O'qitishning



Yüklə 56,1 Kb.
səhifə4/9
tarix19.04.2023
ölçüsü56,1 Kb.
#125595
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6 (2)

Hikoya unchalik ko'p bo'lmagan, ta'riflovchi xususiyatga ega bo'lgan o'quv mavzusini monolog shaklida aytilishiga yordam beradigan bayon tarzi.
Tushuntirish - so'zlab berilayotgan mavzu materialining turli holatlarini tahlil qilish, asoslash, izoh berish va isbotlasb yorda­ mida o'quv materialini bayon qilish.
Namoyish - tinglovchini turli xil hodisa va voqealar, jarayon­ lar, obyektlar bilan ko'rgazmali - hissiy tani-;htirish.
so
Bu usulning yetakchi vazifasi - o'qitish. Biz namoyishdan o'rganilayotgan hodisalar dinamikasini to'liq tushuntirib berish uchungina foydalanamiz. Bu usul biror narsaning tashqi ko'ri­ nishi va uning ichki tuzilishi yoki shunga o'xshash narsalar bilan tanishtirishga yordam beradi.
Namoyish etilayotgan obyektni doskada sodda va xomaki ras­ mini chizib yoki sxemalar tarLida ifoda etish yo'li bilan ham mav­ zu asosini to'liq tushuntirib berish mumkin.
Namoyishning oddiy ko'rgazmali quroldan farqi shundaki, undagi jonli harakatla r o'quvchi ongiga tezroq ta'sir etadi, bu esa faol harakat deyiladi.
Natijada o'quvchilar fanlarni, jarayon va hodisalarni to'liq o'r­ ganadilar, kerakli vazifalarni ongli ravishda bajaradilar, fanlararo bog'liqlikni bilib oladilar.
Shu tufayli ularning e'tihorlari hodisa, jarayon, narsalarning tasodifan payqalgan emas, balki muhim bo'lgan xususiyatlarida jamlanishiga yordam beradi. Natijada bular o'quvchi ongiga to'laroq, osonroq va tezroq singadi.
Namoyish usulining ta'limiy funksiyasi samaradorligini oshi­ rish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish kerak:

  • obyektlarni to'g'ri tanlash;

  • o'quvchilar diqqatini namoyish qilinayotgan hodisalarning muhim taraflariga yo'naltirish;

  • namoyish jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, o'quvchilar namoyish qilinayotgan obyektlarni nafaqat ko'z bi­ lan ko'ra olishlari, iloji bo'lsa ularni barcha sezgi a'zolari bilan qabul qilishlari lozim;

  • o'quvchilar e·1iborini obyektning muhim jihatlariga qara­ tish;

  • obyektning o'rganilayotgan xossa-xususiyatlarini mustaqil ravishda bilish imkonini yaratish.


Yüklə 56,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin