hosil
qiluvchi minerallar, 10% dan kam bo’lsa ikkinchi darajali aktsessor
minerallar deyiladi. Minerallar tog’ jinslarida birlamchi va ikkilamchi
bo’lishi mumkin. Birlamchi minerallar tog’ jinsi bilan bir vaqtda paydo
bo’ladi va ularning tarkibida deyarli o’zgarmagan
holda saqlanib
qoladilar. Ikkilamchi
minerallar esa tog’ jinslari shakllanib bo’lganidan
so’ng sodir bo’ladigan geologik jarayonlar natijasida hosil bo’ladilar.
Tog’ jinsining ma‘lum bir turi uchun birlamchi bo’lgan minerallar,
boshqas
i uchun ikkilamchi bo’lishi mumkin. Masalan: kaolinit (gilning
minerali) granitlarda ikkilamchi
mahsulot hisoblanadi, kimyoviy
cho’kindilarda esa, birlamchi mahsulotdir.
Tog’ jinslaridagi kristall donalarining shakli xilma-xil bo’lib,
asosan minerallarning kristallanish qobiliyatiga va uning ajralib chiqishi
tartibi bilan bog’liq. Tog’ jinslarining mineral tarkibini aniqlash,
ularning tarkibiy qismini o’rganishga imkon bersa, tog’ jinslari qanday
hosil
bo’lgan degan savolga ularning strukturasi va teksturalarini
o’rganish javob beradi.
Tog’ jinsining strukturasi (ichki tuzilishi) tog’
jinslari tarkibiy
qismining (mineral bo’laklarining) qattiqligi, shakli va o’zaro
munosabati bilan bog’liq bo’lgan, tuzilishining o’ziga xos belgilarini
ko’rsatadi. Tekstura tog’ jinsini tashkil qiluvchi mineral bo’laklarining
fazoda joylashishi va taqsimlanishini ko’rsatuvchi belgilar yig’indisini
ko’rsatadi. Jinslarning tashqi ko’rinishida
tekstura katta masshtabdagi
tuzilish belgilarini-
qatlamlanganligini, g’ovakliligini, yaxlitligini
ko’rsatadi.
Tog’ jinslari hosil bo’lish sharoitiga (genezis)
qarab shartli
ravishda uchta sinfga bo’linadi.
1.Magmatik yoki vulkan tog’ jinslari. Ular tabiiy silikat
eritmalarining (magma, lava) sovushi va qotishi natijasida hosil
bo’ladi.
2.CHo
’kinditog’ jinslari. Ular yer yuzasida ilgari mavjud bo’lgan
tog’ jinslari
va minerallarning nurashi, so’ngra bu mahsulotlarning
mexanik va kimyoviy yo’l bilan yotqizilishi,
hamda organizmlarning
hayot faoliyati yoki chirishi natijasida hosil
bo’ladi.
3.Me
tamorfik (o’zgargan) tog’ jinslari. Bu guruhdagi tog’ jinslari
katta chuqurliklarda yuqori harorat, katta bosim va magmatik uchoqdan
ajralgan gaz va bug’ mahsulotlarining magmatik, cho’kindi
va ilgari
metamorfizatsiyaga uchragan jinslarga ta‘siri natijasida hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: