihatini oshirishda muhim omil bo‘ldi. San’atkorlar ijo dida rang, nur-soya, faktura masalalari muhim o‘rinni egalladi. Albatta, bu davrda Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti, ijtimoiy kuchlari bir xil darajada emas edi. Bu davrda madaniyatda qator g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi,avvalo ayni shu .xodisa bilan bog‘liqdir.

XX asr "Barokko asri" deb ham yuritiladi. Bu esa, bejiz emas. Chunki davrning g‘oyaviy-estetik qarashlari ayni shu uslubda ko‘proq o‘z ifodasinitopdi. San’at tarixida XX asr me’morchiligining o‘ziga xos jihatlarini ta’riflashuchun qo‘llanilgan, keyinchalik tasviriy san’atga nisbatan ham ishlatila boshlangan barokko uslubining belgilari dastlab Italiyada paydo bo‘lgan.Vinola, Palladio me’morlik asarlarida, Mikelanjelo haykallarida, Korrejo dastgoh va dekorativ rangtasvirlarida shu tamoillar namoyon bo‘lgan. Barokkouslubiga xos dekorativlilik, nur-soya o‘yiniga e’tibor berish va his-hayajongato‘la asarlaryaratish tamoyillari tezda ko‘pgina san’atkorlarni o‘ziga jalb etaboshladi. Bu xususiyat G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga yoyildi va mahalliy san’at uslubi va an’analari ta’sirida o‘ziga xos milliy ruh kasb eta bordi. Jumladan, Ispaniya va Portugaliyada barokko nihoyatda hashamdor, jimjimadoredi. Buning sababi, bu yerda mahalliy naqqoshlik san’ati ravnaq topganligidadir.Germaniyada esa barokko gotika ta’sirida rivojlanganligi seziladi. Flandriyada"flamand barokkosi" shakllangan bo‘lsa, Fransiyada barokko klassitsizm tamoyillari ta’sirida namoyon bo‘ldi. Barokko Angliya, Skandinaviya mamlakatlari, keyinroq, esa Rossiyaga ham kirib keldi.

Barokkoga xos fazilatlar Rim me’morligida o‘zining klassik ko‘rinishigaerishdi. Barokko intererlarida dekorativ ranggasvir, haykal va kolonnalar muhimo‘rinni egallaydi. Ular xonalarga badiiy mazmun kiritadi. Amaliy san’atdabarokko ko‘proq diniy mavzudagi asarlarda o‘zini namoyon qildi. Iso vaavliyolarning azob chekishlari, ularni butga mixlash, Bibi Maryamning azatutishi kabi voqealar barokko uslubida ishlangan asarlar uchun mavzu bo‘ldi.Asarning dramatik ekspressiv holati tasvirlanuvchilarning murakkabrakurslarida, nur-soya qarama-qarshiligi va serharakat kompozitsiyada ifodaqilinadi. Fazoviy kenglik masalasi ham o‘ziga xos talqin etiladi. Ukompozitsiyada yagona majmua tashqil etuvchi omil vazifasini bajaradi. Rangsurtmalari ham muhim ifoda vositasi sifatida ishtirok etadi. Agar klassik vaRenessans san’atida chiziq muhim o‘rin to‘tgan bo‘lsa, endilikda rangsurtmalari, ularning erkin ishlatilishi kompozitsiya dinamikasini oshiritsdamuhim o‘rin egallab, asar badiiyligini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishtiroketadi. Shuningdek, kompozitsiyada uzoq va yaqindagi buyumlarni tasvirlashga,obrazlarni murakkab rakurslarda joylashtirishga e’tibor beriladiki, (masalan,uchib ketayotgan, tepadan shiddat bilan tushayotgan kabi), bular ham barokkoasarlariga xos jo‘shqinlik va harakatni gavdalantirishga xizmat qiladi. Barokkouslubida diniy mifologik syujetlardan tashqari, tarixiy va maishiy mavzulardam yaratilgan kompozitsiyalar ham mavjud. Lekin ularda reallik va noreallikqorishib ketadi. Ular bezovtalik, hayajonli va romantik ko‘rinishda ifoda

qilinadi. XX asrga xos yana bir yirik badiiy uslub klassitsizm Fransiyada paydobo‘ldi. Uning vakillari aql-idrokni san’atga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi yagonamezon, deb hisoblashgan. Aql-idrokni his-hayajonga qarshi qo‘yishgan.Ularning fikricha, aql kuchi bilan yaratilgan asargina haqiqiy san’at asarihisoblanadi.

Klassitsizm uslubi tarafdorlari ham Uyg‘onish davri san’atidan

ilhomlandilar. Ular ham ideal obrazga murojaat qiladilar. Shakllarning aniq va

elastik tugal, kompozitsiyalarning jiddiy muvozanatli va mantiqiy bo‘lishiga

e’tibor berdilar. Antik davr mifologiyasi, Tavrotga murojaat qilib, ulardagi

syujetlar orqali o‘z davrlarining etik-ahloqiy va siyosiy muammolarini

ko‘tarishga harakat qildilar. Klassitsizm san’atida ham umumlashma asar

yaratish asosiy muammo hisoblangan. Lekin barokko vakillari yirik

umumlashma mavzudagi asarlarni dinamik kompozitsiyada ifoda etsalar,

klassistlarning asarlari birmuncha vazmin, ritm va plastik musiqiylikka intilish

asosida yaratiladi. Bu asrga kelib san’at asarlari oliy va kichik janrlarga ajratildi.

Tarixiy, mifologik va diniy mavzuda yaratilgan asarlar oliy, komediya, satira va

xalq maishiy hayotini aks ettiruvchi janrlar kichik yoki quyi janrlarga ajratilishi

Qadimgi Rossiyada amaliy san'atning har xil turlarini belgilash uchun ajoyib so'z bor edi - naqsh. X-XIII asrlardan hozirgi kungacha saqlanib qolgan bezak naqshlarining namunalari qadimgi rus xalqi hayoti haqidagi barcha sinf va toifadagi - oddiy qishloq smerdidan knyazgacha bo'lgan g'oyalarimizning bitmas-tuganmas manbai. Butun hayot go'zallikka bo'lgan muhabbat, hayotni badiiy ixtiro bilan bezash istagi bilan singib ketgan.Yog'ochdan yasalgan binolarning kulrangligi mohirona o'ymakorlik bilan bezatilgan, uyga tekkan tuvalning bir xilligi - yorqin kashtalar bilan. Qadimgi san'at asarlarining ozgina qismi bizgacha etib kelgan, ular bundan tashqari, parcha-parcha. O'tmishdagi badiiy obrazlarning barcha boyliklarini tasavvur qilish uchun bizga 19-asrdagi slavyan qishlog'ining etnografik san'atiga murojaat qilish yordam beradi, u ming yillar oldin ko'plab an'analarni kiyim va sochiqlarning to'qilgan va kashta naqshlarida saqlagan; o'yilgan choynaklar va aylanuvchi g'ildiraklar ramziy ma'nolariga, yangi yil qo'shiqlarida va bahorgi dumaloq raqslarga.Faqat ana shunday keng fonda haqiqiy qadimiy bezak parchalarini to'g'ri idrok etish mumkin. Amaliy san'at yodgorliklari bizni qadim zamonlardan buyon mavjud bo'lgan turli xil hunarmandchilik texnikalari bilan tanishtiradi.





Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin