O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 3,42 Mb.
səhifə4/34
tarix15.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#140964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
BMI Boymanov H

Bitiruv ishining predmeti: “To’plamlar va haqiqiy sonlar.” mavzisini asosida o‘qitishning mazmuni, metodlari va vositalari.
Matematik analizdan talabalarning mustaqil ta’limini tashkillashtirish metodikasi” da
Mustaqil ta’limning mazmuni talabalar tomonidan
- leksiya va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
- uy vazifalarini bajarish;
- nazariy bilimlarni o‘zlashtirish;
- tabaqalashtirilgan yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish;
- mustaqil ta’lim uchun mo‘ljallangan mavzularini o‘zlashtirishdan iboratdir.
Leksiya va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik; uy vazifalarini bajarish; nazariy bilimlarni o‘zlashtirish; tabaqalashtirilgan yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarishga mustaqil ta’limga ajratilgan saotlarning 58%, mustaqil ta’lim uchun mo‘ljallangan mavzularini o‘zlashtirish uchun 42% ni rejalashtirilgan.


I-BOB. MATEMATIK ANALIZDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKILLASHTIRISH NAZARIY ASOSLARI



    1. Matematik analizdan talabalarning o`quv faoliyatini tashkil etishda mustaqil ta’limning roli

O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogika OTMlarining asosiy vazifasi jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash, ushbu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini etirof etish emas, balki ularga nisbatan ijodiy yondoshuvni shaklantirish va mustaqil fikrlash kabi sifatlarni tarbiyalashdan iboratdir.


Matematika so‘zi qadimgi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, ma’nosi «fanlarni bilish» demakdir. Bundan 3500 yil oldin Konfutsiy «eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko`rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib etaman», degan ekan. Ta`limda informatsion hamda pedagogik texnologiyalarni qo`llaganda talabalar eshitish, ko`rish, ko`rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Hozirgi kunda pedagogning asosiy vazifasi talabalarga tayyor bilim berish emas, balki bilimlarni mustaqil egallashlariga ko`maklashishdan iborat. Buning uchun esa talabalarning o`z qobiliyati va imkoniyatlarini to`la-to`kis namoyon etishlari va butun kuch-g`ayratlarini bilim olishga sarflashlari uchun imkon beradigan darajada ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish zarur.
An`anaviy o`qitish metodida talabaning bilim olishdagi yangi axborotlar olish manbai o`qituvchining og`zaki bayoni va tushuntirishi bo`lsa, talabaning mustaqil ishlarini kitoblar va qo`llanmalar bilan ishlash tashkil etib talabaning o`quv materialini o`zlashtirish sur`ati va hajmini uning qobiliyati, qiziqishi, mayli kabi xususiyatlari belgilaydi. Kitob bilan ishlash talabaning mustaqil ishlash faoliyatini oshiradi.
hozirgi paytda talabalarning bilish faolligini oshirish, ularni o`qishga qiziqtirish va ularda mustaqil bilim olish ko`nikmalarini shakllantirish-dolzarb muammodir. Shuning uchun pedagog va psixologlar diqqat markazini o`quv predmetlarining nazariy asoslari va ularning tuzilishi bilan bir qatorda talabalar faoliyati, unga daxldor psixologik va pedagogik qonuniyatlar hamda o`quv faoliyatini samarali boshqarish omillari ham band etib turibdi. Ma`lumki, bilish faoliyati, bilish faolligi va bilish tashabbuskorligi kabi tushunchalar bilan bir qatorda bilish mustaqilligi ham katta ahamiyat kasb etadi.
Faollik-faol, tezkor faoliyat bo`lsa, tashabbuskorlik-topqirlik, tadbirkorlik, mustaqil va faol harakatlar yig`indisidir. Mustaqillik-erkin hatti-harakat, fikr yuritish, tashabbuskor bo`lish va qat`iy qaror qabul qilish qobiliyatidir.
o`rganish-talabalarning yangi bilimlarni o`zlashtirish jarayonidir. U o`quv faoliyati darajasiga ko`tarilishi uchun talabalar bilimlarni egallash davomida ularni boyitadigan, mustaqil ravishda o`quv topshiriqlarini belgilashi, o`z-o`zini nazorat qilish va o`z xususiy faoliyatini baholash mezonlarini bilishlari kerak.
Talabalarning mustaqil talimi-bu o`qituvchining bevosita ishtirokisiz, lekin belgilangan vaqtda uning topshirig`i asosida bajariladigan ishlardir. Mustaqil ta’lim metodlari o`qitishning ta`lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.
Ta`limiy jihatdan bu metodlar nazariy bilim, amaliy ko`nikmalarni mustaqil egallashga, ularni takrorlash, mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam beradi.
Tarbiyaviy ma`noda ular shaxsning mustaqillik, mehnatsevarlik, mas`uliyatlilik kabi xislatlarini tarbiyalaydi.
Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish yo`llari to`g`risida taniqli olim Yu. Babanskiy quyidagi xulosalarni keltiradi:

  1. Bilim berish tajribasida mustaqil ta’limdan foydalanishni mumkin qadar kengaytirish zarur.

  2. Mustaqil ta’limni qo`llash mezoni o`quv materiali mazmunining tushunarliligi va mazkur bosqichda talabalarning undan foydalanishga tayyorliklari birligida bo`lishi kerak. Talabalar, hatto etarli darajada tayyorgarlikka ega bo`lmagan hollarda ham mustaqil ta’lim metodlaridan voz kechmaslik, aksincha, mustaqil ta’lim elementlarini sekin-asta kiritish lozim.

  3. Mustaqil ta’limdan ayrim mashqlarni bajarish jarayonida mashqlar, topshiriqlarni yo`l–yo`lakay bajarib, tekshirish savollariga javob berib, butun boblarni mustaqil o`rganish jarayonida ham foydalaniladi.

  4. Mustaqil ta’limdan foydalanish doirasini mumkin qadar kengaytirish, talabalarning mustaqil ta’limda bajarishlariga imkon yaratish uchun quyidagilar zarur:

- talabalarning darslik, kitob, ma`lumotnomalar bilan ishlash ko`nikma va malakalarini shakllantirish;
- talabalarning o`qish, yozish, hisoblash va boshqa faoliyatlari sur`atini oshirish; ularda asosiy tushunchani asosiy bo`lmaganidan farqlash va o`z–o`zini nazorat qilish malakasini hosil qilish;
-talabalarga uy vazifalarini bajarish hamda hisobotlar tuzishning tartib va qoidalari haqida ko`rsatma berish;
-mustaqil ta’limda vazifalarni bajarishda talabalarga tezkor yordam ko`rsatishning maxsus usullarini o`ylab topish;
-mustaqil talimda mavzularni muvaffaqiyatli bajargan talabalarni rag`batlantirish, qiziqtirish va tanqidiy baholash.
5. Mustaqil ta’limda mustaqil ishlarni tashkil etishda differentsial hamda individual yondashish zarurligini unutmaslik kerak. Bu maqsadlarda tayyor va talabalar ko`magida mustaqil tayyorlangan didaktik materiallardan ham foydalanish o`rinlidir.
6. O`qituvchilar mashqlar miqdorini optimal tanlashga alohida e`tibor berishlari zaruriyat tug`ilganda yuzaga keluvchi qiyinchiliklarni tabaqalashtirish yo`li bilan yo`qotishga harakat qilishlari lozim.
o`qituvchining darsdagi faoliyati asosan barcha talabalarni yangi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat bo`lsa ham ma`lum vaqt davomida individual tarzda ishlaydi. Talabalarning dars davomidagi faoliyati mustaqillikdan iboratdir. Mustaqil ishlar darsdan so`ng davom ettirilishi bilan ham diqqatga sazovordir.
Mustaqil ta’lim dars jarayonida (guruhda) va darsdan tashqarida bajariladigan ishlarga ajratiladi.


    1. Yüklə 3,42 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin