O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va


Ichki karantin begona o‘tlar vakillariga kimyoviy qarshi kurash



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə16/18
tarix09.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#127974
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
dildora xurramova

Ichki karantin begona o‘tlar vakillariga kimyoviy qarshi kurash


choralari
Respublika hududini mamlakat ichkarisida uchramaydigan kasalliklardan, hasharotlardan xorijiy davlatlar orqali kirib kelishidan himoya qilish Respublika karantin inspekciyasi hodimlarining asosiy vazifasi xisoblanadi. Shuningdek, mamlakat ichkarisida yangi zararli manbalar aniqlangan taqdirda ularni o‘z vaqtida o‘rgana bilish, tarqalishini chegaralash va bartaraf qilish ham muhim davlat ahamiyatiga ega masala xisoblanadi. Karantin tadbirlari qatoriga mamlakat ichkarisiga kirib kelayotgan va olib chiqib ketilayotgan maxsulotlarning karantin xolatini bilish muhim hisoblanadi. Bu jarayon mavjud materiallarni ko‘zdan kechirish va laboratoriyasi ekspertizasi asosida amalaga oshadi. yani karantin inspektorlari tomonidan amalga oshiriladigan kuzatish va laboratoriya ekspertizasi bir biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan muhim ishlab chiqarish jarayoni xisoblanadi.
Karantin mikroorganizmlarning zararini kamaytirish maqsadida respublika miqiyosida qator karantin tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar qatoriga barcha ekinzorlarni, unga eqiladigan urug‘larni, ko‘chatlarni, sanoat va oziq ovqat maxsulotlarini muntazam nazorat qilib, ular aniqlangan taqdirda ularni bartaraf qilish tadbirlari kiradi. Yangi yildagi ekinzorlarni hashorat, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilishga oid to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun o‘tgan yilning fitosanitar holatiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega
Gerbitsidlarni qo‘llash. Ochiq maydonlarida sudraluvchi kakraga qarshi gerbitsidlar keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar tomonidan qator yangi gerbitsidlar sinalib, yaxshi natija berganlari ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda. Chigit ekishdan avval bir yillik ikki pallalik va g‘allasimon begona o‘tlarga qarshi
«Treflon», «Nitran» gerbitsidlari purkalgandan so‘ng zudlik bilan tuproqqa chizel- boronalar yordamida aralashtiriladi. Aks holda gerbitsid quyosh nuri va shamolning ta’sirida begona o‘tlarga samaradorligi pasayib ketadi.
Chigit ekish bilan bir vaqtda «Alkenza», «Kotoran», «Kotoneks», «Stomp»,
«Gezegard», «Samuray», «Amir» kabi gerbitsidlar bir yillik, ikki pallalik va g‘allasimon begona o‘tlarga qarshi ishlatiladi. Ular sepilgach begona o‘tlar urug‘lariga ta’sir etib, unib chiqishi bilan sarg‘ayadi. 5–7 kundan keyin yosh nihollar nobud bo‘ladi. Gerbitsidlarning begona o‘tlarga ta’sir etish kuchi 1,5–2 oy davom etadi va bir chopiq o‘rnini qoplash imkonini beradi. Fo‘zaning o‘suv (shonalash) davrida bir va ko‘p yillik g‘allasimon begona o‘tlarga qarshi
«Fyuzilad-super», «Dalzlak-super», «Nabu pantera», «Fyuzelad forte», «Shogun» kabi gerbitsidlar ishlatilmoqda. O‘tlar unib chiqqan muddatda ishlatilganda gerbitsidlarning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Paxta hosilining asosiy terimidan so‘ng begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan «Dafosat», «Raundap», «Uragan-forte» gerbitsidlarining ta’siri 3–5 kun o‘tgach seziladi. Begona o‘tlarning asosiy o‘suv nuqtasi o‘sishdan to‘xtaydi hamda ular 7–15 kun o‘tgach nobud bo‘ladi. Natijada g‘o‘za o‘simligi tuproqdagi suv va ozuqa moddalarni o‘ziga o‘zlashtirish imkoni vujudga keladi. Havo harorati va namlikning yetarli bo‘lishi gerbitsidlarning
begona o‘tlarga ta’sir etishini tezlashtiradi. Shu bilan bir vaqtda gerbitsidlarni ishlatish vaqtida havo va tuproq haroratining past, shamolning tezligi 2–3 m/sek. dan yuqori bo‘lishi esa samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Gerbitsidlardan foydalanilganda ularning sarflash miqdorini haddan ziyod ko‘paytirib yuborish esa g‘o‘za nihollarining tup sonlarini kamayishiga olib keladi. Ularning sarf-miqdori iqlim-tuproq sharoiti hisobga olinib, begona o‘tlarning turiga qarab aniqlanadi. Gerbitsidlar begona o‘tlarning asosiy qismi unib chiqqandan so‘ng hamda 2–6 barg chiqargach bir yillik begona o‘tlarning balandligi o‘rtacha 12–15, ko‘p yillik begona o‘tlarniki esa 8–12 sm bo‘lgan muddatlarda purkash maqsadga muvofiq. Gerbitsidlar samaradorligi. Fo‘za va kuzgi bug‘doyzorlardagi begona o‘tlarga qarshi g‘o‘zaning shonalash davrida, kuzgi bug‘doyning tuplanish davrida ekinzorlarda uchraydigan bir yillik ikki pallalik begona o‘tlardan sho‘ra, olabuta, ituzum, bo‘ritaroq, semizo‘tlarga qarshi «Kotoran» 80 foizli n.k., «Stomp» 33 foizli s.e., «Dafosat» 36 foiz s.e., «Gezagard» 50 foizli n.k., 50 foizli s.e. larni gektariga tasmasimon usulda 1–1,5, yoppasimon usulda 3–4 l. dan ekish bilan bir vaqtda qo‘llanganda ularning samaradorligi 25–35 kundan keyin 90–95 foizga yetadi.
Tasmasimon usulda gerbitsidlar chigit ekish bilan bir vaqtda ishlatilganda bir yillik g‘allasimon begona o‘tlardan kurmak, ko‘k qo‘noq, qo‘noq o‘tlarga qarshi o‘rtacha 89,2–92,5 % samara beradi. Tajribalarda aniqlanishicha, ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi g‘o‘zaning shonalash davrida ajriqning bo‘yi 8–12, g‘umayniki 12–17, qamishniki 18–25 sm. ga yetganda «Zellek super», 104 g/l. em.k., «Fyuzilad forte», 15 foizli em.k., «Dalzlak Ekstra» 104 foizli s.e., lar yoppasimon usulda ishlatilganda samaradorligi o‘rtacha bir yillik g‘allasimon begona o‘tlarga qarshi 91–96, ko‘p yilliklardan ajriqqa 58–78, g‘umayga 90–96, qamishga 80–85 foizgacha bo‘lgan. Yuqoridagi gerbitsidlar qo‘llanganda o‘simliklar begona o‘tlarni yo‘qotish natijasida g‘alla hosildorligi 10–12, paxtaniki esa 4–5 s/ga oshdi. Yuqorida ta’kidlangan ma’lumotlarga asoslangan holda hisoblansa, begona o‘tlarni chopiq qilish uchun gektariga 37229,4, begona o‘tlar bilan yuqori darajada zararlangan maydonlarda 49950 so‘m to‘lashni talab etadi.
Chopiq qilish 2–2,5 barobar, ya’ni 4–5 marta oshirilishi natijasida 249750 so‘m xarajat qilinadi. Eng qimmat gerbitsid 3 marta sepilganda jami xarajatlar 356670 so‘mni tashkil qiladi. Gerbitsid sepilmagandagiga nisbatan 106920 so‘m ko‘p xarajat qilinadi, ammo shu yilning o‘zidayoq olingan hosildorlik natijasida xarajatlar qoplanib, foyda ko‘riladi.
Eritma tayyorlash. Eritma bevosita purkash oldidan tayyorlanadi. Bunda purkovchi moslama (traktor yoki qo‘l agregati) baklaridagi eritma necha gektar maydonga purkalishi aniqlab olinadi. Buning uchun purkovchi moslama baklariga toza suv quyiladi, sepiladi va purkalgan maydon aniqlanadi. So‘ngra ushbu maydonga yetarli sarf me’yorini inobatga olib, gerbitsid o‘lchab olinadi va 5–7 l suvda yaxshilab eritiladi (birlamchi eritma tayorlanadi). Purkovchi moslama baklarini yarmigacha suv quyiladi va gidroaralashtirgich ishga tushiriladi. So‘ngra oldindan tayyorlab qo‘yilgan eritma purkovchi moslamaning baklariga quyiladi. Purkovchi moslama baklari to‘lguncha suv quyiladi. Eritmani tayyorlashda albatta toza suvdan foydalanish kerak. Eritma tayyorlangandan so‘ng 24 soat ichida ishlatilishi shart. Eritmani tayyorlash va purkovchi moslamalarga quyish maxsus maydonchalarda amalga oshiriladi va maydonchalar ish yakunida zararsizlantiriladi. Gerbitsidlar PGS-3,6, PGX-4 markali shtangali purkagichlarda purkalsa, eritma sarfi gektariga 130–150, OVX-28, OVX-600 markali ventilatorli purkagichdan foydalanilganda 200–300 litrni tashkil etadi. Shuning uchun eritma tayyorlashda purkovchi moslama turlari hisobga olinishi kerak. Masalan, ayrim fermer xo‘jaliklarida qo‘l apparatidan ham foydalaniladi. Qo‘l apparati baklarining hajmi 10–12 litrni tashkil etadi. Agar bir gektar maydonga gerbitsid sarf me’yori 3 litr va ish eritmasi 300 litr bo‘lsa, 10 litrlik qo‘l apparatining bir to‘ldirish bakiga sarf me’yori 3 bo‘lganda 30 grammdan 40 grammgacha gerbitsid solinib 100 m2 maydonchaga ishlov beriladi va bu holda gerbitsidlarning sarf me’yori to‘g‘ri bo‘ladi. Gerbitsidlarni purkash nihoyasiga yetgandan so‘ng purkagichlarni tozalash o‘ta muhimdir. Chunki purkagich baki shtanga va rezina ichaklaridagi gerbitsid qoldiqlari boshqa ekinlarga ushbu purkagich bilan ishlov berilgandan so‘ng ularni
rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun gerbitsid sepilgandan so‘ng purkagich tozalanishi shart va uni quyidagi tartibda tozalash tavsiya etiladi:

  1. Purkagich baklari bo‘shatiladi. Toza suv bilan purkagich baklari shlanga va rezina ichaklar yuviladi. Purkagich baklari yana bo‘shatiladi.

  2. Purkagich baklari toza suv bilan to‘ldiriladi va 100 litr hisobida 25 gramm natriy gipoxloriti solinadi. Agar natriy xloriti bo‘lmasa RN ko‘taruvchi boshqa kimyoviy vositalardan foydalanish mumkin, masalan 100 litr suv hisobiga 30 gramm ammiak yoki bo‘lmasa 250 g natriy karbonati. Aralashma 10 minut davomida aralashtiriladi. Purkagich baklar bo‘shatiladi. Bu tadbir yana bir bor qaytariladi.

  3. Natriy gipoxlorit qoldiqlarini tozalash uchun purkagich baki, shlanka va rezina ichaklar toza suv bilan yuviladi. Purkagich uchliklari setkasi yechib olinadi va gipoxlorit natriy bilan 2-band tartibi bo‘yicha tozalanadi.

Gerbitsidlarni qo‘llashda quyidagi ekologik mezonlarga rioya qilish zarur: - preparat eritmasini shamolning tezligi sekundiga 5–6 metrgacha bo‘lganda purkash; - asalarichilarni dalalarga preparat eritmasini purkashdan 4–5 kun ilgari ogohlantirish zarur. Tuproq yuzasini muzlatadigan yengil sovuqda, shuningdek havo harorati +25 oS dan yuqori bo‘lganda ish eritmasini purkash mumkin emas. Ushbu preparatdan takroran foydalanishga ham ruxsat etilmaydi. Preparat eritmasi purkalgandan so‘ng kamida 4 soatdan keyin yoqqan yomg‘ir uning samaradorligini pasaytirmaydi.

    1. Yüklə 1,2 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin