Amerikalik psixolog D.Starch reklama e`lonlarini gazeta va jurnallarning qaysi
betide berish samarali bo`lishini o`rgangan. Aniqlanishicha ,e`lonlar turli
sahifalarda bo`lsa 50 % , birinchi va oxirgi sahifalarda bo`lsa 100 % e`tiborni jalb
qilar ekan .Demak, reklama ma`lumotlarning idrok etilishida matnning sahifalarda
joylashtirilishi , reklama axborotlarining takrorlanishi ham ahamiyatga ekanligi
aniqlandi . Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali ma`lumotlar bilan
tanishuvchilar yosh xususiyatlariga ko`ra tafovutlanishi N.Bogomolova tomonidan
o`rganilgan . Unga ko`ra , gazeta ma`lumotlari bilan asosan katta yishdagilar ,
radio ma`lumotlari bilan yoshlar va kattalar, televideniya orqali uzatiladigan
ma`lumotlar bilan barcha yoshdagilar ,aynan bolalar hamda keksalar tanishishi
ta`kidlangan
.Olima
N.Bogomolova
bolalarda
ijtimoiy
hayot
haqidagi
tasavvurlarning shakllanishida televideniya uchinchi ota-ona hisoblanib ,ular
dunyo qadriyatlari haqidagi birlamchi tasavvurlarni televidiniya ko`rsatuvlari
orqali oladilar degan fikrni qayd etadi . Tadqiqotchi A.Azlarova esa gazeta
ma`lumotlari bilan asosan erkaklar qiziqishlarini qayd etib o`tgan . Shuningdek , u
aholi o`rtasidagi reklama axborotlari bilan qiziquvchilarni ham o`rganib , aholining
4 % va o`rta yoshdagilarning 20 % gina reklama axborotlari bilan qiziqishini , 24
% aholi esa o`zi uchun muhim bo`lgan tanlangan axborotlarni izlashini va 52 %
esa
reklamalarga
umuman
qiziqmasligini
ta`kidlaydi
.Demak
reklama
ma`lumotlarining adekvat idrok qilinishida ommaviy axborot vositalari
muxlislarining yosh hususiyatlari ham e`tiborda tutilishi ham muhim ahamiyat
kasb etadi .
O`zbekistonda reklamalarining ijtimoiy sohadagi ta`sir xususiyatlari muammosi
V.M.Mosin ishlarida ham o`rganilgan bo`lib , u reklamaning shahs ruhiy-axloqiy
tarbiyasidagi o`rni masalasiga e`tabor qaratgan . Tadqiqotda reklama orqali shahs
tarbiyasiga ta`sir etish , ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o`rni ,
iste`molchilarining reklamaga nisbatan munosabat motivlari , shaxsning
ijtimoiylashuv jarayoniga kommunikatsiyaning ta`siri ilmiy asoslar bilan tahlil
qilingan .
Mamlakatimizda reklama faoliyatining psixologik talqini ,shahs ijtimoiy
tasavvurlariga va ustanovkalariga reklamaning ta`siri ,reklama idrok qilinishining
etnopsihologik xususiyatlarga bog`liqligi muammosi ijtimoiy psihologik muammo
sufatida
Dostları ilə paylaş: