Ona tili o‘qitish metodiкasi


Berilgan matnning mazmunidan kelib chiqib, muammoli



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

 
Berilgan matnning mazmunidan kelib chiqib, muammoli 
vaziyat yaratish. 
O‘qituvchi darslikda berilgan yoki o‘zi tanlagan 
matnni o‘qitib, shu asosida ham muammo qo‘yishi mumkin. Masalan,
o‘quvchilar e’tiboriga quyidagi matn havola etiladi:
 
Ilmga amal qilmaslik jazosi. 
Amir Abdullaxon xos navkarni 
hamisha o‘zi bilan olib yurar ekan. Amir huzuridagi suhbatlarda
bir shoir Amir Xisrav Dehlaviyga nisbat berib shu baytni o‘qiydi: 
«
К
erak odamga so‘zni ko‘p bilmoq Vale oni juda ham oz aytmoq».
 
Amirga bu bayt juda ma’qul bo‘ladi. 
К
unlardan bir kun Amir o‘zining 
so‘zamol, sergap vaziriga Dehlaviyning ta’birini eslatib, tanbeh 
beradi. Vazir Amirga : 
«Avf eting, shohim. Bu so‘zlar Dehlaviyniki emasalan, shayx 
Nizomiy qalamiga mansub»,–deb e’tiroz bildiradi. Amir hayrat 
bilan navkariga qaraydi. Navkar bosh egib: 
– Ulug‘ amirim, vazir haq. Bu ta’bir – Nizomiy Ganjaviyning 
«Xisrav va Shirin» dostonidan. Shoir sizga noto‘g‘ri aytgan edi, – deb 
javob beradi. 
Amir jallodni chaqirib, navkarning tilini kestiradi. 
Muammoli savol: 
Nega navkarning tili kesildi? 
Ona tilidan masala tipidagi o‘quv topshiriqlari til hodisalarini 
kuzatish, qiyoslash, guruhlash kabilarga asoslanadi. O‘quvchi tildan 
egallangan bilimlarga asoslanib noma’lumni qidiradi. 
Masalaning muhim belgisi uning isbot talabligidir. O‘quvchi 
berilgan topshiriqlarni bajargach, muayyan bir xulosaga keladi va o‘z 
shaxsiy fikr- mulohazalarini isbotlash zaruriyati tug‘iladi. 
Quyida o‘quv topshiriqlaridan ayrim namunalar keltiriladi: 
«Fonetika»dan:
1- masala

Avval unli, keyin undosh tovushlarni talaffuz qilib 
ko‘ring. Siz ular orasida qanday farqni sezyapsiz? Qaysi belgilarga 


78
qarab ularni unli va undosh tovushlarga ajratdingiz? 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin