252
Kо‗mir shaxtalarida qо‗llaniladigan ventilyatsion
qurilmalarning ishlashi
natijasida har daqiqada 1200
chang tashqariga chiqarib turiladi, buning
natijasida shaxta ichidagi havoda changning miqdori 30-40
chamasida
saqlanib turadi. Bu jarayon tufayli juda kо‗p mahsulot yо‗qotiladi va tashqaridagi
havo (atmosfera) ifloslanadi. Shuningdek, sement zavodidan chiqqan chang zavod
atrofidagi joylarga (2-3 km masofaga) tarqaladi. Ba‘zan sement aerozollarini
zavoddan bir necha о‗n kilometr masofada ham payqash mumkin.
Aerozollarni tutib qolishda adsorbsiya va hо‗llanish
jarayonlaridan keng
foydalaniladi. Masalan, ruda qazish ishida qazilishi kerak bо‗lgan joylarga
oldindan suv berish, ya‘ni «hо‗l usulda ruda qazish» keng miqyosda
qо‗llanilmoqda. Bu ishlarning samaradorligi sirt-faol
moddalar ishtirokida va
kolloid kimyoning boshqa usullari qо‗llanilganida ancha yuqori darajaga
kо‗tariladi.
Atmosferadagi zararli gaz va chang holidagi (aerozol) qо‗shimchalardan
havoni tozalash ikki usul:
tarkibida zararli qо‗shimchasi bо‗lgan aerozolning hosil bо‗lishini
tо‗xtatish;
aerozolni yemirilishga majbur qilish;
orqali amalga oshirilishi mumkin. Masalan, tog‗ jinslarini qazishda oldindan shu
maydonlarni suv bilan sug‗orish orqali aerozollar hosil bо‗lishi kamaytiriladi.
Sug‗orish uchun beriladigan suv tarkibiga sirt-faol modda, kо‗pik
hosil qiluvchi
vositalar qо‗shiladi. Foydali qazilma rudalarni boyitishdan avval texnik ishlash
yо‗li bilan zararli moddalarning atmosferaga chiqib ketishining oldini olish
mumkin. Masalan, kо‗mir tarkibida bо‗lgan oltingugurt miqdori (kо‗mir
yoqilishidan avval) biror kimyoviy yoki mexanik usulda kamaytirilsa, kо‗mir
yonganida atmosferaga chiqib ketadigan
ni saqlab qolish osonlashadi.
Masalan, Angliyada kon havosidagi changni
kamaytirish maqsadida suv
berish usulidan tashqari maxsus chang yig‗uvchi asboblar qо‗llaniladi;
Germaniyada kalsiy xloridli pastadan foydalaniladi, chunki kalsiy xlorid
gigroskopik modda bо‗lganligi uchun havodagi namlikni tortib olish orqali rudani
hо‗llab turadi.
253
Havoni
tozalashning
ikkinchi usuli
aerozolni
yemirish
dan
iborat.
«Aerozolning yemirilishi» deganda aerozolni tashkil etgan kо‗p
fazali moddalar
sistemasining bir fazali gazlar sistemasiga aylanishini tushunmoq kerak.
Buni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi, bunda asosan,
aerozolning elektr xossalari katta ahamiyat kasb etadi. Aerozol zarrachalari ba‘zan
о‗zining hosil bо‗lish jarayonida muallaq holatda zaryadlana oladi. Masalan,
muallaq holatdagi aerozolga qutbli suyuqlik purkalganda aerozol zarrachalari gaz
holatdagi ionlarni yutib zaryadlanib qoladi. Demak, aerozollarning zaryadlanishida
gaz holatdagi ionlar ma‘lum rol о‗ynashini kо‗ramiz.
Aerozollarni texnikada yemirish uchun qо‗llaniladigan
asboblarda havoda
elektr razryad yaratish usulidan keng foydalaniladi. Bunday asboblar
elektr filtrlar
deb ataladi (138- rasm).
Dostları ilə paylaş: