O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


trafik qul odamlar, kontrabanda, madaniy ziddiyatlar va



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

trafik qul odamlar, kontrabanda, madaniy ziddiyatlar va boshqa ijtiomiy salbiy
hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Boshqa tomondan, sayohat qilishni orzu qilib
kelgan turist mamlakatda jinoiy harakatga duch bo’lsa, tibbiy yordam olish imkoniga
ega bo’lmasa, davlat organlari tomonidan himoya qilinmasa og’ir ahvolga tushib
qolishi mumkin.
Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, turizm sohasida turistlarni himoya qilish va
xavfsizligini ta’minlash butun mamlakatda, turistik manzilgohlarda juda ko’p tartib-
qoidalar bilan mustahkamlangan. Ularni nafaqat turistik ma’muriyatlar, balki boshqa
bir qator turli iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ishlovchi ma’muriy organlar ham
so’zsiz bajarishlari kerak.
Xususan:
- sog’liqni saqlash;
- jamoat tartibini saqlash (polisiya, bojxona, chegara xizmati);
- moliyachilar (soliq xizmati, bank);
- savdo va maishiy xizmat;
- transport;
- energetika, kommunikasiya;
- atrof-muhit muhofazasi;
- bandlik va hududning rivojlanganligi.
Bu jarayonlarda xususiy sektorning ishtiroki ham juda muhim hisoblanadi,
negaki, jahonda tashkil etilayotgan barcha safarlarning kamida 7/10 uning xissasiga
to’g’ri keladi, tabiiyki, alohida ehtiyotkorlik choralari bu miqyosda yuksak darajada
9



bajarilishi kerak. Turistik firmalar o’zlari uyushtiradigan safarlarda 


sayohatchilarning xavfsizligi bo’yicha talablarni og’ishmay bajarishlari shart. 
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi 
qonuni 10-moddasiga amal qilish kerak. Unda “turistik xizmat albatta
sertifikatlangan bo’lishi shart. Turistik faoliyat subyektining turistik xizmatlarni
sertifikatlashdan bosh tortishi, sertifikatlashning salbiy oqibatlari harakatni
to’xtalishiga, yoki turistik faoliyatni amalga oshirishdan mahrum etilishiga olib
keladi” deb yozib qo’yilgan. Ya’ni har qanday tur-safar xavfsizlikning hamma
shartlari bo’yicha tekshirilishi lozim. Aks holda u turistik bozorga qo’yilmaydi.
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, turistlarda paydo bo’ladigan har xil xarakterdagi
muammolar, ko’p hollarda ular oldindan sayohat shartlaridan xabardor
qilinmaganidan kelib chiqadi: mamlakat xususiyatlari, ovqatlanish, joylashish,
mahalliy aholining chet elliklarga munosabati, vaholanki, turist sayohat, shaxsiy
xavfsizligi, o’z huquqini himoyalash, narsalarini saqlanishi haqida to’liq va ishonchli
ma’lumot olishga haqli (14-modda). Bundan tashqari, 17-moddaga ko’ra, turistik
firma “Turni tashkil etilishi, ularni huquq va burchlari haqida turistlarga to’liq
ma’lumot” berishga majbur. Shunga qaramasdan, amaldagi qonunlar va qarorlarni
qo’llanilmasligi, shuningdek ularning ayrim qismlarinigina qo’llanishi turizmda
xavfsizlik masalalariga jiddiy yondoshuv talab qiladigan muammolarni keltirib
chiqaradi. Turizm bilan shug’ullanuvchilar tomonidan global va sistematik asosda
xavfsizlik choralarini ko’rish unutiladi. Ayrim tadqiqotlarga ko’ra, xorijiy tashrif
buyuruvchilar xavfsizligi bilan bog’liq muammolar 10 dan 4 holatda xavfsizlikka
javobgar organlarning o’z vazifalarini bajarmaganligidan kelib chiqqan. Xususan,
yuqorida keltirilgan qonunning 15-moddasiga muvofiq turist kelayotgan mamlakat
bojxona va chegara qoidalariga rioya qilishga majbur, agar u buni buzsa, shaxsiy
xavfsizligini shubha ostida qoldiradi. Boshqa tomondan, 18-moddaga muvofiq
“O’zbekiston Respublikasi hududida turistlar xavfsizligi davlat tomonidan
kafolatlanadi”. Turizm bo’yicha vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar va
muassasalar bilan hamkorlikda turistlarni himoya qilish va xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan dasturni ishlab chiqadi va bajarilishiga erishishi lozim. Davlat hokimiyati
10



organlari joylarda turizm sohasida hududiy dasturni ishlab chiqadilar va bajarilishini


tashkil qiladilar, barcha turistik yo’nalishlar bo’yicha turistlar xavfsizligini
ta’minlanishi davlat bu muammoga e’tibor bilan qarayotganligidan guvohlik beradi.
Turistlarni terroristik xurujlar, boshqa jinoiy xatti-harakatlardan himoya
qilishga alohida e’tibor berish kerak. Ularning oqibatida ular jabr ko’rishi,
iste’molchi sifatida huquqi paymol etilishi, sog’ligini saqlashga, atrof-muhit
muhofazasiga jiddiy zarar yetishi mumkin. Shuning uchun ham, turistlarni himoya 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin