O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


II-BOB. MATEMATIK ANALIZDA TALABALARNING MATEMATIK BILIMLARINI SHAKLLANTIRISHDA MUSTAQIL TA’LIMDAN FOYDALANISH METODIKASI



Yüklə 3,42 Mb.
səhifə10/34
tarix15.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#140964
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
BMI Boymanov H

II-BOB. MATEMATIK ANALIZDA TALABALARNING MATEMATIK BILIMLARINI SHAKLLANTIRISHDA MUSTAQIL TA’LIMDAN FOYDALANISH METODIKASI


2.1. Matematik analizni o`qitishda foydalaniladigan ta`lim metodlari.

Keng ma’noda metod yunoncha "Metodost" so’zidan olingan bo’lib, "yo’l", "usul", ”ish uslubi” degan ma’noni anglatadi. Qo’llaniladigan (o’qitish) "metod" - termini kishilarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga yerishish, ma’lum obyektni o’zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi. O’qitish metodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga yerishishga qaratilgan birgalikdagi usullari tushuniladi.


Ba`zi didaktik metodistlar ta`lim metodlarini o`quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo`li, ayrim olimlar esa, ularni o`qituvchi va o`quvchi faoliyatini o`zaro bog’lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta`lim metodlarini o`quv ishlari majmui, shuningdek, ta`lim mazmuni shaklida qarash g’oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta`lim metodlarining mohiyati, o`quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham yeng munozarali muammolardan biri ta`lim metodlari tasnifi masalasidir.
Ularni ta`lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta`lim metodlarini tasnif etishda shu yo`nalishlardan qay biri ma`qul? Yoki ta’lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o`qitish metodlari», «o`qish metodlari» kabi terminlar qo`llanadi. Shunday bo`lgach, «ta`lim metodlari» iborasini ishlatishga yehtiyoj bormi? Metod termini yunonchadan tarjima qilinganda ma`lum bir maqsadga yerishish yo`li, faoliyat usuli ma`nolarini anglatadi. Ta`lim metodi deganda ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning kutilgan maqsadga yerishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko`ra ta`lim mazmunini o`zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.
Ta`lim metodlari o`quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo`lib, ularsiz ta`lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o`quv materiallari mazmunini o`zlashtirish mumkin emas.
Ta`lim metodlari ham o`quv materiali mazmuniga, binobarin, bolalarning ma`lumoti, taraqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o`qitish, o`qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o`zaro ta`sirning yuzaga chiqishiga yo`nalgan. Ta`lim metodi vositasida o`qituvchi va talabalarning faoliyati o`zaro muvofiqlashadi. Ta`lim metodi-o`qituvchi va talabalarning ma`lumot mazmuniga yo`nalgan faoliyatini tartibga solish yo`lidir. Ta`lim metodlari tarkiban o`qitish metodlari va o`qish metodlaridan iborat.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida: "Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining maqsadi oshib boradi, televideniya va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi", deb ta’kidlangan.
Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb - hunar)lar va ularni bajarishga odatlantirish masalaga kelganda, bu odatda ikki yo’l bilan hosil qilinadi: bularda birinchisi - qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd-intilish-harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi (usul) yo’l - majbur etish yo’li, bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan ishtiladi. Chunki ular o’z istaklaricha so’z bilan g’ayratga kirishadiganlardan emas, deb ta’kidlagan A.H.Forobiy.

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin