Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 87,39 Kb.
səhifə3/9
tarix30.05.2022
ölçüsü87,39 Kb.
#116392
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erimbetova Komila Alisher qizi

Xayotning xaqiqiylik printsipi - sistemaning birinchi printsipi bo‘lib, barcha barcha turdagi san‘atning va sistemaning asosiy printsipi. Bundan keyingi printsip kelib chiqadi.

  • Berilgan vazifadan tashqari printsipi - rassom inson ongiga o‘z fikrini singdirishga xarakat qiladi, bundan -umid, maqsad, xohish kelib chiqadi. Ijodiy va faol g‘oyalar. Berilgan vazifadan tashqari -bu asarning maqsadi hisoblanadi. Rassom texnik usullar va ifoda vositalarni tanlashda to‘g‘ri foydalana olsa xato qilmaydi.

  • Faol xarakatlar printsipi - bunda obraz va qo‘rquvlarni namoyish etish kerak emas, balki obraz va qo‘rquvlarda xaraqatlanish lozim. Stanislavskiyning metodologik va texnologik ko‘rsatmalari bitta maqsadga yonaltirilgan-bu vazifaga ko‘ra organik (tirik yoki jonli)ijodda aktyorning oddiy insoniy tabiatini o‘yg‘otish.

  • Tabiiylik printsipi- oldingi printsipdan kelib chiqadi. Ijodda mexanik va sun‘iylik bo‘lmasligi darkor, barcha xolat tabiiy bo‘lishi shart.

  • Ifodaviylik printsipi- ijodiy jarayonning yakuniy etapi- organik ijodiyotni gavdalantirsh orqali sahna obrazini yaratish.

    Sistema sahna ijodiyotining bir qancha usullarini o‘z ichiga oladi. Ulardan biri, aktyorga taqdim etilayotgan rolning xolatiga kirishish va roli ustida ishlashi. Shuningdek ―tipajli yondashuv printsipi mavjud. Ushbu printsip kinomatografdan kelgan bo‘lib kino va reklamada foydalanib kelinmoqda. Bu printsipda aktyorga taqdim etilgan rol mazmunidan kelib chiqib obraz yaratadigan emas, balki personajga tashqi va ichki sifatlari to‘g‘ri tushishi kerak. Rejissyor aktyorning mahoratigagina emas, balki tabiiy ma‘lumotlarga tayangan xolda ish ko‘rishi lozim. Agarda aktyor boshqasiga aylansa, u o‘yin bo‘ladi. Agarda o‘zligicha qolsa bu o‘zini-o‘zi ko‘rsatish. Ushbu ikki talabni birbiriga sig‘dirish lozim. Xuddi xayotdagidek, insonning yoshi ulg‘ayib rivojlanadi, ammo u o‘zligicha qoladi.
    Aktyorning ijodiy xolati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • Aktivlikni bir joyga jamlash(sahnaviy diqqat);

    • Tana ushlanishida erkin bo‘lishi(sahnaviy erkinlik):

    • Taqdim etilgan shart-sharoitlarni to‘g‘ri baholay olish( sahnaviy ishonch):

    • Shu asosda paydo bo‘lgan xaraqatlanish xoxish (sahna xarakati).

    1. Sahnaviy diqqat aktyorning ichki texnikasining asosi. Diqqat- bu hissiyotlar yo‘ldoshi deb hisoblagan Stanislavskiy. Ob‘ektning xarakteri tashqi (insonnig o‘zidan tashqari) va ichki(fiklari,hissiyotlari)diqqatni qamrab oladi. Aktyorning vazifasi — sahna muhitidan tashqarida erkin ob‘ektni, faol diqqatini jamlashi lozim. Stanislavskiyning sahnaviy diqqat formulasi berganini ko‘raman, ko‘rsatilganiga munosabat bildiraman. Sahnaviy diqqatning xayotdan farqi fantaziya hisoblanadi— predmetni ob‘ektiv ko‘rish emas, balki uni qayta o‘zgartirish.
    2.Sahnaviy erkinlik. Erkinlik ikki tomonlama:tashqi (fizik)va ichki (psixik) bo‘ladi.Tashqi erkinlik (musqulli) — bu organizm xolati, bunda har bir tana xarakati qanchalik musqul energiyasini talab etsa, shunchalik xarakat talab etadi.
    Bilim ishonchni oshiradi, ishonch esa erkinlikni tug‘diradi, bu esa insonning fizik hulqini- namoyon etadi. Tashqi erkinlik — ichki erkinlik natijasidir.

    1. Sahna ishonchi. Aktyor ishongan voqealarga tomoshabinlar ham ishonishlari kerak. Sahna ishonchi tushuntirishlar va sodir etilayotgan voqealar motivatsiyasi – ya‘ni qandaydir voqea sabablaridir. Oqlash — tushuntirish, motivatsiyalash. Oqlash fantaziya orqali kelib chiqadi.

    2. Sahna xarakati. Adabiyotda —bu so‘z, rassomlik san‘atida— rang va chizg‘ilar, musiqada — tovushlar. Aktyorlik san‘atida esa xarakatlar. Xarakatlar— inson xulqatvorining erkinlik akti, aniq maqsadga yo‘naltirilgan — klassik aniqlanish xarakatlaridir.

    3. Aktyorlik xarakati — kurashda maqsadga erishishning psixofizik jarayoni.Aktyorning tabiiy sahna hissiyotlari shunday: xayotiy hissiyotlar bilan sahnada yashash mumkin emas. Xayotiy va sahnaviy hissiyotlar kelib chiqishidan farqlanadi. Real voqealardan kelib chiqmaydi, sahnaviy harakatlar his-hayajonni xayotda tanish bo‘lganligi sababli ijroda keltirishi mumkin. Bu emotsional xotira deb ataladi. Xayotiy his tuyg‘ular birinchi o‘rinda, sahnaviy esa ikkinchi o‘rnida turadi. Emotsional kechinmalarning kelib chiqishi – bu his-hayajonni kelib chiqishi, shuning uchun ikkinchi darajali hisoblanadi.

    Stanislavskiy bo‘yicha hissiyotlarni to‘g‘ri boshqarish vositasi bu – xarakatlardir. Shunday qilib, xar bir xarakatning maqsadi bo‘lib, ular tashqaridan paydo bo‘lib - hissiyotlarni qo’zg’otuvchi xarakatlar hisoblanadi.
    Insonning ma‘naviy boyligi murakkab psixologik hayajonlar kompleksidir, sahnadagi oddiy fizik xarakatlar partiturasi fikrining katta kuchi hisoblanadi, bu esa elementar fizik ko‘rinishlar jarayonini amalga oshiradi.
    Bolalar bog‘chasida teatrlashtirilgan o‘yinlarida, sahna ko‘rinishlarida, bayram ertaliklarida aktyorlik mahoratini oshirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish lozim:

    • ijrodan oldin muhitni yaratish va rivojlantirish,

    • bolalarga psixologik qulaylik yaratish,

    • bolalarni fikrlash va faol ko‘nikma va malakalarini mustaxkamlash,

    • bolalarga individual yondashuv,

    • - jarayonning ketma-ketligiga amal qilish,

    • - aniqlilik prinsiplaridan iborat.

    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o‘rnibeqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo‘lishi, buning uchun muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko‘tarishi, ilg‘or tajribalarga tayanishi kerak.Davlat umumilliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni ham shaklan, ham mazmunan zamon talablariga moslashtirish, ta’lim sifat-samaradorligini uzluksiztakomillashtirib borishga yo‘naltirildi.
    Tasviriy faoliyati bo‘yicha maktabgachata’lim muassasasi dasturi va maktabdatasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan, san’at bolalarda estetikmunosabatni tarbiyalash ijodiy qobiliyat vatasvirlashlarini rivojlantirishni ko‘zdatutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lganvazifalar xal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintez, takrorlash, konkretlashtirish kabilarshakllanadi. Shuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga o‘rganadilar. Bolalarmaktabgacha ta’lim muassasasida tasviriyfaoliyati mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quvfaoliyatida zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi.Maktabgacha ta’lim muassasalarining tasviriy faoliyat birlamchi yo‘nalishimaktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetiktarbiyalash hisoblanadi.Bu yo‘nalishning samarasi estetik yo‘nalishning barcha vositalarini(teatr, musiqa, badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va boshq.) komplekstarzda qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga beriladigan estetiktarbiya masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Chunki tasviriy faoliyat o‘zxususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy faoliyatmashg‘ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqaemotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarniochib beradi.“Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida:

    1. Badiiy didni tarbiyalash;

    2. Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;

    3. Fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;

    4. Qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasinirivojlantirish;

    5. Kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi ta’limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturining tuzilishi va mazmuniningtahlilidan ayonki, kichik guruhlardan boshlab eng ko‘p vaqt tasviriy faoliyatgaajratilgan.

    Agar tasviriy faoliyatning turlari

    • rasm (2soat),

    • applikatsiya (0,5 soat),

    • qurish-yasash (0,5 soat)

    • loy ishini (1 soat) qo‘shib hisoblasak, jami 4 soatni tashkil etadi.

    Haftalik yuklama 12 soatni tashkil etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, tasviriy faoliyat barcha faoliyatlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Demak, tasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi eng katta bo‘limhisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va didaktik bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Bu omil tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari mazmuni va metodikasini faoliyatning boshqa turlariga hamohang tarzdatakomillashtirib borish lozimligini anglatadi.
    Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlardabolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarabhikoya qilish; maktabda esa tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik,haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar.
    Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyatmashg‘ulotlari xilmaxildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasashmashg‘ulotlari hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida keltirilganmashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinflardata’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgachata’lim muassasalarida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida,qalam hamda mo‘yqalamdan erkinfoydalanishga o‘z xarakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar.
    Bu esa,malakani egallash, bolalarda qo‘lini yengil, erkin bir tekisdagi harakat qilishxususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalarturli shakl, kattalik, proporsiyadagipredmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, predmetning kattaligiga mos ravishda harakatlanishgao‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasviriyfaoliyat mashg‘ulotlarida materialdan tartibli foydalanishga , ularni tozasaqlashga, faqat zarur materiallardan hamda ularni ishlatish yo‘llarinirejalashtirishga o‘rganadilar.
    Bu mashg‘ulotlar bolalarda diqqatni va ko‘rish xotirasini rivojlantiradi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhida naturaga qarab rasmchizish yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktabtalabiga yaqinlashadi. Naturaga qarab tasvirlashda ishning ketmaketliginiko‘rsatib, bolalar tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning boshlang‘ichbosqichidagina amalga oshiriladi. Bolalar naturani analiz qilishga butunumumiy shaklni xomaki qog‘ozga tushirib olishga, rasmni naturagasolishtirishga, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishgaurinadilar.

    Yüklə 87,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin