66
tashuvchilik ko’proq uchraydi. Tekshiruv o’tkazilgan hayvonlarda (cho’chqalarda
24%, muShuklarda va ayniqsa itlarda 37% va hatto 70% gacha) sog’lom
tashuvchilik qayd qilingan. Salmonellalar asosan ovqatlanish yo’li bilan go’sht va
go’sht mahsulotlari, baliq, sut va sut mahsulotlari, tuxum orqali yuqadi.
Salmonellyozlarda profilaktika choralari quyidagi yo’nalishlarda o’tkaziladi:
1. So’yiladigan mollar ustidan veterinariya-sanitariya nazorati o’rnatish.
2. Mollarni so’yish, go’sht va boshqa mahsulotlarni saqlash va tashish
jarayonida ozodalik qoidalariga rioya qilish.
3. Ayniqsa tez buzuluvchan mahsulotlar va tayyor taomlarni tarqatishda
pazandalik qoidalariga rioya qilish.
4. Ovqatlanish sohasi, bolalar muassasalari xodimlari tomonidan hamda
ro’zg’orda ozodalik qoidalariga rioya qilinishi kerak.
Zoonozlar guruhiga ornitozlar ham kiradi.
ORNITOZLAR bu virusli
infeksiyalar bo’lib, yakka, guruhiy hamda epidemiya shaklida, ko’proq qushlar
bilan muloqotda bo’ladigan odamlar o’rtasida uchraydigan isitma va zotiljam
ko’rinishida o’tadigan kasallikdir.
Infeksiya manbai bo’lib har xil qushlar xizmat qiladi. Ornitozning odamga
yuqishi sinantrop (uy) parrandalari va qafasda saqlanadigan parrandalar bilan
muloqotda sodir bo’ladi (tovuq, o’rdak, kaptar, to’ti, kanareyka).
Insonga ornitoz qushlardan turli yo’llar bilan infeksiya qo’zg’atuvchisining
og’izga, konyuktivaga tushishi natijasida, qushning tuxumini pishirmasdan
iste’mol qilganda, qushlar yumdalaganda yoki ifloslangan havodan nafas olgan
hollarda yuqishi mumkin.
Ornitozning profilaktikasi - veterinariya-sanitariya va tibbiyot-sanitariyasi
tadbirlarning majmuasini amalga oshirishga asoslanadi.
Muddati 6 oydan kam bo’lmagan karantin o’rnatiladi. Karantin mobaynida
har xil vaqtda keltirilgan qushlar alohida saqlanishi kerak.
Parrandachilik va qushlar parvarish qilinadigan xo’jaliklar va binolarda uy va
yovvoyi qushlarning muloqoti cheklanmog’i lozim.
Chorvachilikning rivojlanishi, cho’llarning o’zlashtirilishining kengayishi
epidemik nazoratni kuchaytirish, zoonozlarni odamlarga yuqishining oldini
oladigan choralarning samaradorligini oshirish, chorvachilik xo’jaliklarida
epizootik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishni taqozo
etadi. Bularning barchasi epidemiologik nazoratni qo’llash bilan bajariladi.
Epidemiologik
nazorat
zoonozlarda
kasalliklarning
dinamikasi,
qo’zg’atuvchining biologiyasi, etiologiyasi, geografiyasini, hayvon-xo’jayin
sifatida kasallik manbaini tarqatuvchi hashoratlarni hamda hayvonlar va odamlar
orasida tarqalgan infeksiyaning hududlarini aniqlash kabi epidemik jarayonning
qismlarini o’z ichiga qamrab olgan holda o’tkazilishi lozim.