O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu. Dunyo va jamiyatni bilishda ilm-fan



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə10/24
tarix21.10.2017
ölçüsü1,92 Mb.
#8185
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24

2-mavzu. Dunyo va jamiyatni bilishda ilm-fan.


O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Mapruza rejasi



1 Fanning tavsifi va uning tarkibi. Tabiiy ilmiy bilishning shakllari va uslublari. 2 Ilm-fanning rivojlanish evolyusiyasi. 3 Fanlar tizimi va ularning xususiyatlari.4 Fanning faoliyatida muammo-ilmiy taxmin va tajriba-xulosa-echim tizimining oprni. 5 Fan texnika inqilobi va uning tabiatshunoslikdagi axamiyati.6 Fan va texnikaning o`zaro aloqadorligi. 7 FTIning jamiyat hayotiga tapsiri. 8 FTIning kishilar dunyo qarashiga tapsiri. FTIning salbiy oqibatlari.

O`quv mashg`ulotining maqsadi:Talabalarga Madaniyat kontekstida ilm-fan,Ilmiy texnikaviy inqilobning ahamiyati xususida tushuncha hosil qilish.

pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Talabalar Madaniyat kontekstida ilm-fan,Ilmiy texnikaviy inqilobning ahamiyati xaqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy maplumotlarni konspektlashtiradilar.



Taplim usullari

BBB – texnologiyasi, Mapruza

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Taplim vositalari

Slaydlar, jadval va mavzuga oid rasmlar

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol - javob

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi



Ishlash bosqichlari, vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchining

Talabaning

1 - bosqich

1.1. O`quv xujjatlarini to`ldirish va talabalar davomatini tekshirish (5 daq).

1.2. O`quv mashgpulotiga kirish (10 daq.)


Madaniyat kontekstida ilm-fan,Ilmiy texnikaviy inqilobning ahamiyati xususida tushuncha hosil qilish va maplumotlar beriladi. O`quv mashgpulotiga kirish davomida dastlab talabalarga BBB jadvali taklif etiladi va uning grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng mapruza boshlanadi.

Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Mavzu bo`yicha dastlabki tushunchalarini ifodalovchi maplumotlarni BBB jadvaliga tushiradilar

2 - bosqich

Asosiy 50 daq.



1.Madaniyat kontekstida ilm-fan

2). Ilmiy texnikaviy inqilobning ahamiyati.

3). Tabiatshunoslik fanining qisqacha rivojlanish tarixi va uning ilmiy uslubiyotlari.


Konspekt yozishadi, tinglashadi, Mavzu rejasi bo`yicha doskada sxema va jadvallar tuzishadi. Mavzu bo`yicha savollar beradilar.

3 - bosqich. Yakuniy natijalar 15 daq.

3.1. Mavzu bo`yicha xulosa qilish va umumlashtiruvchi fikr bildiriladi.

3.2. Talabalarga BBB jadvalini bilib oldim grafasini to`ldirish taklif etiladi va o`quv mashg`ulotining maqsadiga erishish darajasi taxlil qilinadi

3.3. Mavzu yuzasidan uyga vazifasi beriladi.


O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan maplumotlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.


Fanning tavsifi va uning tarkibi. Tabiiy ilmiy bilishning shakllari va uslublari

Ilmiy uslubning asosi va ilmiy maplumotlarning poydevori kuzatish va eksperiment hamda har qanday avtoritetga moyillikdan xoli boplishida. Kuzatish va eksperimentni keyinchalik har tomonlama analiz qilish, yapni uni bo`laklarga bo`lib alohida alohida tekshirish va qaytadan yaxlit holda takroran tekshirib koprish, sintez qilish mumkin. Ana shu kuzatish va eksperimentlar asosida tadqiqotchining turli-tuman tabiat hodisalarining o`zaro bogpliqligi, ularning sabab va oqibatlari haqida farazi shakllanadi.

Binobarin, ilmiy uslub tabiatda sodir bopladigan jarayonlarni aniq kuzatish olib borilishi, kuzatishlarni taqqoslanishi va nihoyat kuzatishlarning natijasini maplum sistemaga solib tegishli xulosa chiqarishdan iborat.

Kuzatish. Insonning maplum maqsadni nazarda tutgan holdagi bajaradigan ish faoliyati. Kuzatish ishlari tabiatda kuzatiladigan har qanday voqeylikni sodir boplishi haqidagi tegishli maplumotlarga ega boplish uchun olib boriladi. Tabiatshunoslik fanlarining deyarli barcha yopnalishlarida kuzatish ishlarini olib borish maspuliyatli va shu vaqtning opzida zarur ilmiy tadqiqot ishlarining debochasi hisoblanadi.

Xususan botanikada maplum bir opsimlik turining opsishi va rivojlanishi kuzatilsa, hayvonot olamida tegishli hayvon turining opz arealida tarqalishi, mavsumiy opzgarishi haqida, astronomiyada quyosh sistemasida sodir bopladigan opzgarishlar, gidrologiyada suv va unda sodir bopladigan salbiy yoki ijobiy opzgarishlar, seysmologiyada yer qimirlashlar va hokazolar ustida kuzatish ishlari olib boriladi va xulosa chiqariladi.

Kuzatish jarayonida tadqiqotchi oprganilayotgan obpyektga kuzatish jarayonida sodir bopladigan hodisa va voqealarning unga bogpliq boplmagan holda optishiga kopnikkan holda ish kopradi. Kuzatuvchi tegishli obpyektni kuzata turib, kuzatish obpyektini idora qilish yoki sodir boplayotgan jarayonni tezlatish yoki sekinlashtirish imkoniga ega emas. Tadqiqotchi faqat passiv kuzatuvchi sifatida opz ishini davom ettirishga majbur.

Eksperiment. Ilmiy tadqiqot ishining tekshirish obpyektiga faol tapsir qilish yopli bilan tadqiq qilish uslubi. Bu usul ilmiy tadqiqot maqsadlariga muvofiq keladigan yangi shart-sharoit yaratish yoki sodir boplishi lozim bo`lgan jarayonni tezlatish yoki kerakli tomonga opzgartirish orqali amalga oshiriladi.

Eksperiment insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida tabiat va tabiiy muhitda sodir bopladigan voqeylikni oprganish uchun, sodir bo`lgan va sodir boplayotgan jarayonlarni ilmiy asosda oprganish uchun tadbiq etiladigan tabiatshunoslik fanining ilmiy uslubi. SHuning uchun ham bu uslub bilish manbai va farazlar hamda nazariyalarni haqiqat ekanligini aniqlash kriteriysi hisoblanadi.

Tadqiqotchi eksperiment tajriba jarayonida birinchidan obpyektni oprganish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, eksperimentga topsqinlik qiladigan omillarni bartaraf etish, ikkinchidan turli vositalar yopli bilan sodir boplayotgan yoki bo`lgan hodisani qayta takrorlash yoinki sunpiy yopl bilan yuzaga keltirish, uchinchidan tegishli texnika va moslamalarni tadbiq etish yopli bilan kuzatish va oplchash ishni real ravishda olib borishga imkon beradi. Ilmiy eksperiment hozirgi kunda kishilik jamiyatining amaliy faoliyatida salmoqli oprin tutadi.

Modellashtirish. Tabiat obpyektlarini ularning modellarida oprganish uslubi. Real ravishda mavjud predmet va hodisalarni (organik va noorganik sistemalar, kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlar va hokazo) real aniq oprganish maqsadida ularning opziga opxshash modelini tayyorlash va sodir bopladigan jarayon va hodisalarni modelda takrorlash va taqqoslash yopli bilan oprganishdan iborat.

Modellar turli-tuman bo`lib, ular foydalanish oprni, xususiyati va tegishli yopnalishda qopllanilishiga kopra bir-biridan farq qiladi.

Modellashtirish tushunchasi ilmning muhim yopnalishlaridan biri bo`lib, gnoseologik kategoriyalar qatoriga kiradi. Modellashtirish imkoni yoki oprganiladigan manba natijasini tegishli qurilmada tekshirib koprish, tegishli farazlar va nazariyalar yaratish imkonini beradi. Modellashtirish odatdagi umumiy yoki xususiy uslublar bilan bogpliq holda olib boriladi. U ayniqsa eksperimental ishlar bilan bevosita bogpliq. Hodisa va voqealarni, uning modelida oprganish eksperimentning model eksperimenti deb yuritiladigan oldindan tegishli maqsadni kopzlab olib boriladigan maxsus turi bo`lib, u boshqa eksperiment ishlaridan farqli ravishda originalni oprnini bosadigan model bir vaqtning opzida eksperimental ishning ham vositasi ham obpyekti hisoblanadi.

Modellashtirish uslubi imkoniyatning amaliy hayoti va nazariy tafakkuri jarayoniga tobora chuqurroq kirib bormoqda. U ayniqsa informatikaning rivoji, personal kompyuterlar va informasiya tarmoqlarni, bank bilimlarini rivoji uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi modellashtirish metodini qopllashni taqozo etadi.

Induksiya. Tabiiy fanlarda predmet yoki tabiiy hodisalarni tajriba asosida tekshirib koprish, kuzatish natijasida tegishli xulosaga kelinadi va tajribalar majmui maplum fikr asosida xususiy xulosadan umumiy xulosaga kelinadi. SHuning uchun ham induktiv umumlashtirish yoki umumiy xulosaga kelish umumiy aniqlik yoki qonun sifatida qabul qilinadi.

Cheksizlik haqida qabul qilingan qonun masalasida tajriba hamma vaqt tugallanmagan hisoblanadi. Tajribaning bu xususiyati induksiya mazmuniga taallukli. Induksiya muammo sifatida olinganda uni absolyut aniq deyish qiyin. Chunki tabiat va tabiiy muhitda sodir bopladigan jarayonning opzi ham hamma vaqt absolyut aniqlikka ega emas. Induksiya aniqrogpi taxmin, kelgusida nazariyaga optadigan farazning boshlanish qismi.



Deduksiya. Bilish ilmining umumiydan xususiy, yakka, alohida bo`laklarga ajratilgan aniq natija yoki xulosa chiqarish. Masalan, fotosintez jarayonida murakkab organik modda shakar hosil boplishi haqida tegishli xulosa chiqarilgan deylik. Buning uchun opsimlik bargining quyosh energiyasini qabul qilish, havodan SO2 qabul qilishi, yerdan suvni opsimlik organlari orqali bargga qadar yetib kelishi va nihoyat ximiyaviy jarayonni sodir boplishi uchun xlorofilni ishtiroki ustida olib borilgan tajribalarda, bu hodisalarning har biri haqida alohida maplumot olinadi va tegishli xulosaga kelinadi.

Shu singari «Erda hayotni paydo boplishi», «Biologiyada evolyusion taplimot», «Moddalarning saqlanish qonuni» va hokazolar umumiy qoidalar bo`lib, bularning har biri bagprida bir nechtadan tegishli xususiy qonunlar yotadi.


2). Ilmiy texnikaviy inqilobning ahamiyati.

3). Tabiatshunoslik fanining qisqacha rivojlanish tarixi va uning ilmiy uslubiyotlari.


Madaniyat kontekstida ilm-fan

a) YUnon faylasuflarining ishi Aflotun, Arastu, Iskandar Zulqarnayn.

b) XVII asrda tabiatshunoslikning shakllanishida F.Bekon (1561 – 1626 yy ingliz faylasufi) va Rene Dekart (frantsuz matematigi) fanlarning taraqqiyotida ikki xil uslubni taklif qiladilar. Ularga empirik induktsiya, ratsionallik (deduktsiya) usullari kiradi.

Bu fanni, yapni tabiatshunoslikning rivojlanish tarixiga nazar tashlashdan ilgari hurmatli prezidentimiz tomonidan ilm – fanning jamiyat taraqqiyotdagi roli haqida: «Ilmu tafakkur – kishini ezgulikka boshlaydigan beqiyos kuch. Ilm va tafakkur odamlar qalbiga nur, ongiga ziyo, xonadoniga fayz – baraka keltiradigan buyuk moppjizadir» deb baho bergan edi.

Fanning vazifasi. Voqelik haqidagi obpektiv bilimlarni, nazariy jihatdan sistemaga solishdan iborat. Fanning bevosita maqsadi opzining oprganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish va hodisalarni tapriflash, interpretatsiya qilishdan iborat. (tushuntirish, oldindan aytib berishdir)

Maplumki, fanlar tizimi shartli ravishda tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy fanlarga boplinadi. Ijtimoiy faoliyat ehtiyoji tufayli qadimda paydo bo`lgan bilimlar XVI – XVII asrlardan boshlab fan sifatida shakllangan va tarixiy taraqqiyot davomida yetakchi kuchga – jamiyatning barcha sohalariga sezilarli tapsir koprsatuvchi muhim sotsial qonunga aylandi. XVII asrdan boshlab har 10 – 15 yilda ilmiy faoliyatning hajmi (kashfiyotlar, ilmiy axborot va xulosalar soni) 2 barobar oshdi. Fan taraqqiyotida ekstensiv va revolyutsion davrlar almashinib turdi. Bu xil fan strukturasi bilish printsiplari, kategoriya va metodlari, shuningdek, uni tashkil etishning opzgarishiga sabab bopldi.

Fanda tarmoqlanish va fan tarmoqlarining birlashishidan iborat jarayonlarning uygpunligi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishda harakterlidir. Fan-texnika revolutsiyasi sharoitida yagona «fan-texnika-ishlab chiqarish» tizimi vujudga kelib, unda fan yetakchi rol opynaydi.

Ilmiy faoliyat quyidagi elementlardan iborat: subpekt, obpekt, maqsad, vosita, oxirgi mahsulot, sotsial sharoit va subpektning faoliyati.

Subpekt – maqsadga muvofiq ravishda faoliyat yurgizadigan ilmiy axborot egasi. Ularga olimlar, ilmiy xodimlar, ishlab chiqarish assotsiatsiyalari va ilmiy maktablar vakillari kiradi.

Obpekt esa, umumiy tushuncha bo`lib, tabiat va jamiyatdagi qonun – qoidalar, nazariy bilimlar, masalan, nuqta va chiziqlarning matematik xususiyati. Bularga yana ideal gazlar, absolyut qora jismlar va hokazolar kiradi.

Fan vositalari deyilganda, kuzatish yopllari - eksperimentlar, texnik asbob – uskunalar tushuniladi. Bu esa ayni paytda olimning tafakkuri va uslubiyati, intellektual salohiyati va albatta ajratilgan mablagp hajmi bilan bogpliq.

Fanning mahsuli esa, ilmiy yangilik, obpektlar haqidagi ixtirolar bo`lib, mantiqiy xulosalar va ularni boshqa ilmiy jamoatchilik mustaqil ravishda qopllanishi mumkin bo`lgan jarayonlarni tushunishdan iborat.

Bilimlarning shakllari har xil bo`lib, jumladan, ilmiy faktlar, nazariya, muammo, qonun – konstitutsiyalardir.

Subpektning faoliyati iqtisodiy muammolarga bevosita bogpliq. Masalan, AQSH, Angliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya davlatlarida fanga katta mablagplar ajratiladi. Olimlar uyushma, birlashma yoki yakka holda faoliyat koprsatib, yangi-yangi kashfiyotlarni amalga oshiradilar. Lekin mablagpi katta boplmagan olimlar ham ixtiro va kashfiyotlar qilganligi tarixdan maplum. (Arximed, Galiley, Bruno) Opzimizning vatandoshlarimiz Beruniy, Ibn Sino, Forobiylar yakka holda, Ulugpbek esa opz atrofiga mashhur olimlarni topplab, buyuk kashfiyotlarni amalga oshirganlar.

Haqiqiy fanga va uning metodologiyasiga olimlarning fikricha, Oprta asrlarda va undan keyingi davrlarda F. Bekon, Kepler, Galiley, Nyutonlar tomonidan asos solingan.

Tabiatshunoslik fanining qisqacha rivojlanish tarixi va uning ilmiy uslubiyotlari.
Eramizdan oldingi 585 yilda yunon naturfilosofi (naturfilosofiya-tabiat falsafasi) Fales Quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi bilan mashhur bopldi. Bu vaqtda haqiqatdan ham YUnonistonda Quyosh tutilishi kuzatilgan. Eramizdan oldin VI-asrda yashagan yunon olimi pifagor arifmetikada sonlar qatorining, geometriyada tekis shakllar xususiyatlarini tekshirdi, va opzining nomi

bilan ataluvchi teoremani kashf etdi. Bu vaqtda tabib, fiziolog va faylasuf Empedokl Quyosh tutilishi hodisasini Quyosh bilan Yer orasidan Oyning optishi tufayli sodir boplishini tushuntirib berdi. U yorug`likning juda katta tezlik bilan tarqalishi sababli, biz uning tarqalish vaqtini sezmasligimizni tushunib yetdi. Qadimgi davr olimlari matematikada (Evklid, eramizdan oldingi III-asrda yashagan), astronomiyada (ptolomey, eramizdan oldingi II-asrda yashagan), maplum yutuqlarga erishganlar.

Oprta asrlarda Yevropada fan toplasincha din taplimotiga bopysungan edi. Astrologiya, alximiya, sehrgarlik, jodugarlik va boshqa sirli bilimlar topgprisidagi taplimotlar bu davrga hosdir.

Lekin, bu davrda asta-sekin yangi-yangi ilmiy faktlar topplana-bordi, nazariy fikrlash mantiqi optkirlasha bordi.

Eramizdan oldingi IV-asrdan boshlab alximiklar maxsus duolar opqilayotganida ropy beradigan ximik reaktsiyalar yordamida shunday falsafiy toshni hosil qilmoqchi boplishganki, gopyoki bu tosh yordamida istalgan moddani oltinga aylantirish mumkin bopladi. Uzoq umr koprish eliksirini ham (suyuqlikini) hosil qilishmoqchi boplishgan. Alximiklar faoliyatining qopshimcha mahsuli sifatida bopyoqlar, shisha, dori-darmonlar, qotishmalar va boshqa ximik moddalarni hosil qilish texnologiyalari yaratildi. Alximiklar amaliy ximiyani va qadimgi misrliklarning metallurgiya bopyicha ishlarini davom ettirdilar. Ular, maplum metallar soni, yorug`lik spektridagi ranglar soni, notalar soni sirli 7-raqami bilan mantiqiy bogpliqligini aniqladilar.

Eramizning birinchi yuz yilligida shunday taplimotlar mavjud ediki, bunda oltinni Quyosh bilan, kumushni-Oy bilan, misni-Venera bilan, temirni-Mars bilan, qoprgposhinni-Saturn bilan, qalayni-YUpiter bilan, simobni-Merkuriy bilan bogpliq deb qaralar edi.

X-XV-asrlarda tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishida aniq va fundamental fanlar sohasida ijod etgan musulmon olami vakillarining alohida hissalari bor.

Bu oprinda: Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Al Xorazmiy (780-850y), Abu Kasr Al Farobiy (873-950), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al Beruniy (973- 1050), Abu Bakr Ar - Roziy (865-925), Ahmad Fargponiy (.... - 861), Abu Ali Husayn ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1123), Mirzo Taragpay Ulugpbek (1394-1449) va boshqalarni aytib optish joizdir. Oprta asrlarda SHarqda ilm-fanda erishilgan yutuqlarning ayrimlarini koprib chiqaylik. Katta savdo-sotiq matematika masalalari uchun boy material bersa, uzoq yurtlarga sayohatlar esa astronomik va geografik bilimlarining rivojlanishini ragpbatlantiradi, kasb-hunarning rivojlanishi esa amaliy sanpatning rivojlanishiga olib keladi. SHuning uchun amaliy masalalarni hal qilishga qulay bo`lgan yangi matematika SHarqda paydo bopldi. Xalif al Mamun podsholigi davrida ijod etgan xorazmlik-Abu Abdullo Muhammad Ibn Musa Al Xorazmiy-"arifmetika" va "algebra bopyicha traktat" asarning muallifi edi. Yevropaliklar "arifmetika" asari orqali arab sonlari, butun sonlar va kasrlar bilan optkaziladigan arifmetik amallar bilan tanishdilar. Al

Xorazmiyning arifmetik traktati matematikaning yangi yopnalishi-algebra ("Al Jabr") nomini berdi. Al Xorazmiyning ishlarida birinchi marta chiziqli va kvadrat tenglamalar yechilgan.

Ahmad Fargponiy Abulpabbos ibn Muhammad ibn Kasir (861 yilda vafot etgan)-buyuk astronom, matematik va geograf. Uning astronomiya, geografiya va matematika sohasidagi asarlari bu fanlar taraqqiyotiga qopshilgan salmoqli hissa bo`lgan va keyingi davrlarda optgan olimlar uchun amaliy qopllanma bo`lib xizmat qilgan.

Arab xalifaligi davrida Xorun ar-Rashid (786-809) va uning opgpli al-Mapmun (813-833) davrida ilm-fanga bo`lgan qiziqish kuchaya boshladi. Al Mapmun davrida ikki rasadxona: biri Bagpdodda SHammosiya degan joyda, ikkinchisi Damashqda yaqin Kasiyun nomli togpda qurildi. Al Fargponiy Bogpdod rasadxonasida koppgina kashfiyotlar qilgan. Jumladan, 812 yilgi Quyosh tutilishini oldindan bilgan va bu haqda ilmiy kuzatish olib borgan. Al Fargponiy Yerning dumaloqligini shunday dalillar bilan isbotlaydiki, ular opz ilmiy qiymatini hali ham yo`qotgani emas. U Nil daryosining suvini oplchaydigan yangi oplchov asbobi ("miqyos jadidni") yaratdi. Al Fargponiy asarlari 11-asrdan boshlab Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilina boshladi.

Uning "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"asari astronomiya bopyicha arab tilida yozilgan dastlabki asarlardan biri bo`lib, oprta asrlarda Yevropada keng tarqalgan edi. Olimning bu asarida astronomik asboblar va quyosh soatlari bayon qilinadi. Bu kitobning 1493 yilda Ferrara shahrida (Italiya) nashr qilingan lotincha tarjimasi birinchi bosma kitoblardan hisoblanadi. Al-Fargponiyning koppgina asarlari muallif yashagan davrdan boshlaboq koppchilik SHarq olimlari tarafidan yuqori baholangan va ular opz ilmiy ishlarida bu asarlardan foydalanib kelganlar.

Oprta asr SHarqining buyuk olimlaridan biri (Xorazmning Kot shahridan) Muhammad ibn Ahmad Al Beruniy metallar va boshqa moddalarning solishtirma ogpirliklarini tajribada katta aniqlik bilan oplchagan. Hozirgi zamonaviy usullarda aniqlangan metallarning solishtirma ogpirliklarini taqqoslaganda Beruniy tomonidan aniqlangan qiymatlarining aniqlik darajasi ancha yuqori ekanligi maplum bopldi. Bundan tashqari Beruniy aniq astronomik va geografik oplchashlar ham optkazgan. U ekleptikaning ekvatorga ogpish burchagini va uning asriy opzgarishini aniqlagan. Hozirgi zamonaviy asboblarda oplchangan qiymatlardan Beruniy aniqlagan qiymatlar 40 sekundga farq qiladi, xolos Hindistonga sayohati vaqtida Beruniy Yer radiusini oplchashning usulini ishlab chiqdi. Uning oplchashlari bopyicha Yerning radiusi 1081, 66 farsaxga, yapni 6490 km ga teng. Beruniy Quyosh tutilishi vaqtida Quyosh tojini kuzatdi va uni tushuntirib berdi. U Yerning Quyosh atrofida aylanish topgprisida fikrni aytgan va geliotsentrik nazariyasini olgpa surdi. Globusni ixtiro qildi. Beruniy entsiklopedist olim bo`lgan, u 150 ortiq asarlar yozib qoldirgan. Ulardan bizgacha 30 dan ortigpi bizgacha yetib kelgan, xolos.

Beruniy davrining kopzga kopringan fizik olimlaridan misrlik Abu Ali Al Hasan Ibn Al Xaysan (965-1039), dunyoda Alxazen nomi bilan mashhurdir. Uning tadqiqotlari asosan optikaga bagpishlangan. U qurish nazariyasini ishlab chiqqan, kopz tuzilishining taprifini bergan. Ilmiy tadqiqotlar uchun turli xil optik asboblar yaratgan. Alxazen yorug`likning sinishi bopyicha izlanishlar olib borgan. U sinish burchagini oplchashning uslubini ishlab chiqqan va birinchi bo`lib sinish burchagining tushish burchagiga proportsional emasligini koprsatgan. Alxazenga yassi-kavarik linzaning kattalashtirishi, qurish burchagi tushunchalari maplum bo`lgan. Alxazen atmosferani bir jinsli deb hisoblab uning balandligini aniqlagan. Alxazenning "optika kitobi" asari XII-asrda lotin tiliga tarjima qilingan.

SHarqning buyuk allomasi-astronom-olim, davlat arbobi Mirzo Ulugpbek buyuk Amir Temurning nevarasi bo`lgan. U Samarqandda opz davrida jahonda yagona hisoblangan observatoriyani qurgan. Mirzo Ulugpbekning butun jahonda unga shuhrat keltirgan asosiy asari "Ziji Ulugpbek", "Ziji Kuragoniy" va "Ziji jadida Kuragoniy" nomlari bilan maplum. Samarqand ilmiy maktabining shoh asari bo`lgan "Zij" oprta asr astronomiyasi va matematikasini opz ichiga olgan. XVI-asrdan boshlab hozirgi kungacha Yevropada lotin va boshqa tillarga tarjima qilingan. Bu asar ilmi nujum va matematikaga bagpishlangan boplsa ham, unda fizikaga, xususan optikaga bagpishlangan maplumotlar ham uchraydi. "Ziji"da keltirilgan jadvallarning aniqligi va qopllanilgan matematik usullariga kopra u oprta asrlarda yozilgan astronomik asarlarning eng mukammali bo`lgan.

Abu Ali Ibn Sino opz zamonasining nafaqat buyuk tabibi va faylasufi bo`lgan, balki atoqli tabiatshunos olim sanalgan. U matematika, kimyo, botanika, zoologiya va boshqa qator fanlar bilan ham shugpullangan. U fizikaviy hodisalar, xususan mexanika, issiqlik, tovush va yorug`lik hodisalarini ham oprgangan. Ibn Sino ijodida mexanik mashinalarni yasash gpoyasi ham opz ifodasini topgan. Masalan, mexanika qonunlarini oprganishda Ibn Sinoning "Donishnoma" kitobini keltirish mumkin. Ibn Sino bu asarida: "Agar kuch yo`qolsa shu sabab vujudga keltirgan oqibat ham tura olmaydi, bir xil sharoitda nima kichik boplsa, tezroq harakat qilishi nima katta boplsa, sekinroq harakat qilishi kerak",-deb tapkidlab, massa inertsiya oplchovi degan fikrni bildiradi. Keyinchalik ingliz olimi I.Nyuton massaga shunday taprif bergan. SHu bilan birgalikda Ibn Sino Nyutonning inertsiya qonuni, hamda ikkinchi qonuniga mos keladigan mulohazalarni ham bergan.

SHunday qilib, SHarqning buyuk allomalari, tabiatshunos olimlari opzlarining ilmiy ishlari bilan Yevropa, qolaversa jahon tsivilizatsiyasining rivojlanishiga munosib hissa qopshganlar.

a) YUnon faylasuflarining ishi. Aflotun, Arastu, Iskandar Zulqarnayn. Yevklid geometriyasining vujudga kelishi.

b) XVII asrda tabiatshunoslikning shakllanishida F.Bekon (1561-1626) ingliz faylasufi va R. Dekartlarning xizmati.

Evropada fanning shakllanishida yunon olimlarining hissasi nihoyatda beqiyosdir. SHuning uchun ham Yevropada fanning vatani YUnoniston (Gretsiya) hisoblanadi. Antik dunyo olimlari fikrlash, isbotlash, asoslash va mantikiy xulosalar chiqarishda yuqori darajada bo`lgan.

YUnon faylasuflaridan Aristotel (Arastu)ning opzi platondan (Aflotun) tarbiyaga olgan va Iskandar Zulqarnaynga ustozlik qilgan. Arastu tomonidan isbotlash nazariyasining mantiqiy uslubiyati yaratilgan. Bu uslubiyatga asosan xaotik dunyoda opziga xos izchillik bilan muayyan tartib – qoida yaratish mumkinligini isbotlab, fanning rivojiga katta hissa qopshgan. Fanda shunday xodisa XVIII asrda ropy berib, u “eksperimental matematika” fani uslubiyatlarining dunyoga kelishi tabiatshunoslikning shakllanishida katta voqea bopldi.

Qadimda Yevklid geometriyasi fanning rivojlanish asoslaridan biri bopldi. U elementar geometriya, sonlar, nisbatlarning umumiy nazariyalari, yuza hamda hajmlarni aniqlash usullarini ishlab chiqqan edi.

Fanning asosiy poydevori – ilmiy asosda tasdiqlangan yangi axborotlar hisoblanadi. Bular fanning empirik va tajriba bazasidir. Yigpilgan ilmiy faktik omillar asosida fanda qonun va qoidalar ishlab chiqiladi.

XVIII asrda tabiatshunoslikning shakllanishida F.Bekon, (1561 -1626) ingliz faylasufi) va Rene Dekart (frantsuz faylasufi, matematigi, fizigi) fanning taraqqiyotida ikki xil uslubni taklif qildilar. Mazkur uslublar hozirgacha amalda saqlanib kelmoqda. Ularga empirik (induktsiya) va ratsionallik (deduktsiya) uslublari kiradi.

Ingliz olimi CH.Darvin ana shu usullardan foydalanib opzining mashhur nazariyasi boplmish “evolyutsion taplimot”ni yaratadi.

Hozirgi kunda tabiatshunoslikning asosiy tushunchalari matematik uslubiyat orqali tahlil qilinadi.

Vaqt optishi bilan fanning vazifasi ham globallashib bormoqda. Avvallari dunyoni bilish, tabiatni tadqiq qilishda fan faqat kuzatish, tizimga solish hamda ayrim qonuniyatlarni oprganish va kashf qilishdan iborat bo`lgan. Bugungi kunda fan jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga, faoliyatiga aylandi. SHu jumladan kosmik texnikalar, super va shaxsiy kompyuterlar yoki yuqori sifatli audio, videoapparaturalar, nozik optik va boplak zamonaviy asbob- uskunalar ilm – fan taraqqayoti bilan chambarchas bogpliq. Hozirgi davrda fan-texnika ishlab chiqarish birlashmalari dunyoda keng tarqalmoqda. Oxirgi 300 yil ichida tabatshunoslik tizimidagi fizika va biologiya fanlari har yili 5-7% ga opsib bormoqda. Olimlar XX asrni «fan asri» deb atadilar.

Tabiatshunoslikning taraqqiyotida opz navbatida jamiyat apzolarining ahloqi muhim rol opynaydi. Jamiyat apzolarining ahloqi opzgarib turishi mumkin, lekin haqiqat esa opta turgpundir. Masalan, inson apzolarini transplantatsiya qilish, klonlash, ayollarda abort qilish axloq nuqtai nazaridan juda bahsli va munozaralidir.

Evgenika sohasi ham fanda bahsli bo`lib kelmoqda. Insonni irsiy kasalliklardan tozalash, baquvvat, gopzal odamlarni yaratish yevgenika fanining vazifasi. Lekin bu fan rasizmga xizmat qilgani ham tarixdan maplum (fashistlar davrida). Tabiatshunoslik va axlok oprtasidagi munosabatlar juda murakkab, hamda ayrim nuqtalarda bahsli hisoblanadi. Bunday munosabatning oydinlashuvi davlat tuzumiga, siyosat va iqtisodiy omillar bilan bogpliq.
. Ilmiy texnikaviy inqilobning ahamiyati.

a) jamiyatning hayotiga ilmiy inqilobning tapsiri.

Tarix shundan guvohlik berdiki, fan tarixida bir necha marta ilmiy inqiloblar sodir bo`lgan. Odatda inqilob atamasi topntarish mapnosini anglatadi. Mazkur atamani fanda qopllanganda uning qonuniyatlari, nazariyalari, uslubiyati va, umuman, ilmiy nazariy uslubiyati, ilmiy manzarasi avvalgi ilmiy qarashlarga nisbatan tubdan opzgarishini tushunamiz. Fanda aniqlangan qatpiy qonuniyatlarni opzgartirib boplmasa ham, lekin vaqt optishi bilan ularning mapnosi kengayishi, tushuntirish, izohlash usullari biroz opzgarishi tabiiy. Masalan, quyoshning harakatini bir necha usullar bilan izohlash mumkin. Biridan ikkinchi-yangicha izohlash usullariga optish ilmiy inqilob hisoblanadi.

Dunyoni ilmiy izohlash borasida tarixda uchta katta ilmiy inqilobni koprsatish mumkin. Ularga Aristotel, Npyuton va Eynshteyn nomlari bilan bogplik ilmiy inqiloblar kiradi.

Miloddan avvalgi VI – IV asrlarda dunyoni anglashda birinchi inqilob sodir bo`lib, taxminlarga qaraganda, xuddi shu davrda fan shakllangan. Jumladan, Fales, Anaksimandr va Anaksimenlarning dunyoqarashlari dastlabki antik ilmiy farazlar edi. Fanning tarixiy mohiyati shunday bopladiki, dunyoni bilish, anglash uslublaridan yangi fanlar farqlana boshlandi. SHu davrdan boshlab fanda muayyan qonun va qoidalar shakllandi.

Ilmlarning fan sifatida shakllanganligini YUnon faylasufi Arastu asarlarida koprish mumkin. U opz ilmiy izlanishlarida bilimlarni tartibga solish, ularni isbotlovchi uslubiyoti boplmish mantiq qoidalarini yaratib, fanda ibtidoiy ilmiy izlanish yopllarini koprsata oldi. Arastuning mantiqiy qoidalari ming yillar davomida fanning rivojlanishiga katta hissa qopshib keldi va kelmokda.

Antiq davrda dunyoni bilishda ptolemeyning geotsentrik nazariyasi fanning rivojida opziga xos ijodiy rol opynadi. Mazkur nazariya osmon jismlarini ilmiy tushuntirishda juda qaltis va qatpiy qadam hisoblanadi. Opsha davrda Yerning shar shaklida ekanligi ham fanga nomaplum edi. Geotsentrizm nazariyasiga asosan dunyoning markazi Yer bo`lib, uning atrofida Oy, Quyosh va yulduzlar davriy ravishda aylanadi, deyilgan. Mazkur nazariyaga asosan jamiyat uchun zarur bo`lgan ayrim oplchamlar, jumladan, oy, yil, fasllar va taqvimlar ilmiy asosda yaratilgan.

Geotsentrizm nazariyasi aslida notopgpri boplsa ham lekin, opz davrida fanda birinchi inqilob hisoblangan.

Ikkinchi global ilmiy inqilob XVI - XVIII asrlarga topgpri keladi. Fanda bu opzgarish dunyoni bilish va anglashda geotsentrik nazariyadan geliotsentrik nazariyaga optish bilan xarakterlanadi. Bu davrda borliqni, dunyoni ilmiy izohlash, tushuntirish antik dunyoga nisbatan qarashlar tubdan opzgarib, tabiatshunoslik fani shakllandi. Mazkur sohaning tamal toshini qopyishda Kopernik, Galiley, Kepler, Nyuton kabi buyuk olimlar katta rol opynadilar. XVIII asrda tabiiy fanlar majmuasi boplmish tabiatshunoslik matematik uslubiyatlar orqali izohlanadi.

Fandagi uchinchi ilmiy inqilob XIX – XX asrlarda sodir bopldi. Bu davrda fanda, ayniqsa, fizika va biologiya sohalari jahonshumul ixtirolar bilan xarakterlanadi (atomning murakkab strukturasi, radiativlik hodisasi, elektromagnit nurlanishning diskret harakteri, opsimlik va hayvonot dunyosini muayyan tizimga soluvchi K. Linneyning binar sistemasi, irsiyatning moddiy asosi bo`lgan DNK strukturasi va funktsiyasi, genetik kod, hujayra energiyasi va boshqalar).

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Bahromov A. va boshqalar. Tabiiyot. 5 sinf uchun darslik. Toshkent, 1995 y.

  2. Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.

  3. Mamatazimov M. Astronomiya. 11 sinf darslik. Toshkent, 2005 y.

  4. Solopov Ye.F. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.

  5. Topraqulov Yo.H. va boshqalar. Umumiy biologiya. Toshkent, 1996 y.

  6. Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Mapruza matni. Samarqand, 2000y

  7. Hamdamov I.H. va boshqalar. Tabiiy fanlar zamonaviy konsepsiyasi. Toshkent, 20



3-mavzu. Tabiyatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi

Mapruza mashg`ulotning texnologik modeli



O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Mapruza rejasi



1Fizika fanining shakllanishida naturfalsafaning roli. 2Atrof-muhit va tabiatni bilishda fizika fanining roli. 3 I. Nptonning mexanik qonunlari. 4 Zamon, fazo, nisbiylik tushunchalarinig fizikaviy va falsafiy talqini.5 Fizik xodisalar va ularning tavsifi. 6 Boshqa tabiiy fanlar (Kimyo, geologiya, biologiya va x.k.) ning rivojlanishida fizikaning roli.

O`quv mashg`ulotining maqsadi:Talabalarga Tabiyatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi xususida tushuncha hosil qilish.

pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Talabalar tabiatshunoslikni fizika fani bilan bogploqligi xaqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy maplumotlarni konspektlashtiradilar.



Taplim usullari

BBB – texnologiyasi, Mapruza

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Taplim vositalari

Slaydlar, jadval va mavzuga oid rasmlar

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol - javob

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi



Ishlash bosqichlari, vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchining

Talabaning

1 - bosqich

1.1. O`quv xujjatlarini to`ldirish va talabalar davomatini tekshirish (5 daq).

1.2. O`quv mashgpulotiga kirish (10 daq.)


Tabiyatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi xususida tushuncha hosil qilish va maplumotlar beriladi. O`quv mashgpulotiga kirish davomida dastlab talabalarga BBB jadvali taklif etiladi va uning grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng mapruza boshlanadi.

Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Mavzu bo`yicha dastlabki tushunchalarini ifodalovchi maplumotlarni BBB jadvaliga tushiradilar

2 - bosqich

Asosiy 50 daq.



1.Fanlarning bilish evolutsiyasi.

2.Klassik fizika.



  1. Hozirgi zamon fizikasi.

  2. Kvant-mexanikasi.




Konspekt yozishadi, tinglashadi, Mavzu rejasi bo`yicha doskada sxema va jadvallar tuzishadi. Mavzu bo`yicha savollar beradilar.

3 - bosqich. Yakuniy natijalar 15 daq.

3.1. Mavzu bo`yicha xulosa qilish va umumlashtiruvchi fikr bildiriladi.

3.2. Talabalarga BBB jadvalini bilib oldim grafasini to`ldirish taklif etiladi va o`quv mashg`ulotining maqsadiga erishish darajasi taxlil qilinadi

3.3. Mavzu yuzasidan uyga vazifasi beriladi.


O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan maplumotlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.


. Fizika fanining shakllanishida naturfalsafaning roli

“Dunyo” arabcha so`z bo`lib, barcha materiya shakllarining bir butun majmui, Yer kurrasi va undagi barcha mavjudotni anglatadi. 2) Moddiy boyliklar majmui: 3) Maplum bir ijtimoiy tuzumga, o`ziga xos madaniy va sotsial tarixiy xususiyatlariga ega bo`lgan kishilik jamiyati, masalan, antik dunyo: 4) Hayotning biror sohasi, tabiiy hodisalarining muayyan doirasi, masalan: o`simliklar va hayvonot dunyosi, diniy tasavvurlarda yerdagi va ilohiy hayot.

Dunyoni bilishda tabiiy fanlarning roli beqiyosdir, uning mohiyatini anglash muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki qadimda tabiiy fanlar birdaniga paydo bo`lmasdan, asta–sekin naturfalsafa negizida shakllanib, so`ng alohida yo`nalish sifatida ajralgan. Naturfalsafa tabiat falsafasi bo`lib, atrof – muhitni bir butun deb qarab, mushohada etish Sokratgacha (Sokrat mil . avval taxminan 470 – 399 y YUnon faylasufi. Uning taplimotiga ko`ra falsafaning maqsadi – inson o`z – o`zini bilishi bo`lib, bu esa chin ezgulikka erishish yo`lidir, deb taplim bergan) bo`lgan ilk ilmiy dunyoqarash bo`lgan. Uyg`onish davrida atrof–muhitga, tabiatga qiziqish naturfalsafaning rivojlanishiga sabab bo`ladi. Keyinchalik, eksperimental tabiatshunoslikning rivojlanishi, ilmiy maplumotlarga asoslangan tabiat haqidagi nazariyalar naturfalsafani siqib chiqarishga sababchi bo`ldi.

Naturfalsafaning asosiy yutuqlaridan biri fizika fanining shakllanishiga olib keldi. Fizika tabiat haqidagi fan, moddiy dunyoning eng sodda va shu bilan birga umumiy xossalarini o`rganadi. Bunday umumiylik tufayli fizika va uning qonunlari butun tabiatshunoslikning asosini tashkil etadi. Mazkur soha mexanika termodinamika, elektrodinamika, optika, atom yadro fizikasi kabi bo`limlarga bo`linadi. Nazariy fizikaning asosiy bo`limlariga klassik mexanika, elektrodinamika, termodinamika, statistik fizika, nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, maydon kvant nazariyasi kabilar kiradi.

Klassik fizikaning paydo bo`lishida Galileo Galiley alohida o`rin egallaydi. Galileo Galiley (1564 - 1642) Italiya olimi, mexanika fanining asoschisi, harakatning nisbiylik g`oyasini ilgari surgan, inertsiya, jismning erkin tushish qonunlarini ishlab chiqqan. U 32 marta kattalashtirib ko`rsatadigan teleskop yasab, oydagi dog`lar, YUpiterning 4 ta yo`ldoshi, Venera fazolari, Quyoshdagi dog`larni kashf qilgan. Geliotsentrik sistemani faol yoqlab chiqqanligi uchun inkvizitsiya sudiga tortilgan, uning ilmiy kashfiyotlari zamonaviy tabiatshunoslikning shakllanishida katta ahamiyatga egadir.

Ingliz olimi Isaak Nyuton mexanikaning ilmiy nazariyasini ishlab chiqqan. G`arb olimlarining taprificha, u dunyo olimlarining qiroli hisoblanib, uning ilmiy salohiyatiga faqat Arximed va Eynshteynlar teng kelishi mumkin. U Leybnitsdan mustaqil holda differentsial tenglamalarni va difraktsiyani tadqiq qilgan. «YOrug`likning korpuskulyar tuzilishi to`g`risidagi nazariyani rivojlantirib, u ayni vaqtda yorug`likni to`lqin xususiyatiga ham ega» degan gipotezani ilgari surgan. U butun olam tortishish qonunini kashf qilgan. Osmon mexanikasining asosi – samoviy jismlarning harakat nazariyaga asos solgan. Nyuton mexanikasiga asosan gidrodinamika, elastiklik, issiqlik mexanikasi va molekular genetik nazariyalari shakllanib, ular alohida fan sifatida ajraldilar.



Atrof-muhit va tabiatni bilishda fizika fanining roli. I. Nptonning mexanik qonunlar

Nyutonning “Butun olam tortishish qonuni” quyidagicha hamma jismlar bir–birini moduli o`zlarining massalari ko`paytmasiga to`g`ri proportsional bo`lgan kuch bilan tortadi, m1 m2 massali r masofada bo`lgan moddiy nuqtalarning o`zaro tortish kuchi quyidagicha formula bilan ifodalanib



bu yerda G - gravitatsion doimiy.

Tabiatdagi optik va elektromagnit hodisalarini mexanika qonunlari yordamida tushuntirib bo`lmas edi. Optik hodisalarni Nyuton jumladan, yorug`likni moddiy zarrachalardan tuzilgan, yapni, «korpuskulyar», deb talqin qilgan. YOrug`likning zarracha, yapni fotonlardan iboratligini «fotoeffekt» hodisasi tasdiqlaydi. Lekin yorug`likning interferentsiya va difraktsiya hodisalarini Nyutonning «korpuskulya» nazariyasi bilan tushuntirib bo`lmas edi.

Nyutonning birinchi qonunining taprifi quyidagicha: Har qanday jismga boshqa jismlar yoki kuchlar tapsir qilmasa, u opzining nisbatan tinch yoki topgpri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Bu taprifdan
tezlanish nolga teng degan mapno kelib chiqadi, shuning uchun jismga boshqa jismlar tapsir qilib, opzgartirmasa, uning tezligi opzgarmaydi, xususiy holda nolga teng bopladi.

Tapsir boplmaganda, jismlarning opz holatini saqlash xususiyatiga jismlar inertsiyasi, qonunning opzi esa inertsiya qonuni deyiladi. Agar sanoq sistemada Nyutonning birinchi qonuni bajarilsa, bunday sanoq sistemasi inertsial sanoq sistemasi deyiladi. Yerning opz opqi atrofida, hamda Quyosh atrofida aylanganligi sababli Yer bilan bogpliq sanoq sistemasi inertsial boplmaydi. Koppgina masalalar uchun markazi Quyosh massa markazi bilan mos tushadigan geliotsentrik sanoq sistemasini inertsial sanoq sistemasi deb hisoblash mumkin. Inertsial sanoq sistemasiga nisbatan topgpri chiziqli va tekis harakat qilayotgan istalgan sanoq sistemasi inertsial bopladi. Demak, kopp sonli inertsial sanoq sistemalari mavjuddir.



Nyutonning ikkinchi qonuni. Klassik mexanikada m-const deb hisoblanganda, Nyutonning ikkinchi qonuni quyidagicha tapriflanadi: moddiy nuqta impulsining opzgarish tezligi unga tapsir qiluvchi kuchga teng:

; (1)

bu yerda, ; (2)

jism impulsi deyiladi,(2)-hisobga olib (1)ni quyidagicha yozamiz.
; (3)
Nyutonning ikkinchi qonunining xususiy holini, = O, yapni boshqa jismlar tomonidan o`zaro tapsiri boplmagan holni kopraylik. Bunda  =O nuqtaning tezlanishi nolga teng bopladi, Demak Nyutonning birinchi qonunini hosil qilamiz. Nyutonning birinchi qonuni ikkinchi qonunidan xususiy hol sifatida kelib chiqadi. (1) va (3) tenglamalar moddiy nuqta harakat tenglamalari deyiladi. Massa opzgaruvchan bo`lganda (mconst) bu qonun topgpri emas.

Nyutonning uchinchi qonuni. Bir jismning ikkinchisiga tapsiri aks tapsirni vujudga keltiradi, yapni kuchlar juft holda paydo bopladi. Nyutonning uchinchi qonuniga asosan, ikki jismning bir-biriga tapsir kuchlari qiymat jihatdan bir-biriga teng, yopnalishlari esa qarama-qarshi bo`lib, har-xil jismlarga kopyilgandir.
; (4)
Bu yerda - ikkinchi jismning birinchi jismga tapsir kuchi;

- birinchi jismning ikkinchi jismga tapsir kuchi;

Nyutonning uchinchi qonuni moddiy nuqta hisoblangan jismlarning bir-biri bilan kontakt o`zaro tapsirida bo`lganida, hamda bir-biridan uzoqlikda harakatsiz joylashganida ham bajariladi. Lekin bu qonun elektromagnit o`zaro tapsir uchun topgpri emas.

SHuni tapkidlash kerakki va kuchlar har xil jismlarga quyilganliklari uchun bir-birini muvozanatlamaydilar.

Nyuton maxsus koprsatib optdiki harakatning bu uchchala qonuni inertsial sanoq sistemalarida bajariladi.

Butun Olam tortishish qonuni-Nyuton tomonidan 1678 yilda kashf etilgan bo`lib, adolat yuzasidan bu qonunni Nyutonning toprtinchi qonuni deb atalsa ham boplar edi. Bu qonun taprifi quyidagicha: ikki moddiy nuqta orasidagi o`zaro tortishish kuchlari bu nuqtalar massalariga topgpri proportsional, ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsionaldir.

; (5)

bu yerda, ; gravitatsiya doimiysi deyiladi.

Qonun bunday koprinishda nafaqat moddiy nuqtalar uchun, balki bir jinsli sharlar va jismlar uchun ham topgpridir. Bu holda r - sharlar markazlari orasidagi masofa. O`zaro tortishish kuchlari moddiy nuqtalarni birlashtiruvchi chiziq bopylab yopnalgan.Bu qonun eng universal bo`lgan gravitatsiya o`zaro tapsirni miqdor jihatdan tavsiflaydi.

Hozirgi zamon relyavistik tortishish nazariyasi A.Eyshteyn tomonidan ishlab chiqildi.

YOrug`likning to`lqinlarini ham interferentsiyasi va difraktsiyalanishini aniqlashda ingliz olimi va tabiatshunosi Faradey ishlari diqqatga sazovordir. Maykl Faradey–ingliz olimi, elektromagnit maydoni haqidagi taplimotning asoschisidir. Elektromagnit induktsiya hodisasini elektroliz qonunlarini para va diomagnetizmni, magnit maydonida yorug`likning qutblanish tekisligining burilishini ochgan. Elektr va magnit maydoni mavjudligi haqidagi original g`oyani yaratgan. Elektromagnit maydon tushunchasini Faradey fanga kiritgan bo`lsa, Maskvell differentsial tenglamalar orqali nazariy jixatdan uni asoslab bergan. U yorug`likning elektromagnit tabiati haqidagi g`oyani ilgari surgan. Faradey va Maksvellarning g`oyalarini nemis olimi G. Gerts elektromagnit va yorug`ik to`lqinlarining asosiy xossalari bir xil ekanligini tajribalarda tasdiqlagan. Gerts tajribalaridan so`ng maydon tushunchasi XIX asrning oxirida va XX asr boshlarida A.Eynshteyn, fizika fani nuqtai nazaridan materiya ikki holatda modda va makon ko`rinishida bo`ladi, degan g`oyani ilgari surdi. Eynshteyn falsafasiga binoan modda va maydon orasida uzviy bog`liqlik mavjud.

Modda diskret holatdagi zarralardan tuzilib, maydon esa, to`lqin tabiatlidir. Lekin, modda va maydon bir – birlari bilan uzviy bog`liqdirlar. Demak, yorug`lik, zarra ham to`lkin tabiatiga ega. Demak bular, fizikaviy dunyoning bir butun ekanligini isbotlovchi omillardir.

2.Klassik fizika

XX asrga kelib tabiatdagi hodisa va voqealarni tahlil qilish kvant mexanikasi asosida tushuntira boshlandi. Bu davrga kelib ilmiy kashfiyotlar asosida yadroning bo`linmasligi haqidagi tushuncha noto`g`ri ekanligi to`la isbotlandi.

Inliz olimi Tomson 1895 yilda elektronni kashf qildi va uning manfiy zaryadga ega ekanligini ko`rsatdi. Ingliz olimi Rezerford atomda yadro borligi, u musbat zaryadli ekanligini aniqladi. Bu davrga kelib fizikada kvant mexanikasi shakllandi. U mikrozarralarning muayyan tashqi maydonlardagi harakatini tavsiflash usuli va harakat qonunlarini ifodalovchi bo`lim bo`lib, fizikaning bu sohasi birinchi marta atomlarning strukturasini va ularning spektorlarini aniqlaydi.

«Kvant mexanikasi» qattiq jismlarning ko`pgina xossalarini tushunishga, o`ta o`tkazuvchanlik, ferromagnitizm (moddaning magnit holati), o`ta oquvchanlik va bo`lak hodisalarni izohlashga imkon berdi. O`sha davrning muhim yutuqlaridan biri radioaktivlikning kashf etilishidir. Radioaktivlik deganda – beqaror atom yadrolarining zarralari yoki u – kvant chiqarish yo`li bilan o`z – o`zidan bo`lak element yadrolarga aylanishi tushuniladi.

Har – xil elementlarning radioaktivlik xususiyatlarini pper va Mariya Kyurilar o`rganishib, ular yangi kimyoviy elementlar: poloniy, radiylarni kashf qildilar. Ular radioaktiv elementlarning nurlanishi natijasida boshqa element atomiga o`tishini ko`rsatib berdilar va atomning strukturasi aniqlandi.

Klassik fizika qonunlari birinchi marta issiqlik nurlanish qonunlarini tushuntira olmay qoldi. Bunday holat fizikada birinchi bo`lishi edi. YApni chiqarilgan «ultra binafsha» nurlar halokat holiga olib kelar edi. Bundan barcha fiziklar sarosimaga tushib qoldilar. Ayniqsa faylasuflar «fizikaning umri tugadi» «fizika krizisga uchradi» degan vahimali gaplarni tarqatdi. SHunda fizika uchun qiyin bir paytda uni xalohatdan M. plankning dadil g`oyasi qutqarib qoldi. Bu «kvant fizika»sining tug`ilishi edi.

Mikrozarrachalarning tadqiq qilinishi natijasida bir xil obpektlar ham to`lqinli va bir vaqtning o`zida korpuskulyar xususiyatga ega ekanligi aniqlandi.

Nemis olimi M. plank shunday xulosaga keldi: “Elektromagnit energiyaning nurlanish darajasi diskret xarakterda bo`ladi, yapni elekromagnit energiya ayrim portsiyalar bilan chiqadi. Har bir bunday portsiyaning energiyasi nurlanayotgan to`lqinning chastotasiga bog`liq”. Bu g`oya dastlab postulat shaklida kiritildi.



Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin