KIRISH……………………………………………………………….………4 I-BOB. MATEMATIK ANALIZDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKILLASHTIRISH NAZARIY ASOSLARI 1.1. Matematik analizdan talabalarning o`quv faoliyatini tashkil etishda mustaqil ta’limning roli………………………….........….…………………….….…………7
1.2. Haqiqiy sonlar to‘plami va uning xossalarimi o’rgatish ………………..…...10
1.3. Darsdan tashqari bajariladigan mustaqil ta’lim…………………………..…..18
II-BOB. MATEMATIK ANALIZDA TALABALARNING MATEMATIK BILIMLARINI SHAKLLANTIRISHDA MUSTAQIL TA’LIMDAN FOYDALANISH METODIKASI 2.1. Matematik analizni o`qitishda foydalaniladigan ta`lim metodlari………...…22
2.2. Haqiqiy sonlar to‘plami va uning xossalarimi o’rgatish metodikasi...............39
2.3. Haqiqiy sonlar to‘plami va uning xossalarimi o’rgatishda mustaqil ta’lim....50
XULOSA…………………………………………………………………………55
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………56
K I R I SH Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda ta`lim jarayonida talabalarda puxta bilim va ko’nikmalarni shakillantirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun mustaqil ta’limni tashkillashtirish dolzarb muammolardan biridir. An`anaviy tarzdagi o`qituvchining faolligi va barcha materialni tushuntirishga harakat qilishi bilan bog`liq bo`lgan darslarning o`rniga talabaning faolligini oshirish bilan bog`liq bo`lgan noan`anaviy darslarni amalga oshirish hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Endilikda o`qitish jarayonida talabalarni zeriktirib qo`ymaydigan, fikrlashga, mustaqil ishlashga yo`naltiradigan har xil metodlar va o`qitish vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Matematik analiz fanida shunday mavzular borki, bu mavzularni talabalarga tushuntirish, ularda shu mavzu bo`yicha tasavvurlarni shakllantirish qiyin. Komp`yuter texnologiyalari asosida o`qitish orqali matematik jarayonlar, ularning mexanizmlarini virtual laboratoriya shaklida taqdim etish bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirish, dastlabki bilimlarini rivojlantirish va qo`shimcha ma`lumotlar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi. Bunda matematik moddalarni tejash, jarayonni takror-takror namoyish etish, foydalanuvchi uchun o`quv materialining axborotga boy, sodda va tushunarli bo`lishiga erishiladi.