Ularning har birida nuqsonlarni bo’lishi jins rivojlanishini o’zgartirishi mumkin. Aniqlanishicha odam homilasida jinsiy xromosomalar XX, XY bo’lishidan qat'iy nazar jinsiy hujayralar dastlabki gonadalar selomning epiteliysidan shakllanadi. Odam boshqa sutemizuvchi hayvonlar singari tabiatan beseksual sanaladi 14 kunlik murtakda dastlabki jinsiy hujayralar shakllanadi, lekin hali gonadalarda jinsiy tafovut kuzatilmaydi. Odam gonadalari olti haftadan so’ng jinslarga ajraladi. Bunda gormonlarni roli nihoyatda katta bo’ladi. Bunga misol qilib 19- xromosomada joylashgan MIS (mullerian inhibiting substance) genini olish mumkin. Homilaning 10-12 haftasi oralig’ida ana shu gen ta'sirida sertoli hujayralaridan ajraladigan gormon erkak jinsning tashqi jinsiy organini rivojlantirishiga sababchi bo’ladi.

3. ODAM JINSI DIFFERENSIYATSIYASI.
Har qanday ayrim jinsli organizm tabiatn qo`sh jinsli-biseksual hisoblanadi. Embrion rivojlanishining dastlabki bosqichida jinsiy bezlar-gonadlarda erkak yoki urg`ochiga xos jinsiy tafovutlar bo`lmaydi. Jinsiy bezlar – gonadlar ikki xil tashqi-kortikal va ichki medulyar qatlamidan tuzilgan. Rivojlanish jarayonida “Y” jinsiy xromosomali homilada kortikal qatlami yemirilib medulyar qatlamdan urg`don rivojlanadi. XX genotipli homilada aksincha, medulyar qatlam yemirilib kortikal qatlamdan tuxumdon shakllanadi. Homilada urug`don va tuxumdon shakllangandan so`ng ulardan ajralgan gormonlar tasirida jinsiy organlarning qolgan qismlari rivojlanadi. Sut emizuvchilar, shu jumladan odamlarda jinsning rivojlanish jaroyoni ikki bosqichdan iboratdir. Birinchi bosqichda jinsni zigotaning xromosomalar to`plami, gonadlarni jinsiy tabaqalinishi belgilaydi. Oqibatda yo tuxumdon yo urug`don rivojlanadi. Agr urug`donkar rivojlansa ular ajratgan testosteron gormonini embrion bo`yicha serkulyatsiyasi tufayli somatik hujayralarning erkaklik jinsi bo`yicha rivojlanishi taminlanadi. Mobodo, tuxumdon shakllansa u holda testosteron gormoni ishlab chiqarilmaydi va natijada somatik hujayralarda urg`ochilik jins bo`yicha rivojlanish ro`y beradi. Demak, jins shakllanishining birinchi bosqichida asosiy rolni jinsiy xromosomalar ikkinchi bosqichida gonadlardan ajratilgan gormonlar o`ynaydi. Aniqlanishicha erkak jinsining rivojlanishi X xromosoma tarkibidagi