O'qitishning



Yüklə 56,1 Kb.
səhifə3/9
tarix19.04.2023
ölçüsü56,1 Kb.
#125595
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6 (2)

Evristik metod o'qituvchining fool ishtirokida amalga oshiriladi. Misol tariqasida galogenlarning bir-biriga nisbatan aktivligini aniq­ lash haqidagi evristik suhbatni keltirish mumkin. Bunda o'quv­ chilaming izlanishlariga doimo o'qituvchi tomonidan aniqlik ki­ ritilib boriladi. O'qituvchi kaliy yodid eritmasiga kraxmal kleysteri­ ni qo'shadi, lekin rang o'zgarmaydi. Xlorli suvga kraxmal qo'shil­ ganda ham rang o'zgarmaydi. Agar probirkaga uch komponent: ka­ liy yodid, kraxmal kleysteri va xlorli suv qo'shilsa, kraxmal ko'ka­ radi. So'ngra o'qituvchi tajriba tahlili bo'yicha suhbat o'tkazadi.
Teb•n metodida o'quvchilarning tajribalari asosiy o'rin
egallaydi. Misol tariqasida eksperimental masalalar yechishni kel­ tirish mumkin. Unda o'quvchilar masalani yechish uchun o'z­ larining nazariy bilimlari va tajriba o'tkazish ko'nikmalaridan foy­ dalanadilar. Ular avval tajribani fikran amalga oshiradilar, tek-
46
shirish rejasini tuzadilar. Zarur hollarda o'quv va ilmiy adabiyot­ lardan foydalanadilar. Tekshirish metodida o'quvchilardan maksi­ mum mustaqil ishlash talab etiladi.



    1. O'qitishning og'zaki bayo• etisb metodi



Og 'zaki bayon monologik va dialogik shakllarda olib boriladi. O'qiti.;;hning monologik shaklida tavsiflash. izohlash. so'zlab be­ rish, ma'ruzalar o'qish , materialni bayon qilish, asosan, o'qituvchining o'zi tomonidan amalga oshiriladi.
Tavsiflashda fandagi kuzatishlar, tajribalardan olingan amal­ dagi natijalar bilan o'quvchilar tanishtiriJadi. MasaJan, sanoat korxonalari chiqindilarining zararli ta'siridan atrof-muhitni hi­ moya qilish usullari - biror elementning tabiatda aylanishi, kim­ yoviy jarayonning borish yo'li, biror asbob va qurilmalarni tav­ siflash va boshqalar. Bunda ko'rgazmalilikdan foydalanish zarur hisobbnadi.
Izohlashd an hodisalarning mohiyatini o'rganishda, o'quv­ chilarni nazariy umumlashtirishlar bilan tanishtirishda foydala­ niladi. Masalan, 7-sinfda atom-molekulyar ta'limot nuqtayi na­ zaridan massaning saqlanish qonunini izohlash, 8-sinfda ele­ mentlar xossalarining davriy qaytarilishi sabablarini ochib be­ rish, reaksiyalaming qaytmaslik va qaytarlik jarayoni sabablarini bayon etish va boshqalar. Bunda ayrim dalillar va tushunchalar orasidagi bog'lanishlar ochib beriladi. Izohlashda asosiy narsa ra­ vonlik va aniqlikdir. U bayon qilishning mantiqiy ketma-ketligini saqlash, o'quvchilarga ma'lum bo'lgan bilimlarga yondashish, atamalarning tushunarli bo'lishi, doskaga to'g'ri yozish, tushu­ narli misoJlar keltirish kabilar orqali amalga oshadi.
Ma'ruza o'qituvchining ko'proq vaqt materialni monologik ba­ yon qilish shaklidir. U ko'rgazmali vositalardan foydalangan holda tavsiflash, izohlash, so'zlab berish va boshqalarni o'z ichiga oladL Maktab ma'ruzasi oily o'quv yurti ma'ruzasidan davom etish vaqti bilan farqlanadi. Maktab ma'ruzasi 30 minutdan oshmaydi. Maktab ma'ruzasidan 9-sinfda foydalanish mumkin. «ElektroliZ», <{Metallar va qotishmalar», «Polimerlanish reaksiyalari», «()qsil molekulalarin­ ing struktumsi» kabi mavzularni ma'ruza ruu, lida o'qitish mumkin.
47
Ma'ruza bayonllri o'quvchilar diqqat bilan faol eshitishi hamda daftarga yozib olishi kerak.
O'qituvchi monologik bayou qilishda o'z nutqiga alohida e'tibor berishi zarur. Nutq aniq, ravon, jud:.i qattiq va juda sekin bo'l­ masligi lozim. O'qituvchi o'z nutqida keraksiz so'zlar ishlat masli­ giga e'tibor qaratishi kerak.



    1. Dialogik metodlar

Dialogik metodlarga suhbatuing barcha turl:ui va seminarlar kiradi. Bularga o'qituvchiuing o'quvchilar bi.Ian Suhbat bu o'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaro mulo- qotidir. Bunda o'qituvchi o'quvchila rga savol beradi, o'quvchilar javob qaytaradi. Ba'zida suhbat jarnyonida o'quvchilarda savollar tug'iladi, bu savollarga o'qituvchi javob berndi yoki o'quv­ chilaming javob berishi tashkil qilinadi.
Keyingi yillarda maktab amaliyotida ham seminarlar joriy qilin­ moqda. Bu ham o'qitishning dialogik (o'zaro muJoqot) usuliga kira­ di. Maktabda seminar asosan yuqori siuf o'quvchilarini o'qitishda joriy qilinmoqda. O'quvchilar seminarga avvaldan ishlab chiqilgan reja asosida tayyorlanadilar. Seminar darslik yoki o'quv dasturining asosiy bo'limi bo'yicha o'tkaziladi, undagi muammolarning yechi­ mi muhokama shaklida olib boriladi. O'quvchilaming bilimlarini umumlashtirish asosida o'tkazilgan seminar foydali bisoblanadi. Seminarda sullbatga qaragauda o'quvchilarning o'z fi.krlarini bayon qilishlariga ko'proq vaqt ajratiladi. Bundan tashqari, o'quvchining nutqi, javobdagi mantiqiy bog'lanishlarga, munozarada qatnashish ko'nikmasiga katta ahamiyat beriladi. Masalan, organik kimyo kur­ sidan «Organik moddalaming kimyoviy va elektron tuzilish na­ zariyalari» va «PolimerlanL"lh va polikondensatlanish reaksiyalari» kabi mavzulami seminar shaklida o'kazish mumkin.



    1. An'anaviy o'qitish usullarini takomillashtirisb

An'anaviy o'qitishga: ma'ruza, hikoya, tushuntirish, na­ moyish, illyustratsiya, videousul kabi metodlar kiradi.


48
Ma'ruza. hikoya, tushuntirish - o'quv materialini og'zaki bayon qilish usuli hisoblanadi. Odatda bular namoyish, video­ usul, ko'rgazmali usullar bilan birga olib boriladi. Bu usullar o'quvchilarning bilim1arni o'zlashtirishlari hamda eslab qolishlari­ ga, dars mazmunini to'liq tushunishlariga yordam beradi.
Ma'ruza - katta hajmdagi o'quv materialini nisbatan uzoq vaqt davomida monolog tarzida bayon etish.
Bu usulning asosiy vazifasi - ta'lim berish, o'rgatish va ko'p­ roq ma'lumot berishdir. Belgilari: qat'iy tuzilmaga ega; nutqiy­ mantiqiy bayon qilish, o'quvchiga berilayotgan axborotning ko'p­ ligi. Ma'ruza o'quvchilar biroz tajribasizliklari tufayli yaxshi e'tibor bem1aydigan fanning eng muhim jihatlarini tushunib olishlariga yordam beradi.
Ushbu faoliya t turini o'quvchilar bilan birga tashkil etish usulini ng samaradorlik shartlari quyidagilardan iborat:

  • ma'ruz:ming batafsil rejasini tuzish;

  • ma'ruza rejasini o'qib eshittirish;

  • rejaning har bir qismini yoritishdan so'ng qisqacha umumiy xulosa qilish;

  • ma'ruzaning bir qismidan boshqa qismi (bo'lirni)ga o'tishda mantiqiy bog'liqlikni ta'minlash;

  • rnuammoli bayon qilish;

  • yozib olish zarur ho'lgan joylarni yozdirish;

  • ma'ruzaning ayrirn jihatlarini batafsil tahlil qilish imkonini beruvchi seminar mashg'ulotlari va amaliy mashg'ulotlar bilan qo'shib olib borish.

Ma'ruzani bir tomonlama aloqa ko'rinishida olib borish ham mumkin. Bunda o'qituvchi hikoya qiladi, o'quvchilar esa jirn o'ti­ rih tinglaydilar. Agar ma'ruza o'tkazishning faol uslublaridan foy­ dalansak, ta'lirn maqsadiga erishishning faol usulini ham tatbiq etish mumkin:

  • muammoli ma'ruzalar;

- ma'ruza konferensiyalari;

  • konspektsiz ma'ruzalar - fikrni so'z bilan ifodalash;

  • muallitlik ma'ruzalari;

  • ma'ruza - munozaralar;

  • qaytar aloqa texnikasi qo'llangan ma'ruzalar;

  • aniq vaziyatni tahlil qilish rna'ruzalari.

49
Odatdagi usulni qo'llashga yangicha youdashish.ning mohiya1i

  • ma'ruza shundan iboratki, hunda materialni o'qish vazifasidan, materialni o'qishga o'rgatish vazifasiga o'tish, ma'lumolni xabar qilish maqsadidan «o'qi1ilayotgan kursda bilim olish faoliyatining tizimli yo'naltirilgan usullari bilan qurollantirish» maqsadiga o'tish lozim. Shuning uchun ma'ruza vaqtida o'quvchilarning unda ishtirok etish elementlarini kiritishiugiz mumkin, agar:

    • savol berib, tinglovchilarning javoblaridan foydalansangiz;

- vaqtincha erkin fikr almashishlarga ruxsat etsangiz;

    • aniq vaziyatlarni tahlil qilsangiz;

    • kundalik hayotdan misollar keltirsangiz;

    • ularni savol berishga undasangiz;

    • ilgari o'rganilgan fakt va vaziyatlarni yangilari bilau 1aqqos- lasbni amalga oshirsangiz;

    • materialni qiziqarli qiJib, jonli bayon etsangiz.

Buning uchun o'quvchila r ishtirok etishlarini ta'minlaydigan pedogoglik texnikasidan foydalaning, ya'ni

    • nutq ohangini o'zgartiring, auditoriya bo'ylab harakatda bo'ling, kerak bo'lganda imo-ishoradan foydalaning;

-jonli ma'ruza qilishingiz ularni qiziqtiradi va darsda faol ish­ tirok etishlarini ta'minlaydi. Agar o'z fauingizni o'ta muhim deb hisoblashingizni, o'quvchilar nimani va qanday o'zlashtirishlari sizni befarq qoldinnasligini isbotlay olsangiz, kasbingizga bo'lgan sadoqatingiz ularni ruhlantiradi;

    • o'quv materialini bayou qilish sur'ati ham muhim aha­ miyatga ega. U o'quvchila rniug tayyorgarlik darajasiga, yoshiga mos kelishi kerak, o'quvchilar ma'ruzaning asosiy jihatla rini yozib olishlariga imkoniyat yaratish zarur.

Ko'rgazmali qurolfardan foydalanish ham mavzuni samarali qabul qilishga va tushinishga yordam beradi.

Yüklə 56,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin