Og‘zaki nutq texnikasi — tovush, bo‘g‘in, so‘zlar, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarining faollashtiruvchi mashqlarni anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, diksiyaga e’tibor berish, tovushlarning past-baland tovlanib turishi, undoshlarni talaffuz etish, ohang kabilar kiradi. Nutq texnikasidagi muhim ko‘rsatkichlardan biri uning hissiyligidir. Psixologlar ijobiy hissiyotni inson foaliyatidagi qudratli omil deb hisoblaydilar. Umuman olganda nutq sifati, ovoz har bir o‘qituvchida har xil bo‘ladi. Biroq tegishli mashqlar natijasida ovozni o‘zgartirish mumkin. Nutqdagi kamchiliklarni yo‘qotish uchun tinmay mashq qilib borish zarur. Ovozdan foydalanishda nutq texnikasining asosini tashkil qiluvchi nutq apparatlarini yaxshi bilish kerak.
O‘qituvchilik kasbi bevosita uning ovoz xususiyatlari bilan bog‘liq. YOqimli va jarangdor ovozga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini ovozining shiradorligi bilan ham o‘ziga maftun etadi. Bunday xususiyatga ega bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘z ovozining yanada shirador, yoqimliligini oshirishga harakat qilishi, ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida muntazam mashq qilib borishi lozim. O‘qituvchi ovozida quyidagi xususiyatlar mavjudligi talab qilinadi:
Jarangdorlik (tovushning tozaligi va tebranish yorqinligi).
Keng diapazonlik (ovozning eng pastdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi).
Havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo‘lish).
Ixchamlik, harakatchanlik.
Chidamlilik (uzoq gaplashish qobiliyatiga ega bo‘lish).
Qarshi tovushlarga nisbatan barqarorlik.
Ovozni hayajonli bo‘lishi — qanday so‘z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati.
Dostları ilə paylaş: |