ikkita asosiy gipoteza mavjud. Ulardan biri Quyoshning atrof koinotdan
jismlarini tortib olishidan, ikkinchisi Quyosh va Quyosh tizimidagi
planetalar birga bir vaqtda bir xil gaz-
chang yig’indilaridan hosil
bo’lganligini taxmin qiladi.
Akademik O.Yu.SHmid
t gipotezasiga ko’ra, Quyosh olam
bo’shlig’idagi harakati jarayonida gaz-chang bulutliklaridan iborat
bo’lgan yulduzlar oralig’idagi jismlarni o’ziga tortib olgan. Bu
bulutliklar
vodorod gazsimon, asosiy qismi muzlardan iborat bo’lgan
qattiq zarralardan tashkil topgan. Tosh va metall jismlar ham mavjud
bo’lgan. Tosh va muzdan iborat bo’lgan qattiq zarralardan Quyosh
tizimining ko’pgina jismlari hosil bo’lgan. Quyosh atrofidagi
bulutliklardagi qattiq zarralarning to’qnashuvi natijasida ular bir-birlari
bilan
yopisha boshlagan va bulutlikning o’zi esa yassi, zichligi ortgan
qatlamga aylangan. Katta jismlardan planeta va boshqa kosmik jismlar
hosil
bo’lgan. Planetalar hosil bo’lishi
jarayonida, bir-birlari bilan
to’qnashgan ayrim zarralar tezligini katta miqdorda yo’qotib umumiy
bulutlik yig’indisidan uzoqlashgan. Bu zarralar planetalar atrofida
aylana boshlaydi, so’ngra esa ular yig’ilib yo’ldoshlarni hosil qiladi.
O.Yu.SHmidtning gipotezasiga ko’ra Yer va boshqa planetalar
birlamchi sovuq jismlar bo’lgan, so’ngra Yerning ichki issiqligi
radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida hosil
bo’lgan.
Akademik A.G.Fesenkov Quyosh va
boshqa planetalarning hosil
bo’lishini yulduzlarning paydo bo’lishi muammosi bilan birgalikda
ko’rib chiqadi. Gallaktikadan tashqarida joylashgan tumanliklarning
tuzilishini o’rganish hozirgi kunda ham yulduzlar hosil bo’layotganligini
ko’rsatdi. Yulduzlar gaz-chang tumanliklarida joylashgan diffuzion
jismlarning quyuqlashuvidan paydo bo’ladi. Ayrim tumanliklarda
quyuqlashgan gaz-chang
yig’indilarining mavjudligi kuzatiladi. Ayrim
yig’indilarning parchalanishi va ulardan yulduzlarining hosil bo’lishi
ma‘lum bo’ldi. Yulduz jismlarining dunyo bushlig’iga yoyilish jarayoni
ham isbotlandi.
V.G.Fesenkov, Quyosh va planetalar qattiq
yassi disk shaklidagi
yulduzlar oraligidagi gaz-chang
yig’indilaridan (kuykalaridan) hosil
bo’lgan deb hisoblaydi. Avvalo katta massaga ega bo’lgan va hozirgi
vaqtga nisbatan tezrok aylanadigan Quyosh hosil
bo’lgan. So’ngra esa
aylanish tezligi katta bo’lganligi uchun gaz-chang jismlarining juda ko’p
qismi markaziy yig’indiga qo’shila olmagan va uning ekvator qismidan
ajralib tumanlik markazidan uzoqlashib borgan. Bu ajralgan qismlarning
harakati markaziy yig’indining harakatini qaytargan.
Markaziy yig’indidan tashqaridagi gaz-chang jismlarining asta-
sekin zichlanishi Quyosh tizimining hozirgi vaqtda mavjud planetalarini
hosil
bo’lishiga olib kelgan.
Hozirgi davrdagi tasavvurlarga ko’ra Quyosh tizimi jismlari
fazoda birlamchi sovuq va gazsimon materialning yig’ilishi va
zichlanishi natijasida Quyosh va birlamchi planetalar paydo bo’lguniga
qadar shakllangan. Asterioid va meteoritlar
yer guruhhiga kirgan
planetalar uchun, kometa va meteorlar esa gigant planetalar uchun ilk
(dastaval) mahsulot hisoblanadi. Yerni hozirgi vaqtdagi qobiqli
tuzilishining shakllanishi birlamchi gomogen (bir xil tarkibli, tuzilishi)
moddalarning og’irligiga bog’liq ravishda differentsiatsiya jarayoni
bilan bog’lanadi.
Dostları ilə paylaş: