O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

3.2.Magmatik tog’ jinslari. Magmatik yoki otkindi tog’ jinslari 
magmaning sovib qotishi va kristallanishidan hosil 
bo’ladi. Magmaning 
qaerda 
– yer po’stining ichkarisidami yoki yuzasidami sovib qotishiga 
qarab ikki xil turdagi, intruziv (er ichkarisida sovib qotgan jinslar) va 
effuziv (oqib chiqib sovib qotgan) tog’ jinslariga bo’linadi. Intruziv 
yuzalarga yoggan yomg’ir yoki erigan qorlar nurashdan parchalangan 
mayda zarrali jinslarni yupqa parda ko’rinishida to’yintiradi. To’yingan 
parda o’z og’irligi ta‘sirida yuza bo’ylab harakat qiladi. Og’irlashgan 
suv pardasi bilan harakat qilayotgan jins zarrachalari qiyalikning pastki 
tekis va yotiq yerlariga yotqiziladi. Bu jarayon ko’p marta qaytalanadi 
va qiyaliklarning ostki qismlarida delyuvial shleyfni hosil qiladi. 
Shleyfning qiyaligi shunchalik kichik bo’ladiki, unda yomg’ir suvi 
oqimlar og’irlik kuchini yengib harakat qila olmaydi. 
Yomg’ir suvlarining kuchi juda kichik bo’lganligi uchun ular 
faqat nurashdan hosil bo’lgan juda mayda zarralarni yuvadi. Shuning 
uchun delyuvial jinslar odatda qumoq tuproq va gilli tuproqlardan 
tashkil topadi. Ayrim hollarda ularning tarkibida qiyaliklardan 
dumalangan (surilgan) yirik jins bo’laklari ham uchrashi mumkin. 
Jarliklarning hosil bo’lishi. Tog’ jinslarining vaqtincha hosil 
bo’ladigan oqimlar bilan yuvilishi yerlarning uyilishiga olib keladi. 
Yomg’ir yog’ishi qaytalanishi bilan vodiy yonbag’ridagi o’yilmaning 
chuqurligi ortib boradi va qiyalik bo’yicha yuqoriga va pastga o’sib 
boradi. O’yilma balandlikning yuqorisiga yetgandan so’ng tik devor 
hosil bo’ladi va yig’ilgan suvlar sharshara ko’rinishida oqib tusha 
boshlaydi. Natijada yuvilish te
zlashadi va uyilma o’rnida jarlik hosil 
bo’ladi. 
Jarliklarning o’z tagini yuvishi erroziya bazisigacha davom etadi. 
Jarlikning quyi qismidagi eng pastki sathi yoki jarlik daryoga, ko’llarga 
qo’yilsa ularning sathi jarlikning erroziya bazisi hisoblanadi. Jarlikning 
yuqori qismlari shu hududdagi eng baland sathga yetganda, undan 
oqadigan suvning miqdori ortmay qo’yadi va jarlik o’sishdan tuxtaydi. 
Jarlik o’sishdan to’xtagandan so’ng uning ko’ndalang kesimi tekis yotiq 
shaklga esa bo’ladi, ya‘ni jarlik muvozanat kesim shakliga ega bo’ladi, 
jarlik esa soyga aylanadi. 
Jarliklar ayniqsa O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, 
Qirgizistonning tog’ oldi hududlarida kuchli va keng ko’lamda 
rivojlangan. 
Jarliklarning rivojlanishi xalq xo’jaligiga katta zarar 
yetkazganl
iklari uchun ularni oldini olish maqsadida jarlik hosil bo’lgan 
yoki bo’lishi mumkin bo’lgan yerlarda daraxtlar o’tkaziladi va suv 
oqimining tezligini kamaytirish uchun turli xil to’siqlar quriladi. 
Sel oqimlari. Jarlik yerlarda kuzatiladigan erroziya jarayoni, 
tog’lik tumanlarda joylashgan soylar va daryolarda yana ham katta kuch 
bilan jadal rivojlanadi. Chunki bunday yerlarda bahor oylarida jala 
yomg’irlari bo’lgan va qor jadallik bilan erigan davrlarda, tarkibi katta 
hajmda maydalangan jinslar bilan to’yingan, katta kuchli oqim hosil 
29 
56 


(otqindi) tog’ jinslari yuqori harorat va bosimli sharoitda magmaning 
sekin sovishidan hosil 
bo’ladi. Bunday sharoitda magmani tashkil qilgan 
zarrachalari yaxshi qirralangan kristallar va kristall zarralari 
ko’rinishidagi barqaror kimyoviy birikmalar hosil qilishga ulguradilar. 
Bunday tog’ jinslari uchun to’liq kristalli struktura xarakterlidir. Intruziv 
jinslarning tipik namunasiga granitlar, granodioritlar, dioritlar va 
boshqalar kiradi. 
Magma, lava ko’rinishida yer yuzasiga yoki okean, dengiz ostiga 
oqib chiqishi bilan o’zi hosil bo’lgan sharoitdan keskin farq qiladigan 
kichik bosim va harorat sharoitiga duch keladi. Bunday sharoitda, tez 
sovib qotish natijasida hosil 
bo’lgan effuziv jinslar to’liq kristallanib 
ulgurmaydi va shuning uchun ularning tarkibida turli miqdorda vulqon 
shishasi mavjud bo’ladi. Sovib qolgan, puffaksimon lavalarda, tashqi 
bosimning keskin kamayishi natijasida ko’p miqdorda gazsimon 
mahsulotlar ajralib chiqadi va ularning o’rnida yumaloq bo’shliqlar – 
g’ovaklar hosil bo’ladi. Bunday jinslarning tuzilishi hech qachon to’liq 
kristalli bo’lmaydi. Bu xolni liparit, kvartsli porfir, datsit, andezit tog’ 
jinslarida yaqqol ko’rish mumkin. 
Intruziv tog’ jinslari hosil bo’lish chuqurligiga qarab abissal (katta 
chuqurliklarda hosil 
bo’lgan) va gipabissal (kichik chuqurliklarda hosil 
bo’lgan) turlarga bo’linadi. Gipabissal jinslar hosil bo’lishi jarayonida 
magmaning harorati abissal jinslar hosil 
bo’ladigan sharoitga nisbatan, 
kichik bosim hisobiga tezroq pasayadi. Tashqi qiyofasi bo’yicha 
gipabissal jinslar effuziv va intruziv jinslar oralig’ida joylashadi. 
Magmatik jinslarni o’rganishda uning strukturasi va teksturasi 
katta ahamiyatga ega. Magmatik 
tog’ jinslarining strukturasi magmaning 
kristallanish sharoiti, uning tarkibi va uchuvchan, yengil birikmalarning 
mavjudligi bilan bog’liq. Kristallanish darajasi bo’yicha, to’liq kristalli-
donali, to’liq kristalli-mikrodonali, yarimkristallik va shishasimon 
strukturalarga ajratiladi. 
To’liq kristalli-donali strukturalar katta chuqurlikda magmaning 
yengil uchuvchan komponentlar ishtirokida sekin sovib qotishidan 
paydo bo’ladi. 
To’liq kristalli-mikrodonali strukturalar magmaning kichik 
chuqurliklarda va ayrim hollarda yer yuziga oqib chiqishidan, 
kristallanishidan hosil 
bo’ladi. 
Yarim kristalli va shishasimon strukturalar magmaning yer yuziga 
oqib chiqib tez sovib qotishidan hosil 
bo’ladi. Donalarning nisbiy 
kattaligiga qarab tekis donali (donalar kattaligi teng) va notekis (donalar 
bir-biriga teng emas) donali strukturalarga ajratiladi. Tekis donali 
strukturali jinslarda kristall donalarining kattaligi nisbatan bir-xil 
balandlik bo’yicha saralanadi. Yirik (3-4 sm) zarralar 2-5 metr 
balandlikda, yirik donali qumlar 8-10 metr balandlikda, mayda qumlar 
bir necha o’n metr balandlikga, chang zarralari esa 1000 metr va undan 
ortiq balandlikga ko’tariladi va harakatlanadi. 
SHamol bilan ko’tarilgan gil, chang va qum zarralari o’n, yuz 
ming kilometrlarga olib ketiladi. Ularning to’planishi zarralarning 
kattaligi bo’yicha saralanish bilan bir vaqtda sodir bo’ladi. Eng yiriklari 
yer yuzasi bo’ylab yumalaydi va juda kichik to’siqlarga duch kelishi 
bilan o’z harakatini to’xtatadi. To’siqlar atrofida qum zarralarining 
yig’ilishi natijasida kichik qum do’ngliklari hosil bo’la boshlaydi. 
So’ngra bu qum do’ngliklari tez o’sa borib balandligi 30 metrlarga 
yetish mumkin. Bunday yoy shakli ko’rinishidagi qum tepaliklarini 
barxanlar deyiladi. Barxanlarning shamolga qaragan tomonining qiyaligi 
8-140, shamolga teskari tomonining qiyaligi 30-
350 ga teng bo’ladi. 
Barxan guruhlari keng maydonlarda barxan tizmalarini hosil 
qiladi. Barxan yotqiziqlari aksariyat mustahkamlangan bo’lmaydi va 
sham
ol yo’nalishi bo’ylab ko’chib yuradi. Ularning harakat tezligi yiliga 
bir-necha santimetrdan 7-12 metrga yetishi mumkin. Shamolning 
yo’nalishi o’zgarishi bilan qum tepalarining harakat yo’nalishi va shakli 
o’zgarib turadi. 
Dengiz, ko’l va daryo qirg’oqlarida joylashgan qumlarning 
shamol ta‘siridan harakatlanishi, tashilishi va sohil bo’ylab yotqizilishi 
natijasida cho’ziq qum uyumlari ya‘ni dyunalar hosil bo’ladi.
SHunday qilib, shamolning harakati natijasida turli shakldagi qum 
uyumlari hosil bo’ladi va juda katta maydonlarni qoplaydi. Bunday 
maydonlar O’zbekiston, Turkmaniston va Qozogiston respublikalarining 
juda katta maydonlarini tashkil qiladi (Qoraqum, Kizilqum, Muyunqum 
saxrolari). 
SHamol keltirgan yotqiziqlarni eol yotqiziqlari deyiladi. Bu 
jinslar 
yotish holati bo’yicha qirqimda qiyshiq qatlamli, yotiq 
linzasimon, gorizontal qatlam shakllari ko’rinishini hosil qilib yotadi. 
SHamolning faoliyati xalq xo’jaligiga katta zarar yetkazadi
harakatlanuvchi qumlar ta‘sirida hosildor yerlarni, imorat va inshootlarni 
qum bosishi mumkin. Ko’chma qumlarni mustahkamlash uchun ildiz 
tizimi ko’p va chuqurga ketadigan o’t va daraxtlar ekiladi. Qumning 
harakat yo’liga sun‘iy to’siqlar quyilishi mumkin. Ayrim hollarda esa 
harakatlanuvchi qumlarga qotib qoluvchi eritmalar shimdirilib 
mustahkamlanadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin