216
oynaga ehtiyot qilib olinadi, pardali tomoni yuqoriga qilinib mikroskop ostiga
qo’yiladi va predmet oynasiga yopishib qolgan pardani mikroskopda ko’rib
chiqiladi.
Mikroskop ostida ko’rayotganda preparat qurib qolmasligi uchun pardaga 2-3
tomchi 50% glitserin eritmasi tomizish mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan tuz
bo’lmaganda osh tuzining to’yinmagan eritmasidan foydalanish ham mumkin.
Fyulleborn bo’yicha eritma hosil qilish uchun 400 gr. osh tuzi 1 l suvda eritiladi,
qaynaguncha qizdiriladi, doka qatlami yoki paxta orqali filtrlanadi va sovutiladi.
To’g’ri
tayyorlangan eritma, tuzning erimaydigan kristallaridan iborat ozgina
cho’kmaga ega bo’lishi kerak. Fyulleborn usulida yuqori nisbiy og’irlikka ega
bo’lgan gijjalar tuxumlari (askaridaning urug’lanmagan tuxumlari, trematoda va
yirik sestodalarning tuxumlari)
yuzaga suzib chiqmaydi, Shuning uchun
suyuqlikning yuza qatlamini tekshirish bilan birgalikda cho’kmadan ham 2-4
preparat tayyorlab, tekshirish zarur. Bu maqsadda
yuza parda olingandan keyin
suspenziya asta-sekin to’kiladi, qolgan cho’kmadan esa pipetka yoki ilmoqli halqa
yordamida 4-6 tomchi olinib predmet oynachasiga suriladi, qoplama oyna bilan
yopiladi va mikroskop ostida ko’riladi. Preparat aniqroq ko’rinishi uchun glitserin
tomchisini qo’shish mumkin.
Dostları ilə paylaş: