Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


PAXMOQ TEATRINING TUZILISHI VA JIHOZLARI



Yüklə 87,39 Kb.
səhifə5/9
tarix30.05.2022
ölçüsü87,39 Kb.
#116392
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erimbetova Komila Alisher qizi

PAXMOQ TEATRINING TUZILISHI VA JIHOZLARI
Ma’lumki bolalarning har tomonlama rivojlanishlarida turli o’yinlar va teatrlashtirilgan tadbirlarning ahamiyati kattadir. Bunda stol ustida oynaladigan cTyinchoqlar, qcfg’irchoqlar teatrlaridan keng foydalaniladi. Paxmoq teatrining o’ziga xos tomoni shundaki, kichkintoylar asosan ertak qahramonlarining aynan o’zini koVadilar. Personajlar paxmoq ekranga yopishtiriladi. Ekran tayyorlash uchun balandligi 40, uzunligi 60 sm li qalin karton yoki faner uctiga paxmoq gazlamasi yaxshilab yopishtiriladi. Personajlarni tayyorlash uchun o1 rtacha qalinlikdagi kartondan foydalanamiz, tayyor bo’lgan personaj orqasiga paxmoq gazlamasi yopishtiriladi. Personajlar ekranga mana shu yoM orqali yopishtiriladi. Bolalar uchun moijallangan paxmoq neatri (ertak ishtirokchilari, personajlar, dekaratsiyalar, ertak matni, boshlovchi ertakchi bob yoki momodan) iborat boiadi. Paxmoq teatri uchun personajlar quyidagica tayyorlanadi: personajlar karton qog’ozdan qirqib olinadi va rangli bo’yoqda, guashda bo’yaladi. Tayyor bomgan personajlar ertak teksti bilan bitta papkaga solib qo’yiladi.
Soya teatrlarini sahnalashtirish - qо‘g‘irchoq sahnalashtirishning о‘ziga xos turlaridan hisoblanadi. Unda qо‘g‘irchoqlar emas balki shakllardan iborat о‘yinchoqlar о‘ynaydi. Tomosha qiluvchilar sahna rо‘parasida о‘tirib, ekranda yorug‘lik orqali harakatlanayotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini kо‘rishi mumkin.
Soya teatrlarini sahnalashtirish uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning о‘zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllarni boshlari dumlarini qimirlatadigan qilishni о‘rgatish kerak, buning uchun detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qо‘yiladi. Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday о‘yinchoqlarni shablon yordamida yoki о‘zlari о‘ylab, siluet chizadilar. Bolalar detallarni qirqib olganlaridan sо‘ng figuraga kо‘zini yasash kerakligi taklif etiladi. Tarbiyachi kо‘z о‘rnini о‘tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mо‘yqalam tayoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog‘oz bilan kо‘zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bо‘yoq aralashtirib kо‘zini chizib qо‘yishlari mumkin. Teatrni kо‘rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka qog‘ozidan 2x1,5 metrli ramkagaqoplama tayyorlaydi.Ishni boshlash uchun 100 voltli lampa kerak bо‘ladi. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichini qora rangga bо‘yaladi. Tarang qilib qoplangan matoga qog‘ozdan dekoratsiya jihozini applikatsiya qilib qо‘yish mumkin.
Bolalar о‘zlari tayyorlagan figuralarni ekranda kо‘rib, shodliklari beqiyos bо‘ladiki, ularning kichik shakllari mо‘jiza bо‘lib kо‘rinadi. Soya teatrlarini sahnalashtirishni bolalarga kattalar qо‘yib beradilar. Avvalo karton yoki faner orqali ekran yasalib‚ ekranni yupqa oq doka surp bilan tortib mahkamlanadi. Sо‘ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakni tanlab uning qahramonlarini kartonga tushirib, juda ehtiyotkorlik bilan qirqiladi. Keyin uni qora guash bilan bо‘yaladi va qirqiladi. Sо‘ngra chiroq, ya’ni yorug‘lik tushirib‚ sahnalashtirilgan ertak namoyish qilinadi.
Stol teatrini sahnalashtirish. Stol teatrini sahnalashtirishning bir necha turi mavjud:
birida pyesa oddiy sahnada-pardasiz shirmada, boshqa qutichaga о‘xshash sahnada
(karton sahnalashtirish), uchinchisi yassi sahnalashtirishda‚ sahna ikki bо‘lak kartondan qilinadi. Bu sahnalashtirishlardagi personajlarni qо‘l bilan‚ tagliklar, sim va magnit orqali turlicha harakat bajartiriladi. Shakllarning tuzilishi ham turlichadir. Ish ertak yoki masal tanlashdan boshlanadi‚ sо‘ngra unga mos personajlar tayyorlanadi. Jonivorlar shakllarini bolalar badiiy kitoblardan kalkaga kо‘chirishlari mumkin. Kalkadagi rasmni nusxa qog‘oz yordamida ikkita oq qog‘ozga tushiriladi. Bu rasmlarni rangli qalam bilan bо‘yab, bittasini kartonga yopishtiriladi va kartonni shu rasm konturi bо‘ylab qirqiladi. Kartonning ikkinchi tomoniga ikkinchi rasm yopishtiriladi, shu bilan figura tayyor hisoblanadi. Shundan sо‘ng yarimta g‘altak va chо‘p orqali balandligi 9- 10 sm bо‘lgan taglik tayyorlanadi. Chо‘pning uchiga figura о‘rnatiladi, g‘altak yiqilib tushmasligi uchun uning tagiga doira qilib qirqilgan karton yopishtiriladi. Sahna-shirma, figuraning tagligi kо‘rinmasligi uchun butunlikda qilinadi. Shirmani bо‘yash yoki unga rangli qog‘oz yopishtirish kerak. Shirmadan 20-22 sm oraliq dekoratsiya о‘rnatiladi. Agarda о‘rmon, dala, daryo, tog‘larni tasvirlash lozim bо‘lsa, muvofiq keluvchi suratni topib‚ unga oq ramka qilish, rasmni kartonga yopishtirish kerak. Dekoratsiyani yarim doira shaklida egish ham mumkin. Sahna-shirma stol ustiga qо‘yiladi, uning orqasida esa figuralarni harakatlantirila-digan va ular uchun gapiradigan bolalar turadi. Agarda pyesa davomida dekoratsiya о‘zgarib turishi kerak bо‘lsa, kitob sifatli qilib birlashtirilgan kartonga yopishtirilishi lozim. Uning har bir sahifasida bitta dekoratsiya bо‘ladi. Agar quyonni yasash kerak bо‘lsa, avval butun figurani, sо‘ngra uning oldingi oyog‘ini bir oz uzunroq yasab qirqib olinadi. Bu old oyoqqa sim о‘tkaziladi. U mana shu sim vositasida boshqariladi.
Tayyorlab qо‘yilgan old oyoqqa teshik qilinib ip о‘tkaziladi, ipning bir uchi oyoqqa bir parcha qog‘oz bilan tutashtiriladi va ipning ikkinchi uchi figuradan о‘tkazilib tarangroq qilib tortiladi va figuraning ich tomoniga yopishtirib qо‘yiladi. Quyida ertak asosida stol sahnalashtirishi qahramonlari namunalari berilgan:
Ertak qahramonlarini, karton teatrini sahnalashtirish jihozlari. Karton teatrlarini sahnalashtirishda kartondan yasalgan yassi va hajmli qо‘g‘irchoq shakllar ishtirok etadi. Bir tomonlama shakllar ip, sim va shu kabilar yordamida faqat bir tomonga harakat qiladi. Karton teatrlarini sahnalashtirishda yuqoridan turib ip, sim bilan boshqariladigan shakllar ham qatnashadi, ular yengil harakat qiladilar, burila oladilar. Sahna uch bо‘lak karton yoki fanerdan yasaladi. Sahnaning asosiy qismlari: orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir. Devorlarga ikki tomondan karton polosalar yopishtiriladi, bu polosalarga dekoratsiyalar osiladi. Dekoratsiyalarni ularning о‘zlaridan kattaroq kartonga yopishtirish kerak, chunki ularda osgichlar qirqiladi.
Pardaning rasmi ham о‘zidan kattaroq kartonga yopishtiriladi, bu uni kо‘tarish va tushirishga qulaydir. Kо‘pgina spektakllar uchun harakatlanuvchi dekoratsiyalar kerak bо‘ladi. Bunday dekoratsiya shakllarning tez harakat qilayotganligini bildirish uchun qо‘llaniladi. Harakatlanuvchi dekoratsiya 3-4 metrli qog‘oz lentadan ishlanib, orqa devorgaqilingan teshikdan о‘tkaziladi va kerak vaqtda tortib‚ harakatga keltiriladi. Aytaylik, figura chap tomonga harakat qildirilmoqchi bо‘lsa, dekoratsiya о‘ng tomonga tortilib tez harakat qilayotgandek tasavvur hosil qilinadi. Sahna boshqacha qurilishi ham mumkin, bunday holda uning old qismi trilyajga о‘xshaydi. Unda peshtoq-sahna oynasi qirqiladi. Bunday holda oyna orqasida undan 2-3 sm oraliqda ingichka dumaloq chо‘p о‘rnatiladi. Chо‘pni о‘rnatishdan oldin unga 10 tacha sim aylanalar kirgizilib, ularga suriladigan parda о‘rnatiladi. Parda burma bо‘lishi uchun kengroq bо‘lishi kerak. Punktir bilan agarda ijrochilarning qо‘lini yashirishning hojati bо‘lmasa, olib tashlanishi oson 9-
10 smli bо‘lgan taxtacha kо‘rsatilgan. Sahna bunday qurilganda dekoratsiyalar kо‘p qavatli parda kо‘rinishiga ega bо‘ladi yoki karton doiraga joylashadi. Bu doira ingichka mixda aylanib, dekoratsiyani tezda almashtirish, ba’zi hollarda harakatlanuvchi dekoratsiyani kо‘rsatish imkonini beradi. Dekoratsiyalarning tez almashishi uchun ularni kanselyariya nakolkasiga о‘xshash vertushkaga о‘rnatiladi. Bu doira taxtaga о‘rnatilgan bir bо‘lak yо‘g‘on simdir.
Doira yoki vetushka orqasiga doka yoki tyul tortilgan uch ost ramkadan iborat parda joylanadi. Doka kо‘k yoki och kо‘k rangga bо‘yaladi. Bunday tо‘siqdan ijrochilar sahnani bemalol kо‘rib tura oladilar va shakllarni ishonch bilan boshqara oladilar. Sahnani yoritish katta ahamiyatga egadir. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ular sahnani yoritsin-u nuri tomoshabinlarga tushmasin.Musiqa barcha sahnalashtirish kо‘rinishlarining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, spektakl musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali tanaffus vaqtida dekoratsiya almashadi. Tovush va yorug‘lik effekti bilan birikkan musiqa «Fonus hayol» sahnalashtirishida ham, stol teatrlarining sahnalashtirishida ham mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi.
Bu kо‘rinishlarda ovozga taqlid qilish‚ xо‘rozning qichqirishi, mushukning miyovlashi, ayiqning о‘kirishi hamda shovqin effektlari-yog‘ayotgan yomg‘ir ovozi, parovozning pishillashi va shu kabilardan foydalaniladi.

Yüklə 87,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin