O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə68/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Axborot uchun ma’lumot 

Epidemiologik nazorat - bu DSENM faoliyatining epidemiyaga qarshi kurash


tizimi hisoblanib, nazariy, uslubiy, tashkiliy prinsiplari asosida epidemiologik
holatni dinamik baholaydi, kasallikning oldini olish va uni kamaytirish, ba’zi
yuqumli kasalliklarni yo’qotishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Epidemiologik nazoratning nazariy asosi - bu epidemiologik holatni o’rganish
hisoblanib, birinchi navbatda o’z-o’zini boshqarish nazariyasi hisoblanadi. Bu
nazariy epidemiologik prognozda qo’zg’atuvchini epidemik tarqalishida parazit
populyatsiyasida hosil bo’ladigan ichki qayta ko’rishini aniqlab beradi.
Epidemiologik
nazoratning
uslubiy
asosi
epidemiologik
usullar,
epidemiologik tahlil va epidemiologik prognozdir. Bu nazariya kasallanish
strukturasini, epidemiologik prognozni o’z vaqtida aniqlashni va Shu bilan birga
o’tkaziladigan chora-tadbirlarning sifatini va epidemiyaga qarshi kurash tizimini
baholab beradi.
Epidemiologik nazoratning tashkiliy asosi - hozirgi zamon nazariyalarini
boshqaruvchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi, epidemiyaga qarshi kurash
ishlari epidemiyaga qarshi kurash tizimiga asoslanadi.
Epidemiologik nazorat bu DSENM faoliyatining epidemiyaga qarshi olib
boradigan
chora-tadbiri
hisoblanadi.
Boshqaruv
tizimida
epidemiologik
diagnostika. tashkiliy va uslubiy nazorat funksiyalari tafovut qilinadi.
Epidemiologik nazoratni tashkillashtirilishi epidemiolog vrachlarning malakasiga
bog’liq bo’ladi. Epidemiologik tahlilning bosqichlari. Epidemiologik tahlilning
asosiy turlaridan biri retrospektiv epidemiologik tahlildir (REA), bunday tahlil
doim yilning oxirida o’tkazilib boshqa yillar bilan solishtiriladi.
Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalari ushbu hududda epidemiyaga
qarshi chora-tadbirlar hisobot yilida qanday olib borilganligini ham baholaydi
hamda hududda kasallikning tarqalish xususiyatlarini o’rganadi.
Retrospektiv epidemiologik tahlilning ikkinchi bosqichi epidemiyaga qarshi



101
kurash rejasini tuzish hisoblanadi.


Epidemiologik tahlilning uchinchi bosqichi bu epidemiologik nazorat bo’lib
quyidagicha bajariladi:
- epidemiyaga qarshi rejalashtirilgan chora-tadbirlarni sistematik baholash;
- epidemiyaning rivojlanishida ijtimoiy va tabiiy sharoitlarni ro’yxatga olish;
- kasalliklarni epidemiologik kuzatish;
- aniqlangan kasallik hodisalarini epidemiologik tekshirish.
Kasallik hodisalarini epidemiologik baholash operativ tahlilda olingan
materiallarga asoslanib birinchi navbatda epidemiyaning rivojlanishida tabiiy va
ijtimoiy omillarning o’zgarishi epidemiyaga qarshi ishlar rejasiga o’zgartirishlar
kiritish uchun ishlatiladi. Operativ epidemiologik tahlil REAning axborot manbasi
sifatida ham qo’llaniladi.



102


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin