O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu. Tabiyatshunoslikning kimyoviy tavsifi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə8/24
tarix21.10.2017
ölçüsü1,92 Mb.
#8185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24

5-mavzu. Tabiyatshunoslikning kimyoviy tavsifi.

Kimyo tabiat xaqidagi fan bo`lib, u boshqa tabiiyot fanlari (fizika,  biologiya, mineralogiya) kabi moddiy jismlar tugprisida bizga atroflicha maplumot beradi, u jonli va jonsiz tabiatni tashkil etgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ropy beradigan opzgarishlarni va bu opzgarishlar orasidagi bogplanishlarni tekshiradi. Qisqa qilib aytganda, kimyo-moddalar va ularda bopladigan opzgarishlar xaqidagi fandir.  XIX asrning oprtalariga kelib kimyoda atom-molekulyar taplimot topla – topkis tasdiqlandi, bu taplimot asosida hamma moddalarni tashkil etgan juda mayda zarrachalar – atom va molekulalar haqidagi tushuncha yotadi. Molekula – moddaning kimyoviy xossalarini opzida saqlab qoladigan va mustaqil ravishda mavjud bopla oladigan juda kichik zarrachasidir. Atom – molekulyar taplimotga asoslanib quyidagilarni aytish mumkin:

Rus olimi M.V.Lomonosov opzining 1751 yilda nashr etilgan "Ximiyaning foydasi xaqida ikki ogiz suz" asarida "Ximiya opz qopllarini inson extiyoji bilan bogpliq bo`lgan xamma ishlarga chuzmokda. Kayerga karamaylik, kayerga nazar solmaylik, xamma yerda bizning kuz oldimizda ximiyaning tadbik etilishidan kulga kiritilgan yutuklar gavdalanadi" degan edi. Ximiya xalk xujaligining barcha soxalarida keng kullanilmokda.

M.V.Lomonosov 1741 yilda opzining "Matematik kimyo elementlari" nomli asarida atom -molekulyar nazariyani kuyidagicha taprifladi:

1) Barcha moddalar "korpuskula"lardan iborat bo`lib, ular bir-biridan oralik fazo bilan ajralgandir.(Lomonosovning "korpuskula" termini xozirgi molekula mapnosiga ega);

2) Korpuskulalar tuxtovsiz xarakatda bopladi;

3) Korpuskulalar elementlardan tashkil topgan (Lomonosovning element tushunchasi xozirgi atom mapnosiga ega.) Elementlar xam tuxtovsiz xarakatlanadi;

4) Elementlar aniq massaga va ulchamga ega.

5) Oddiy moddalarning korpuskulalari bir xil elementlardan, murakkab moddalarning korpuskulalari turli elementlardan tuzilgan.  Atom – malekulyar taplimot 1860-yilda Karlsruyeda bo`lgan kimyogarlarning xalqaro syezdida qabul qilindi.Element atom massasining uglerod birligida ifodalangan miqdori shu elementning atom massasi deyiladi.Modda malekulasi massasining uglerod birligida ifodalangan miqdori shu moddaning malekulyar massasi deyiladi.

M.V.Lomonosovdan keyin yana kariyb yarim asr keyin, ingliz olimi D.Dalton kimyo va fizika soxasida yigilgan tekshirish natijalarini atomistik taplimot asosida talqin qildi; u atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini yaratdi. U 1808 yilda opzining "Novaya sistema ximicheskoy filosofii" nomli asarida atomistik taplimotni kuyidagicha tarifladi:

a) Moddalar nixoyatda mayda zarrachalar - atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachaga bulina olmaydi;

b) Xar qaysi kimyoviy element faqat opziga xos "oddiy" atomlardan tuzilgan bo`lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, xar bir elementning atomi opziga xos ogpirlik va ulchamga ega;

v) Kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning "oddiy" atomlari o`zaro aniq va opzgarmas butun sonlar nisbatida birikib, murakkab atomlarni xosil qiladi;

g) Faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo`lgan atomlargina o`zaro birika oladi, bir elementning atomlari xech qachon o`zaro kimyoviy reaksiyaga kirisha olmaydi.Ular faqat bir-biridan itariladi.

Xiva shahrining 4500 yildan beri saqlanib kelayotgan qadim­gi yodgorliklarida qulollar va shishasozlarning suratlari bor, arxeologik qazishlar natijasida esa eramizdan avvalgi 1700 yilga to`g`ri keladigan rang - barang shisha vazalar topildi. Misrliklar qulolchilik buyumlari ustiga sir berishni ham bilgan. papiruslarni, yapni yozuv qog`ozini tayyorlashni ular eramizdan 1600 yil ilgari bilar edi. papiruslarni misrliklar boshqa mamlakatlarga ham chiqarar edi Grek donishmandlari - Solon, pifagor, Demokrit, Gerodot va platon shular jumlasidan edi. Ximiyaga taaluqli bilimlarni Gretsiya ana shu olimlar orqali misrliklardan oldi.

Farg`onada hozirgi zamon kimyo sanoati 1930 yillarda boshlangan. 1931 yilda Farg`ona yog`-moy zavodi maxsuot bera boshladi; keyinchalik Qo`qon moy zavodi ishga tushirildi. O`zbekistonda birinchi bo`lib, yuz xildan ortiq turdagi o`simliklarning danagidan yuqori sifatli moy qoldiq mahsulotidan gasipol va yuqori sifatli oqsil ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi, shuningdek, bu yerda paxta moyini gidrogenlashda yangi katalizatorlarning qo`llanilishi ishlab chiqildi. Bunda 220 gradus temperaturadan 170 gradusdan 160 gradusgacha tushurish iqtisodiy foyda keltirildi. 1935 yilda Qo`qon o`g`it aralashtirish zavodi ishga tushirilib, keyinchalik u fosforli o`g`itlar zavodiga aylantirildi.

1938 yilda Quvasoy tsement ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Bu yerda dunyo praktikasida birinchi marta yangi tsement ishlab chiqildi. Bu yuqori, sifatli tsement portlanttsement asosida juda katta suv omborlari va kanallar qurish uchun zamin yaratildi.

1947 yilda Fag`ona from birikmalari ximiya zavodi 1959 yilda yirik Farg`ona azotli o`g`itlar zavodi, Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi kimyoviy mahsulot bera boshladi. SHu yillarda Farg`ona neft tarkibida oltingugurt saqlovchi xalqali uglevodlarning ko`p bo`lishi aniqlandi. 1963 yilda Farg`ona kimyoviy tolalar zavodi va boshqa qimyo ishlab chiqarish zavodlari qurildi.

SHu yillarda farg`ona Moskvadagi plastmassa ilmiy-tekshirish institutining filiali ish boshladi. YU,Ostrovolkov, YU.Mamatovlar yaratgan “Ferganiy-1” o`ta chidamli qoplama mahsulot, 1972 yilda Leyptsigda o`tkazilgan xalqaro yarmakada yuqori baxolandi.

SHu 1960 yildan boshlab S.Teshaboev va uning shogirdlari tomonidan Markaziy Farg`onaning tuprog`i, suvi va o`simliklarining mikroelement tarkibini o`rganish boshlandi.



6-mavzu. Biologiya fanining predmeti, tarkibi va rivojlanish bosqichlari
Biologiya, taqqoslash,biosfera, modellashtirish,ekologiya, ekspriment,qizil kitob, organ, to`qima, tirik tabiat.

Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno frantsuz olimi J.B. Lamark va nemis olimi G.R. Terviranus tomonidan fanga kiritilgan bo`lib, yunoncha bios – hayot, logos – fan, yaoni hayot haqidagi fan, degan mahnoni anglatadi. Biologiya qisqacha aytganda hayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to`g`risidagi fandir.

Biologiyaning tekshirish obhekti bo`lib, o`simliklar, hayvonlar, zamburug`lar, mikroorganizmlar, odamlar, ularning organ, to`qima hujayra va hujayra komponentlarining tuzilishi, funktsiyalari, kimyoviy tarkibi, ularda kechadigan jarayonlar hamda shaxsiy tarixiy rivojlanishi, jamoalari, ularning o`zaro anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi.
Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, muammolari, ahamiyati.
Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi.

Kuzatish metodi organizmlar va ularning atrofidagi muhitda ro`y beradigan hodisalarni tasvirlash va tahlil qilish imqonini beradi. Bu metod biologiya fanining ilk rivojlanish davrida keng qo`llanilgan. Hozirgi paytda ham bu metod o`z mavqeini yo`qotgani yo`q. U botanika, zoologiya, ekologiya va biologiyaning boshqa ko`pgina sohalarida keng qo`llaniladi.

Turli sistematik guruhlar, tirik organizm jamoalari, organizmlar, ularning tarkibiy qismlaridagi o`xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida aniqlanadi. Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya, embriologiya va shu singari fanlarda keng foydalaniladi. Bu metod orqali hujayra nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o`zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan. Turli sistematik guruhlar organizm, uning organlarining tarixiy jarayonda paydo bo`lish qonuniyatlari tarixiy metod yordamida aniqlanadi. Mazkur metod yordamida organik dunyoning evolyutsion taplimoti yaratildi. Eksperimental metod orqali tirik tabiatdagi, organizmlardagi voqea-hodisalar boshqa metodlarga nisbatan chuqur o`rganiladi. Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan biologik tadqiqotlarda modellashtirish metodidan ham foydalanilmoqda. Modellashtirish metodining mazmuni tirik tabiatdagi biror voqea-hodisa yoki uning muhim jihatlarini model tarzida qayta tiklab o`rganishdan iborat. Tasvirli model matematik belgilarga aylantiriladi va mahlum vaqtdan keyin unda qanday o`zgarishlar, hodisalar ro`y berishi mumkinligi elektron hisoblash meshinasi yordamida aniqlanadi. Modellashtirish metodining afzalligi shundaki, u tirik tabiatda kelgusida ro`y beradigan voqea- hodisalarni oldindan bilish imqonini beradi. Biologiyada boshqa fanlardagi kabi ko`p muammolar, o`z yechimini kutayotgan tabiat sirlari mavjud.

Muammolar. Bu muammolar, birinchidan molekulalarning tuzilishi va funktsiyasini aniqlash; ikkinchidan, bir va ko`p hujayrali organizmlarning rivojlanishini tartibga solish mexanizmlarini bilish; uchinchidan, organizmlar shaxsiy rivojlanishijagi irsiyat mexanizmlari yahni oqsil biosintezidan hujayra hosil bo`lgunga qadar tabaqalanishni oydinlashtirish; to`rtinchidan, organizmlar tarixiy rivojlanishini aniqlash; beshinchidan, Yerda hayotning paydo bo`lishi muammosini yechish va tajribada isbotlash; oltinchidan, insonlarning tabiatga ko`rsatadigan ijobiy va salbiy tahsirini bilish; yettinchidan odamning paydo bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan bahzi muammolarni hal etishdan iborat.

Biologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyati. YUqorida qayd etilgan muammolarni yechish biologiya oldida turgan asosiy vazifadir. Lekin biologiya fani nazariy muammolarni yechish bilan cheklanib qolmaydi. U juda muhim amaliy ahamiyatga ega bo`lgan muammolar yechimida ham faol ishtirok etadi.
Hujayraning tuzilishi va uning faoliyati topgprisidagi fan sitologiya deyiladi. Hujayra bu opsimlik tanasining mustaqil koppayuvchi elementar strukturali va funksional birligi bo`lgan bir qismidir.

Hujayrani dastlab ingliz olimi R. Guk 1665 yilda kashf etgan. U buzina opsimligining qoplovchi topqimasi – probkani koprayotib, unda bopshliqlarni kuzatdi va ularni “kletka” deb atadi. probka, asosan oplik hujayralardan tuzilganligi sababli dastlab hujayra popsti va uning tirik qismi orasidagi bogpliqlik topgprisida notopgpri tasavvur hosil bopldi. Faqat XIX asrga kelib olimlar hujayraning ichki qismini jiddiy oprgana boshladilar. 1833 yil ingliz botanigi R. Broun unda yadro borligini, 1839 yil chex fiziologi Ya. purkine esa sitoplazmani kashf etdi. Hujayra shirasi haqida to`plangan materiallar nemis botanigi M. Shleyden va zoologi T. Shvannlarga 1838-1839 yillarda hujayra nazariyasini yaratish imkonini berdi. Uning mohiyati shundan iboratki, barcha tirik organizmlar hujayralardan tuzilgan. Hujayra nazariyasi opsimlik va hayvonlar umumiy kelib chiqishga ega ekanligini isbotladi. F. Engels bu kashfiyotni XIX asrda yaratilgan 3 buyuk kashfiyotning (energiyaning saqlanish qonuni, Ch. Darvinning eqolyusiya nazariyasi) biri deb atadi.

Hujayra, asosan 3 qismdan: tashqaridan oprab turuvchi hujayra popsti, markazida joylashgan vakuola va hujayra shirasi – protoplastdan iborat. Hujayra popsti va vakuola uning oplik qismi, protoplast esa tirik qismidir. protoplast opz navbatida sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. protoplastning faoliyati tufayli hujayra popsti va hujayra shirasi ishlab chiqariladi. Hujayra shirasi turli organik va mineral moddalarning suvdagi eritmasidir.

Hujayraning har bir qismi organoid deb ataladi va maplum bir vazifani bajaradi. Uning tirik boplmagan qismi (popsti va shirasi) ham tegishli vazifani bajaradi.

SITOpLAZMA bu shilimshiq, rangsiz suyuqlikdir. Uning tarkibida 90 % gacha suv boplsada, asosan murakkab organik birikmalar, koppincha oqsillardan tashkil topgan. Shuningdek unda nuklein kislotalar (DNK, RNK) va moysimon moddalar – lipidlar, uglevodlar, fermentlar, gormonlar, alkaloid va boshqa organik hamda mineral moddalar bopladi.

Elektron mikroskopda qaralganda, endoplazmatik topr kanalchalarining tashqi yuzasida va bevosita sitoplazma qavatida yumaloq mayda tanachalarni koprish mumkin. Bular ribosomalar deb ataladi. Ular ribonuklein kislotaning (RNK) spiralsimon shaklli bir nechta molekulasidan tashkil topgan. RNK spirali oprami orasida oqsil mulekulalari joylashadi va ular oqsil moddalarini sintezlab, muhim vazifani bajaradi. Oqsil sintezlanishi uchun ribosomalardagi RNK molekulalari hujayra yadrosidagi DNK molekulalaridan ajraladigan informasion RNK ning alohida molekulalari tomonidan aktivlashtirilishi kerak.

Muayyan organizm oqsillarining opziga xos xususiyati ribosomalar tufayli kelib chiqadi, chunki “kodlangan” tegishli axborot muayyan tarkibga ega bo`lgan oqsillar sintezi uchun matrisa bo`lib xizmat qiladi. Ribosomalar tomonidan sintezlangan oqsillar endoplazmatik toprga optadi va hujayraning turli qismlariga tarqaladi.

Opsimliklar hujayrasining sitoplazmasida kalta tayoqchalar shaklidagi mitoxondriyalar bopladi. Ularning bopyi 0,2-2,0 mkm gacha bo`lib, koppincha 0,6-0,8 mkm orasida opzgarib turadi. Mitoxondriyalarning soni hujayrada juda kopp bo`lib, oprta hisobda 2-2,5 mingtani tashkil etadi.

Mitoxondriyalar 60-70% oqsil moddalar, 25% gacha lipidlar, kam miqdorda RNK va anorganik birikmalardan tuzilgan. Ular ancha murakkab tuzilgan bo`lib, tashqi tomonida ikki qavat membranasi bor. Membrananing tashqi qavati mitoxondriyani sitoplazmadan ajratib turadi, membrananing ichida esa kristallar deb ataladigan juda kopp qirrali opsiqlar chiqadi. Bular mitoxondriyaning ichki yuzasini birmuncha kattalashtiradi. Uning ichki kamerasi tarkibida eruvchan oqsillar bo`lgan ancha bir xil suyuq massa bilan topla bopladi.

Mitoxondriya bu hujayraning energiya manbaidir. Bunda moddalar almashinuvi turli xil mahsulotlarining achishi natijasida ajralib chiqadigan energaya hisobiga adenozintrifosfat kislota (ATF) sintezlanadi. Bu ATF opziga xos energiya akkumulyatoridir. Keyin u bir qancha ximiyaviy opzgarishlarga uchraydi, oqibatda kopplab energiya ajralib chiqadi va u kechadigan turli xil jarayonlarga sarflanadi.

Mitoxondriyalar, odatda harakatda bopladi. Ular yadro, xloroplast va boshqa hayotiy prosesslar tez kechadigan organoidlar atrofida topplanadi. Mitoxondriya opsimlik va hayvon hujayrasining boplishi lozim bo`lgan tarkibiy qismidir.

pLASTIDALAR faqat opsimlik hujayralarida bopladi. Ular tashqaridan ikkita membrana bilan qoplangan. Beradigan rangiga qarab plastidalar 3 xil bopladi. Bular xloroplast, xromoplast, leykoplast.

Leykoplastlarda fermentlar boplmaydi. Ularning oplchami xloroplastlardan ancha kichik va turgpun shaklga ega emas. Leykoplastlar, koppincha topqima va organlarning quyosh nuri tushmaydigan yer ostki qismida , yapni ildiz, guganak va urugpida bopladi.
YADRO VA UNING TUZILISHI. Yadro bu irsiy belgilarni saqlaydngan va oqsil snntezini boshqaradigan markazdir. Hujayra yadrosiz yashay olmaydi, agarda uni hujayradan ajratib olinsa darhol nobud bopladi. Odatda hujayrada bitta, ayrim suv optlari va zamburugplar kopp yadroli hujayralar bopladi. Bakteriya va kopk-yashil suv optlarida shakllangan yadro boplmasdan, uning tarkibiga kiruvchi moddalar sitoplazmada, yapni ularning yadrosi sochma yoki diffuziya holatida bopladi.
NUKLEOpLAZMA bu kolloid qorishma bo`lib, unda xromosoma va yadrocha joylashgan. Nukleoplazma tarkibiga turli xil fermentlar, nuklein kislotasi kiradi.

Xromosomalar ikki xil holatda boplishi mumkin. Ishchi holatida ingichka ipga opxshash bo`lib, modda almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Ularni faqat elektron mikroskop yordamida koprish mumkin. YAdroning boplinish davrida ular maksimal darajada yigpilib qisqa va yopgpon bopladi va yorugplnk mikroskopida ham koprish mumkin bopladi DNK molekulalarining tarkibiy qismi – nukleotidlardir. Nukleotidlar 3 komponentdan: fosfat kislotasi, dizoksiriboza shakari va 4 ta azot birikmalari: adenin, guanin, timin, sitozinning biridan iborat.

Agarda xromosomalar soni gaploid yadrodagiga nisbatan 3 marta oshsa – triploid, 4 marta oshsa – tetraploid yadro deyiladi va hokazo.

Irsiy belgi – xususiyatlarning ota-ona organizmidan naslga optishi quyidagicha ifodalanadi:



7-mavzu. Evolyusion taplimotning mohiyati, maqsad va vazifalari
Evolyutsion taplimot tirik mavjudotlarning yerda hayot paydo bo`lganidan to hozirgi kungacha davom etayotgan tarixiy taraqqiyot qonunlarini o`rgatuvchi fandir. Evolyutsion taplimotga birinchi bo`lib ulug` ingliz olimi CHarlz Darvin asos solgan. Biroq bu g`oyani Darvingacha bir qancha tabatshunos olim va faylasuflar ham ilgari surganlar.

Tirik tabiat haqidagi tasavvurlar eramizdan bir necha ming yil oldin qadimgi Misr, Xitoy, Hindistonda paydo bo`lgan.

Miloddan oldingi XVI asrda misrliklar ko`pgina dorivor, madaniy o`simlik xillarini bilganlar. Ular donli ekinlar, sabzavotlar, meva daraxtlarining bir necha turlarini ekib o`stirganlar. Misrliklar qoramol, ot, eshak, qo`y, echki va cho`chqalarni boqqanlar.

Ko`pgina madaniy o`simliklar, xonaki hayvonlarning kelib chiqish markazi Xitoy hisoblanadi. Miloddan oldingi 2000–yillarda Xitoyda dexqonchilik, chorvachilik bir muncha rivojlangan. Tut ipak qurti boqish esa undan anchagina oldin amalga oshgan. Boshqa mamlakatlarda bo`lgani kabi Xitoyda ham biologik bilimlar, tibbiyot va falsafiy qarashlar shakllangan.

Qadimgi YUnon olimlaridan Levkipp va Demokrit atomistik nazariyani yaratdilar. Bu nazariyaga ko`ra barcha tirik organizmlar atomlardan tashkil topgan. Gippokrat va uning shogirdlari tibbiyot nazariyasini yaratishda biologik bilimlardan keng foydalanganlar. Gippokratning irsiyatga doir fikrlari diqqatga sazovordir. Uning irsiyat haqidagi tasavvuriga ko`ra erkak va ayolning urug`i organizm barcha qismidan hosil bo`ldi. Baquvvat organizmdan kuchli, nimjon organizmdan kuchsiz nasl rivojlanadi.

Qadimga YUnonistondagi tabiiyotshunoslik rivojiga Aristotelg`, ayniqsa katta hissa qo`shgan. U hayvonlar klassifikatsiyasi asosini yaratdi. Solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayonetdi. U «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlarning paydo bo`lishi», «Hayvon tanasining qismlari» degan asarlarni yozdi. Evolyutsion gpoyalarning paydo boplishi. Biologiyaning Ch. Darvingacha bo`lgan davrdagi rivojlanishi. XV asrning yarmiga kelib Yevropada feodalizm oprniga burjuaziya hokimiyati opnatilish bilan sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi. Yirik shaharlarda botanika va hayvonot bogplari tashkil etilgan. Dunyoning boshqa yerlaridan Yevropaga koppgina opsimlik va hayvonlarni oprganishga katta qiziqish uygpotdi. Natijada kishilarning opsimliklar va hayvonlar topgprisidagi bilimlari antik dunyoga nisbatan ortib bordi. Botanika va zoologiya fanining rivojlanishi uchun avval maplum bo`lgan opsimlik va hoyvon turlarini guruhlash ehtiyoji paydo bopla boshladi. Bu masala bilan mashhur shved olini botanik Karl Linney (1707-1778) shugpullaandi. Olim opsimlik va hayvonlar sistematikasiga asos soldi. U 10 mingdan ortikq opsimlik, 42000 dan ortiq hayvon turlarini tasvirlab beradi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarni turkumlarga (tartiblarga), tartiblarni esa sinflarga birlashtiridi. U barcha opsimlilarni gulidagi changichilari soniga va changichilarning joylashishiga, uzun-qisqaligiga birlashiga qarab 24 sinfga , hanyvonlarni esa 6 sinfga bopldi.



8-mavzu. Hayotning paydo boplishi va rivojlanishi

Yerda hayotning paydo boplishi masalasi tabiiy fanlar kontseptsiyasining hozirgi kunga qadar mavjud eng qiyin va shu vaqtning opzida eng qiziqarli muammolaridan hisoblanadi. U shuning uchun ham qiyinki, fan sifat jihatidan yangi hisoblanmish hayotni yaratish va uning taraqqiyotini pogponama-pogpona aniqlash uchun eksperimental tajriba asosida topligpincha yechish imkoniga hozircha ega emas.

Hayotning paydo boplish masalasi, oplik tabiatni tirik tabiatdan farqli xususiyatini hamda hayot evolyutsiyasini aniqlash jihatidan ham juda qiziqarli.

SHunday ekan, biz quyida eng avval koinot bopshligpida Yer qurrasini shakllanishi, unda hayot paydo bo`lganga qadar mavjud bo`lgan muhit, sopngra esa hayotning ilk davri va nihoyat hayotning bunyodga kelishi va uning taraqqiyoti haqida fikr yuritamiz.



Arxey.proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynazoy eralari. hayotning tuzilish darajalari.

Opsimliklar va hayvonot olamining poleontologiyasi (Komarov,1943)




Eralar

Davrlar

Opsimliklar va hay-vonot olamida hukmron opsimlik va hayvonlar

Davrlarni

mln.hisobid

vometishi


Kaynazoy



Toprtlamchi


Hozirgi davrning madaniy opsimliklari, xonaki hayvonlar hukmronligi

1

Uchlamchi

Turli-tuman yopiq urugpli (gulli) opsimliklar,sut emizuvchi hayvonlar, qushlar va hasharotlarning hukmronlik davri

62

Mezozoy

Bopr

Yopiq urugpli opsimliklar paydo boplishi hozirgi floraning shakllanishi. Reptiliy, qushlar, hasharotlar va sut emizuvchi hayvonlar taraqqiyoti

43

Yura

Ochiq urugpli opsimliklar. Tsikadlar, qubbalilar va diatom suvoptlar taraqqiyoti. pteridopsida. pterapsidlarning halokati. Boshlangpich sut emizuvchilar taraqqiyoti.

45

Trias

Sagovniklar, ginkgolar, qubbalilarning rivojlanishi. Kordalilar halokati, sudralib yuruvchi hayvonlar, boshlangpich sut emizuvchilar hukmronligi.

36

perm

Daraxtsimon plaunlar va qirqbopgpinlar halokati, paporotniklarni paydo boplishi,reptiliy hayvonlari hukmronligi

38

Karbon (Toshkopmir)

paporotniksimonlar (plaun, qirqbopgpin, paporotniklar. Amfi-biy taraqqiy etgan davr.

52

paleozoy

Devon

psilofit, boshlangpich paporotniklar, ochiq urugplilar va zamburugplarning paydo boplishi. psilofit florasi halo-kati.Baliqlar, ikki xil nafas oluvchi baliqlar hukmronligi

36

Silur

Quruqlikning ilk opsimliklari: psilo-fitlar,turli-tuman dengiz umurtqasiz hayvonlari,baliqlar.

50

Kembriy

Boshlangpich poyali opsimliklar suvoptlari va bakteriyalar

38

proterozoy

Siney

Yenisey


Sayan

Bakteriya va suv-optlari, sodda hay-vonlar

570-1200

1200-1500

1500-1900


Arxeozoy




Bakteriya faoliyati tufayli hosil bo`lgan ohaktoshlar.

190-270

9- MApRUZA: Ekologiya fanining tabiiy-ilmiy asoslari

Ekologiya fani – bu tirik organizmlarning yashash muhiti va o`zaro munosabatlari to`g`risidagi fandir. «Eykos» – bu yunoncha so`z bo`lib, yashash joyi degan mapnoni bildiradi. «Logos» – fan so`zlaridan olingan. Ekologiya ayrim individlarning rivojlanish, ko`payish, yashashning populyatsiyalarning va jamoalarning tarkibini, o`zgarishini yashash muhitiga bog`liq holda o`rganadi.

Ekologiya fani genetika, evolutsiya taplimoti, sistematika, fiziologiya, etologiya kabi biologik fanlar bilan chambarchas bog`liqdir.

Ekologiya fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. Har xil organizmlar guruhlarining atrof-muhit omillari bilan munosabati qonuniyatlarini o`rganish.

  2. Organizmlarning yashash muhitiga tapsirini aniqlash.

  3. Biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati tapsirida tabiat o`zgarishlarini oldindan ko`ra olish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo`llarini o`rganish.

  4. Zararkunandalarga qarshiii kurashning usullarini yaratish.

  5. Sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani joriy etish.

«Ekologiya» tushunchasi ilk bor 1866 yilda kiritlgan bo`lib, bobolarimiz bu tushunchani ancha ilgari anglab yetib o`z turmush va faoliyatlaridan tabiatga katta eptibor berganlar. Ular suvga ahlat tashlamaslik, farznad tug`ilsa nihol ekish, hazon yo qmaslik, ariqlarni toza saqlashlariga katta eptibor qilganlar. Tabiatni asrab-avaylash, mamlakatni go`zal bog`ga aylantirish buyuk bobomiz Amir Temur zamonida ayniksa rivojlangan. Sohibqironning tabiatni behad qadrlashi, ekologik vaziyatni eptiborga olishi, xususan o`z saltanatni paytaxti Samarqandni yana ham ko`kalamzorlashtirish uchun juda ko`p bog`lar barpo eptilganligi Shular jumlasindandir. Sohibqiron bobomiz tabiat inson hayotida katta o`rin tutishini Yahshi bilgan, tabiiy mu populyatsion ekologiyasining rivojlanishiga S.A.Severtsov. S.S.Shvarts, S.A.Naumov va T.A.Viktorov ham o`zgarishning munosib hissalarini qo`Shdilar. 1935 yilda ingliz olimi A.Tensli «Ekosistema» degan tuShunchani taklif qilgan bo`lsa, 1942 yilda V.N.Sukachyo v «biogeotsenoz» tushunchasini asoslagan.

vozanatni saqlash lozimligini tapqidlab kelgan.




UMUMIY EKOLOGIYA



Ekologiya fanining bu`limlari



Autekologiy

populiyasiyalar ekologiyasi

Sinekologiya

Biosfera xaqidagi ta`limot




Ayrim turlarning u`zlari yashab turgan muxit bilan u`zaro munosabatlarni, ularning qanday muxitga ku`proq va o`zviy moslanganligini u`rganadi

populyasiyalar to`zilmasi va din amikasi, ma`lum Sharoitlarda turli organizmlar sonining u`zgarishi sabablarini tekShiradi

Biogeosenozlarning to`zilishi va hossalarini, ayrim u`simlik va xayvon turlarning u`zaro aloqalarini xamda ularning tashqi muxit bilan bu`lgan munosabatlarini u`rganadi

Biosfera tarkibi, to`zilishi va energetikasi tirik organizmlar faoliyati majmui bilan belgilanadigan, ya`ni tirik mavjudotlar tarqalgan yer qobig`i

  1. Fiziologiya ekologiyasi. Organizmlarning muhit sharoitlariga moslashishi natijasida ularda sodir bo`ladigan fiziologik o`zgarishlar qonuniyatlarini o`rgatadi.

  2. Bioqimyo viy ekologiya – o`zgarib turuvchi muhitga moslashishi jarayo nida organizmlarda sodir bo`layo tgan o`zgarishlarni molekula nuqtai nazaridan o`rgatadi.

  3. poleekologiya – yo `q bo`lib ketgan organizmlarning ekologik bog`lanishlarini o`rgatadi.

  4. Evolyutsion ekologiya – populyatsiyadagi o`zgarishlar mexanizmini o`rgatadi.

  5. Morfologik ekologiya – oziqlanish sharoitiga qarab organizmlarning to`zilishi tarkibi qonuniyatlarini o`rgatadi.

  6. Geobotanik – fitotsenozlarning to`zilishi va taqsimlanish qonuniyatlarini o`rgatadi.

  7. Sanoat- ekologiyasi – texnologik jarayo nda ajralib chiqayo tgan zararli va zaharli moddalarni tabiatga, insonlarga tapsirini suv va havoni tozalash usullarini va ularni YQBK – Yo `l qo`ysa bo`ladigan kontsentratsiyasini o`rgatadi.

Ekologik omillar uch gruppaga boplinadi:

1. Abiotik omillar iklim, xarorat, radioaktiv nurlar, yoruglik, xavo okimi, shamol, xavo namligi, suvning tuz tarkibi, tuprok va relef. Bular xammasi jonsiz tabiatga xos xususiyatlar bo`lib, jonli organizmlarning rivojlanishiga bevosita va bilvosita tapsir koprsatadi.

2. Biotik omillar — barcha jonli organizmlarning o`zaro tapsiri. Xar bir organizm doimiy ravishda boshka organizmlarning bevosita yoki bilvosita tapsirini sezibturadi.Opsimliklar, xayvonlar va mikroorganizmlarning o`zaro tapsiri biotik omillar deb xisoblanadi. Organizmlarning o`zaro boglanishi bu biotsenozlar va populyatsiyalarning mavjudligiga asoslangandir, bu masala bilan sinekologiya fani shugullanadi.


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin