lllyustrativ - tushuntirish usulida o'qituvchi o'quvchilarga turli metodlardan foydalanib, masalan, o'qituvchining tushunti rishi, kitob bi.Ia n ishlash, magnitofon yoki kompyuterdan foy dalanish kabilar yordamida tayyor bilimlarni bayon etadi. Bunda ko'rgazmali o'qitish vositalari - eksperirnent, ekran qo'llanma lari, jadvallardan foydalanadi. O'qituvchining tushuntirishi asosi da laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Illyustrativ tushunti rishda o'quvchilarning ongli, lekin reproduktiv faoliyati yuzaga keladi. Bu metod o'qitishda keng qo'llaniladi, chunki bunda bilirn Iarning minimal bazasi tez to'planadi, ular asosida o'quvchi Larning tadqiqot faoliyatlarini kuchaytirish mumkin. Ba'zi hollar-
45
da bu usu1ni amalga oshirish zarur hisoblanadi. Masalan, ele mentlarning kimyoviy belgilarini o'rganishda o'qituvchi kimyoviy belgila ming yozilishi va nomlanishini ko'rsatadi, so'ngra o'quv chilarga u1arni qayta mashq qilib o'rganish taklif etiladi. Mashqlar ni o'yin tariqasida, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda bajarish mumkin.
Illyustrativ tushuntirish metodi o'quvchila rda amaliy ko'nik malarni shakllantirishda ham qo'llaniladi. Masalan, o'qituvchi taj ribani bajarish texnikasini ko'rsa tadi. Probirkadagi eritmani bug'latish, probirkani shtativga o'rnatish, isitish qoidasi. Bunda o'qituvchi o'z harakatlarini namoyish etadi, so'ngra o'quvchilar dan ularni aniq takrorlashni talab etadi.
lllyustrativ tushuntirish metodidan kimyoni o'rganishning dastlabki bosqichlarida, o'quvchilaming bilim va ko'nikmalari yetarli bo'lmaganda foydalaniladi. Bu usuldan hamma vaqt foy dalanish o'quvchila r tafakkuri rivojlanishiga salbiy ta 'sir k.o'rsa tadi, ularning faolligini yo'qotadi. Shuning uchun zarur bo'lgan holatlarda tadqiqot usullaridan, ya'ni evristik va ilmiy-tadqiqot me todlaridan foydalanish kerak bo'ladi. Bu usullar asosini mu ammoli o'qitish tashkil etadi.
Evristik va ilmiy-tadqiqot usuli bir-biriga o'xshash, lekin ular ning farqi o'quvchilarning mustaqil faoliyati kam-ko'pligi bilan belgilanadi.