88
o‘rtasida katta tafovut mavjud. Yevripidning asarida Medeya o‘z far-
zandlarini sevgan mehribon ona, vafodor rafiqa sifatida tasvirlanadi.
Medeyaning ruhiy iztiroblari shu qadar teran
va chuqur tavsif qilina-
diki, tomoshabin va o‘quvchida achinish va xayrixohlik uyg‘otadi.
Senekaning tragediyasi qahramoni esa, bemehr, qahri qattiq ona,
o‘ziga qarshi bo‘lgan har qanday narsani
yanchib tashlashga qodir,
insoniylik qiyofasini yo‘qotgan yovuz jodugar. Asarda o‘z ifodasini
topgan g‘oya – dunyoning bevafoligini uqtirish, ehtiroslarga beril-
ishning ayanchli oqibatlarini ko‘rsatish va har qanday hirsni jilov-
lab turish zarurligini targ‘ib etish, qahramonning qilmishlarini qattiq
qoralashdan iborat.
Seneka axloqiy-falsafiy mavzularda bir qator risolalar yozgan.
U ko‘plab ma’naviy bilimlardan, kundalik hayotiy jarayonlarda naf
keltirishi mumkin bo‘lgan ta’limotlarni ajratib olgan. Senekaning fi-
kricha, falsafa – dilning malhamidir. Uning yozishicha, donishman-
dlar ana shu malham bilan o‘z ruhlarini davolaydilar, o‘zgalarning
qalbida ham himmat, muruvvat, qadr-qimmat, sadoqat, iroda, ma-
tonat hislarini tarbiyalaydilar. Stoitsizm ta’limotining tarafdori si-
fatida u ushbu ta’limot
qoidalariga amal qilgan holda, chinakam
baxtni moddiy boylikda emas, balki
ruhiy osoyishtalikni izlashda,
deb hisoblagan.
Senekaning asarlari Ovrupada o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri-
dan boshlab keng yoyildi va shuhrat qozondi. Uning tragediyalar
Uyg‘onish davri yozuvchilariga, ayniqsa
fransuz klassitsizmi va-
killariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, Kornel, Rasin kabi fransuz
tragediyanavislarining asarlarida bu o‘zining yorqin ifodasini topdi.
Xullas, Rim adabiyoti yunon adabiyoti erishgan barcha yutuqlar-
dan va, shu bilan birga, ellinizm davri adabiyotining bu xazinaga
qo‘shgan qator yangiliklaridan to‘la-to‘kis
foydalanib, ham shakl,
ham mazmun jihatidan yana bir daraja yuqori bosqichga ko‘tariladi
va, keyinchalik, yangi dunyo Ovrupa adabiyotiga kuchli ta’sir
ko‘rsatishga qodir bo‘lgan qudratli bir adabiyotga aylanadi. Darhaq-
iqat, Uyg‘onish davrining qalam ahllari, XVII asr yozuvchilari o‘z
89
faoliyatlarida yolg‘iz Rim adabiyoti namunalariga taqlid etadilar.
Faqat XVIII asrga kelib gumanistlar (Lessing, Gyote, Shiller) bevos-
ita yunon adabiyotiga murojaat qila boshlaydilar. Binobarin, qariyb
besh asr davomida Ovrupa xalqlari badiiy ijodining shakllanishida
asosiy
rolni yunon adabiyoti emas, balki Rim adabiyoti o‘ynaydi.
Rim adabiyoti namoyandalarining asarlaridan namunalar o‘zbek
tiliga ham tarjima qilingan. Bu borada Oybek, E.Vohidov, Muxam-
mad Ali, S.Xo‘jayev tomonidan qilingan tarjimalar ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: