SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA XIZMATIDAGI ISH REJALARINING TURLARI
Hamma sanitariya-epidemiologiya xizmatining rejalarini 4 ta asosiy guruhga
bo’lish mumkin:
- DSENMning vaqt bo’yicha ish rejasi
- DSENMning chora-tadbirlar tarkibi bo’yicha ish rejasi.
- Sanitariya-sog’lomlashtirish, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning
majmuaviy ish rejasi.
- Ob’ektlar bo’yicha topshiriq rejasi. Rejalashtirish jarayonida quyidagilar
o’rganiladi:
1. Tuman xalq xo’jaligining xarakteri.
2. DSENM xizmat qiladigan hududning sanitariya-epidemiologik ahvoli.
3. Demografik ko’rsatkichlar.
4. Aholining kasallanish ko’rsatkichlari (umumiy, yuqumli).
Tuman DSENM rejasi yuqorida turuvchi DSENM, tuman sog’liqni saqlash
bo’limi, hokimiyat va DSENM bosh vrachi tomonidan tas-diqlanadi. Tuman va
shahar DSENMlarida tasdiqlash tartibi biroz boshqacha. Yillik rejaga tuman
DSENMining bosh vrachi imzo ko’yadi, bundan tashqari shahar DSENMi, viloyat
DSENMi bosh vrachi tas-diqlaydi. DSENM rejasi keyingi yilda o’z vaqtida
topshirilishi kerak. Bu reja viloyat DSENMiga yakuniy yilning iyul-avgust oyidan
kechikmasligi kerak. Reja yo’llanmalari har xil muassasalarda o’z vaqtida qurilish
ishlarini, shtatlarni rejalashtirish va boshqalar uchun kerak bo’ladi.
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining yillik ish rejasi
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining asosiy rejasi bu yillik
ish rejadir. Ushbu reja DSENMning muammo va bo’limlar rejalarini o’z ichiga
oladi. Tuman (shahar) DSENMning yillik ish rejasi viloyat va Respublika
DSENMning hisobi asosida tuziladi. Yillik reja DSENMning bo’limlari va
mutaxassislari tomonidan tuziladi. Yillik reja qisqa bo’lishi kerak, bunda alohida
chora-tadbirlarning bo’laklari ko’riladi. Bu chora-tadbirlar ishchilarning xususiy
rejasining bajarilgan joyi, vaqti bilan aniqlashtiriladi. Yillik reja 4 bo’limga
bo’linadi:
1. Tashkiliy chora-tadbirlar va kadrlarni tayyorlash.
2. Davolash-profilaktika va epidemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari
3. Umumsanitariya va sog’lomlashtirish chora-tadbirlari (ogohlantiruvchi va
joriy sanitariya nazorati ishlari).
4. Sanitariya maorifi targ’iboti.