Personaj - badiiy asardagi barcha qahramonlar, jumladan, badiiy xarakter darajasiga ko‘tarilmagan qahramonlar ham personaj hisoblanadi.
Shakl va mazmun - voqea-hodisalarning tashqi ko‘rinishini aks ettirish orqali ularning ichki mohiyatini gavdalantirish.
Mavzu - ijodkor tanlagan hayotiy voqealar, u yoritgan asosiy muammolarning umumlashmasi. Adabiy asar uchun asos qilib olingan fikr va maqsad uning mavzusidir.
G‘oya - ijodkor maqsadini boshqarib, uning qarashlari, hodisaga yondashishlarini ma’lum bir izga solib turadigan ana shu hodisa. Konflikt - lotincha conflictus degan so‘z bo‘lib, “to‘qnashish” degan ma’noni bildiradi. Ziddiyat, to‘qnashuv hayot taraqqiyotini ta’minlovchi asos bo‘lgani singari badiiy konflikt ham asarning qiziqarli bo‘lishining yetakchi vositasidir.
Kompozitsiya - lotincha compositio so‘z bo‘lib, “tuzilish, qurilish, tarkib” demakdir. Badiiy asar kompozitsiyasiga quyidagicha ta’rif-tavsif berish keng tarqalgan: “badiiy asar qismlari, detallari, badiiy tasvir vositalarining ma’lum maqsad asosida muayyan tartibda joylashtirilishi”.
Syujet -fransuzcha “sujet” so‘z bo‘lib, “narsa, mazmun, mavzu” degan ma’noni bildiradi. Asar mazmunini tashkil etadigan, qahramonlar o‘rtasidagi aloqa, munosabatlar tizimi.
Fabula - lotincha fabula so‘z bo‘lib, masal, hikoya qilish demakdir. Badiiy asar fabulasi deganda asar uchun asos bo‘lgan hayotiy material nazarda tutiladi. “Fabula — asar voqealarining mantiqiy jihatdan uzviy bog‘liqlikdagi yaxlit silsilasi” ham deyiladi. O‘z ma’no va mohiyatiga ko‘ra bu ikki termin bir-biriga sinonimik xarakterga ega bo‘lib, hozirgi adabiyotshunoslikda syujet termini faol qo‘llaniladi. Fabula termini esa asta-sekin iste’moldan tushib qolmoqda”.
Ekspozitsiya - lotincha expositio so‘z bo‘lib, “tushuntirish” degan ma’noni anglatadi. Voqealar kechgan joy, davrning ijtimoiy manzarasi, qahramonlar unib-o‘sgan muhit shart-sharoiti kabilar tasviri ekspozitsiya deb yuritiladi. Ekspozitsiya asarning istalgan o‘rnida bo‘lishi mumkin.
Epos. yun. epos — so‘z, hikoya — 1) badiiy adabiyot turi (lirika va drama b-n bir katorda); 2) xalqning qahramonona o‘tmishini aks ettiruvchi asar. Epos tor ma’noda, xalqning qahramonona o‘tmishini aks ettiruvchi asarlardir. Dastlab epos qahramonlarning atrof-olamdagi yovuz kuchlar va buzuq niyatli odamlarga qarshi kurashi bayon etilgan asarlarni anglatgan. Qadimgi eposlarda voqea-hodisalarning talqin va tasvir etilish yo‘sini o‘sha davr kishilarining dunyoqarashi, e'tiqodi, ishonchlaridan kelib chiqqan. Eposning eng qadimiy namunasi sifatida ilmda oldinlari akkadlarniki deb sanalib kelingan, ammo keyinchalik barcha turkiy xalqlarga tegishli ekani aniqlangan «Gilgamish» dostoni hisoblanadi. Shuningdek, hindlar-ning «Ramayana» va «Mahabharata», Gomerning «Iliada» va «Odisseya», o‘zbeklarning «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», qirg‘izlarning «Manas», qozoqlar-ning «Qo‘blandi botir», ozarbayjon-larning «Ko‘ro‘g‘li», nemislarning «Nibelunglar haqida qo‘shiq», ispan-larning «Sid haqida qo‘shiq», fran-suzlarning «Roland haqida qo‘shiq», anglosaksonlarning «Beovulf», karel va finlarning «Kalevala», armanlarning «Sosunli Dovud», gurjilarning «Amiraniani» kabi asarlari ham xalq qahramonlik eposiga mansubdir.