O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Hozirgi zamon tabiiy fanlari mikrob makro va megadunyolar babidayu



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə12/24
tarix21.10.2017
ölçüsü1,92 Mb.
#8185
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24

Hozirgi zamon tabiiy fanlari mikrob makro va megadunyolar babidayu

Insoniyatga maplum bo`lgan obpektlar va ularning hodisalari sifat jihatdan uchta boplimlarga boplinadi : mikrodunyo, makrodunyo va megadunyo.

Akademik K.X.Raxmatulin taxmin qilgan ikki holat-gipodunyo (mikrodunyo ichidagi mikrodunyo) va giperdunyo (utamegadunyo), tajribada tasdiqlangan emas.

Mikrodunyo-atomlar va kopp sonli elementar zarralar (ularga elektron, proton, neytron va boshqa zarrachalar kiradi, bugungi kunda ularning soni 400 ga yakin dunyosi. Fiziklar tomonidan real oprganiladigan dunyoda 10-18 m oplchamlar qayd etilgan; atomning oplchami ~10-10 m yadroniki ~ 10-15 m.

Mikrodunyoning tarkibi, fazo va vaqt bopyicha, hamda energetik xarakteristikasi fizikaning kvant mexanikasiga asoslangan boplimlarida, shu jumladan mikrodunyoning ham kvantlanganligini, ham nisbiyligini hisobga oluvchi relyativistik boplimida beriladi.

Erda makrodunyo katta boplmagan tezliklar va o`zaro tapsir energiyalari bilan xarakterlanadi.

Makrodunyo-bu klassik mexanikaning obpektlari bo`lib, unda yorug`lik tezligi 3  108 m/s -cheksiz katta qiymat hisoblanib, sistemalarning o`zaro tapsiri oniy (birdaniga, vaqtsiz) deb olinadi.

Megadunyo-er masshtablariga nisbatan gigant hisoblangan yulduzlar topplamidir. Bu Galaktika dunyosidir. Fan tomonidan aniqlangan eng katta obpekt bu Galaktikalar majmuasidan iborat Metagalaktikadir.

Uning o`lchamlari  10 26 m tartiblidir. Bunday masofani yorug`lik 20 milliard yil davomida bosib optadi. Megadunyo-bu relyativistik mexanika obpektidir.

Megadunyoni tasvirlaganda relyativistik effektlarni, yapni obpektlar oplchamining, jarayonlar davom etish vaqtining tezlikka bogpliqligini, fazo va vaqt egriligini hisobga olish kerak

Quyosh sistemasi va undagi samoviy jismlaryu planetalarb asteroidb kometa va meteoritlar babidayu Yulduzlar va ularning tarkibiyu Galaktikalarb ularning xar xil shakllariyu Koinotning hosil boplish nazariyalariyu katta portlashs modeli quyosh yorug`lik va energiya manbai Somon yopli galaktikasida quyoshning opziga xosligi va xarakati Yerning xarakati va uning obibatlariyu Yer geosferalariyu

Koinot-bu vaqt va fazoda chegarasiz butun olamdir. Koinotning astronomik qurilmalar yordamida tadqiqot qilinishi mumkin bo`lgan qismi Metagalaktika deyiladi. Metagalaktikada 100-million galaktika joylashgan. XX asrning 30-yillarida Galaktikamizning o`lchamlari va tuzulishining asosiy qismlari aniqlandi. Quyosh ham bizning Galaktikamizga kiradi. Galaktikaning kopndalang kesimi 3 104 parsekka tengdir. (1 parsek pk, 3,36 yorug`lik yiliga yoki 3,08  1016 m-ga teng)

Galaktika tarkibiga 100 milliarddan ortiq yulduzlar kirib, ular qalinligi bir-necha yuz parsek bo`lgan disk qatlamida joylashgandir. Quyosh Galaktika markazdan 10000 parsek uzoqlikda uning diskida joylashgan. Galaktikaning oprtacha yoshi taxminan 10 milliard yilga tengdir.

Koinot doimiy kengayishdadir. 1929 yilda amerikalik astronom E. Xabbl, galaktikalarning kengayish tezligi bizning galakti-kamizgacha bo`lgan masofaga topgpri proportsional ekanligini koprsatdi. Galaktikalarning bir-biridan qochishi (yapni, ularning kengayishi) fizikadagi Dopler effekti natijasida ropy beradigan "qizil siljish" hodisasida (Dopler effekti-manbalarining bir-biridan uzoqlashuvida chiqayotgan nurlarning toplqin uzunligining oshib borishi) tasdiqlangan.

Bunda diqqatga sazovor narsa shuki, galaktikalarning qochishi nafaqat Yerga nisbatan bopladi, balkim Koinotning istalgan nuqtasidan qaraganda uzoqdagi Galaktikalar shu nuqtaga nisbatan uzoqlashayotgan bopladi. Kengayayotgan koinotni vaqt bopyicha teskari tomonga ekstropolyatsiya qilsak, hamma narsa 15 milliard yil oldin "katta portlashdan" boshlangan degan xulosa kelib chiqadi. Bu esa Koinotning, aniqrogi Metagalaktikaning yoshi hisoblanadi.

Kuzatiladigan manzaraning tahlili shunday xulosaga olib keladiki, boshlangpich materiya 1012 - 1015 kg/sm3 li yadroviy zichlikka, hamda juda yuqori haroratga ega bo`lgan.

portlashdan keyin dunyo rivojlanishining boshlangich bir-necha daqiqalarida oddiy atom yadrolari-vodorod, deyteriy, geliylar hosil bo`lgan. Bir-necha million yil uzluksiz kengayish tufayli modda 4000 K-haroratgacha sovigan. Bunda elektronlarning atom yadrolari bilan birlashishi natijasida birinchi neytral atomlar hosil bo`lgan.

Gazning sovishi va inertsiyasi tufayli harakati davom etgan. Gazning bir elementlarining boshqalari bilan to`qnashishlari natijasida, to`plangan galaktikalar topplamlari massalariga teng bo`lgan bo`laklar hosil bo`lgan. Bu bo`laklardan alohida galaktikalar vujudga kelgan.

Galaktikalarning asosiy qismini yulduzlar tashkil etadi. YUlduzlarda Koinotning koprinadigan moddasining 90 % mujas-samlashgan. YUlduzlar-massiv (juda katta) opz-opzidan yorug`lik chiqaruvchi gazlar birikmasi bo`lib, unda moddalar gravitatsiya kuchlari yordamida o`zaro bog`langandir. Bizga eng yaqin yulduz-Quyoshning massasi Mk = 2 1030 kg ga, eng kichiginiki esa 0,03 Mk ga teng. Eng massiv yulduz massasi 10 Mk ga teng. Quyosh harorati 6000 K atrofida bo`lib, koppchilik yulduzlarniki esa 3000 K dan 5000 K gacha.

Koppchilik yulduzlar energiyasining asosiy manbai - elementlar sintezi termoyadro reaktsiyasidir. Massiv yulduzlar opzlarining yadroviy "yoqilgpisini" million yillar davomida yoqib tugatsa, Quyosh uchun esa 10 miliard yil kerak bopladi. SHundan 5 milliard yili optgan, Quyoshning "umri"ga yana 5 milliard yil qolgan. Astronomik nuqtai nazardan Quyosh Galaktikaning boshqa yulduzlaridan farq qilmaydi. U gravitatsiya va gaz

bosimi kuchlari muvozanatida bo`lgan, opz-opzidan nur chiqaruvchi gazdan iborat shar.

Opzidan optik diapazondagi nurlanish chikaruvchi Quyoshning tashqi qatlamlari fotosfera deyiladi. Uning qalinligi taxminan 560 km, fotosferadagi gazning harorati 6000 K. Fotosfera Quyosh atmosferasining pastki qatlamini tashkil etadi. Uning tepasida qalinligi bir - necha ming km bo`lgan, harorati 10000 K gacha oshib boruvchi xromosfera joylashgan. Xromosferadan keyin oprtacha 1-2 mill. gradusli haroratga ega bo`lgan toj joylashgan. Termoyadro reaktsiyasi davom etayotgan Quyosh qaprida harorat 10 000000 K dan yuqori emas. Energiya yuqori qatlamlariga asosan nurlanish orqali opzatiladi. Quyoshning har - xil qismlari har-xil tezlik bilan aylanadi. Bunda uning tashqi qatlamlari ichki qatlamlariga nisbatan sekin aylanadi.

Quyosh sistemasining bir elementi bo`lgan Yer kosmik jism sifatida quyidagilar bilan xarakterlanadi: hajmi 1011 km3, massasi 6 1024 kg, ekvatordagi radiusi 6378 km; qutbdagi radiusi undan 21 km ga kam. Yerning umumiy yuzasi 510 mln. km2 ga teng bo`lib, undan 361 mln. m2 yuzasi Dunyo okeaniga, va 149 mln. m2 quruqlikka topgpri keladi. Yer Quyoshdan 150 mln. km uzoqlikda joylashgan bo`lib, Quyosh atrofida 30 km / s tezlik bilan aylanadi. Yer 4,5 milliard yil oldin, Quyosh atrofidagi fazoda sochilgan gaz-chang moddalardan gravitatsiya kondensatsiyasi natijasida hosil bo`lgan. (gipotezalardan bittasi shunday).

Er atrofidagi magnit maydoni magnitosfera deyiladi. Magnitosfera ichida "radiatsion kamarlar" mavjud bo`lib, Quyoshdan va Koinotdan keluvchi zaryadlangan zarralar bu kamarlarda topplanib, ularning oz qismi yer yuziga optadi. Yerdagi tirik mavjudodlar bu radiatsion kamarlar bilan opta xavfli bo`lgan kosmik nurlardan himoyalangandir. Yerni oprab turgan planetalararo muhit turli oplchamdagi qattiq jismlardan, changlardan, atomlar, molekulalar, elementar zarrachalardan, hamda insonning opzi fazoga chiqargan yerning sunpiy yopldoshlari, kosmik stantsiyalar va boshqalardan iboratdir.

Erning qaprini tekshirishning murakkabligi uzoq Koinotni tekshirishdan kam emas. Yer kimirlashlari yoki portlashlar natijasida hosil bopluvchi mexanik toplqinlar-seysmik toplqinlarni tahlil qilish Yer qaprining tabiati topgprisida muhim maplumotlarni beradi.

Erning qapri uchta asosiy boplimlarga boplinadi: yadro, mantiya va qobiq. Harorat, bosim va zichlik Yer qapriga tomon oshib boradi. Yer markazida harorat 10 000 gradusga yetadi. Yer qobiqining qalinligi kontinentlarda 65 km ga yetadi, okean tagida esa - 8 km. Yerning eng baland chopqqisi-Himolay togpida Jomolungma chopqqisining balandligi 8848 m, eng chuqur joyi Tinch okeanidagi Mariinsk degan chuqurlik - 11092 m. Yer kobigi tagida juda qattiq jismlardan tashkil topgan mantiya mavjud. U 2900 km chuqurlikkacha joylashgan bo`lib, Yer xajmining 80 % tashkil etadi. Yerning yadrosi juda kam oprganilgan, u ikki qismdan tashqisi - suyuk va ichkisi qattiq jismdan iborat deb hisoblanadi. Suyuq yadro elektr optkazuvchan bo`lib, Yer bilan birgalikda aylanadi. Radioaktiv yemirilish natijasida ajralib chiqqan energiya, yadroda konvektsion harakatni vujudga keltiradi. Suyuq moddaning murakkab harakati tufayli Yerning magnit maydoni vujudga keladi.

Er atmosferasiga va biosferaga Quyosh va uning aktivligi sezilarli tapsir koprsatadi. Har 11-12 yil ichida Quyosh fotosferasida mashpalsimon yalligplanishlar va dog`lar, xromosferada chaqmoqlar va tojda protuberantslarning koppayishi Yerdagi biologik jarayonlarga tapsir koprsatadi. Quyoshdan kelayotgan energiyaning milliarddan bir qismi Yerga yetib kelsa ham, u bizning planetamizda hayotning mavjud boplishi uchun yetarlidir. Hozir maplumki, Quyosh aktivligining tsiklik opzgarishi Yerda magnit buronlari, qutb yogpdusining paydo boplishida, ultrabinafsha radiatsiyaning opzgarishlarida, atmosfera yuqori qatlamlarining ionizatsiyasining holati opzgarishida va hokazolarda namoyon bopladi.

A.L.CHijevskiy Quyosh aktivligi Yerdagi tarixiy jarayonlarga kam tapsir koprsatadi degan fikrni bildirgan. Bu fikr, albatta, bahsga sazovordir, lekin bunga qiziq faktlarni keltirish mumkin. XX - asrga kelib olimlar sotsial jarayonlar, inqiloblar, epidemiyalar va hokazolarning Quyosh aktivligiga bogplikligiga eptiborlarini karataboshladilar . 1924 yilda A.L.CHijevskiy ogohlantirgan edi: "Hozir Yer yuzida istiqomat qiluvchi ikki milliard kishilarga kosmik omillarning tapsir qilishi bizning yodimizda boplishi kerak. U qanchalik nozik va aniqlanishi qiyin boplsa ham, bu tapsirni oprganishni rad etmaslik kerak. 1927-29 yillarda Quyosh aktivligining maksimumini koptish mumkin... Bu yillarda ijtimoiy - siyosiy omillar natijasida katta tarixiy voqealar sodir boplishning ehtimoliyati mavjud". Haqiqatdan ham, sobiq SSSRda 1929 yil "buyuk burilish yili2 bopldi. Quyosh aktivligining davrlari 1905 y. ("birinchi" rus inqilobi), 1917 yil (oktabr tuntarishi), 1941 yil ("Ulugp Vatan" urushi boshlanishi), 1991 y. (Avgust voqealari va SSSRning parchalanib ketishi) larga topgpri keladi.

Ayrim olimlarning tapkidlashicha insonlarning, ayniqsa nazariyachi fiziklar ijodining faollashuvi Quyosh aktivligi bilan o`zaro bogplikdir (korrelyatsiya beradi). Albatta, bunday muvofiqlikni mutlaq deb qarash mumkin emas, lekin bu topgprisida fikr yurgizish mumkin.

Koinot behisob kosmik jismlar: yulduzlar, sayyora (planeta) lar, yer va uning yopldoshlari, kichik planeta (asteroid)lar kometalar va boshqalar majmuidan iborat. Ularning barchasi aylanadi.

Koinotda son-sanoqsiz bir-biridan juda katta yorug`lik yili (10 va hatto 100 yorug`lik yili) bilan ajralib turadigan kopplab galaktikalar mavjud. Aniqlanishicha, galaktikalar topplami opz navbatida metagalaktikani (grekcha -galaktikadan tashqarida) tashkil etib, ular galaktikadan nihoyatda uzoq joylashgan va juda katta yuzaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.

Masalan, Magellan nomi bilan yuritiladigan galaktikaning uzoqligi 80 ming yorug`lik yiliga teng boplsa, Andromeda galaktikasi 700 ming yorug`lik yiliga teng.

Yer qurrasidan eng uzoq bo`lgan galaktika oprtasidagi masofa 1 mlrd.yorug`lik yiliga teng. Shunday ekan, koinot (olam, falak) nihoyatda turli-tumanligi va cheksizligi - poyoni yo`qligi bilan xarakterlanadi. Koinotda mavjud yulduzlarning yer qurrasiga eng yaqini Alfa tsentavr hisoblanadi. Oydan bizga qadar yetib keladigan yorug`lik nurining 4 yil 3 oyda yetib kelishi, Alfa tsentavrning bizdan qancha uzoqda joylashganligini koprsatadigan dalil desa bopladi.

Galaktikaning ximiyaviy tarkibiga keladigan boplsak, uning 86,7% ini vodorod, 13,2% ini geliy tashkil etib, uning umumiy massasini 0,y% ini qolgan element (uglerod, azot, alyuminiy, ftor, litiy, berilliy, magniy, temir va boshqa)lar tashkil etadi.

Galaktika (Somon yopli) - quyosh sistemasi va 150 mliard.yulduzlardan iborat sistema sifatida qaraladi. Yulduzlar opzidan issiqlik va yorug`lik ajratadi, ular alohida olinganda har biri hajmi, massasi va zichligiga kopra bir-biridan tegishli darajada farq qiladi. Ularning bapzi biri, masalan, qizil yulduz opz hajmiga kopra quyoshdan milliard marta katta bo`lib, ulkan (gigant) yulduz deb yuritiladi. Bapzilari esa quyoshdan ancha kichik va rangi bilan ham farq qiladi. Masalan, mitti yulduz oq rangli, quyoshdan ancha kichik va issiq ham emas. Odatda yulduzlar yuzasining harorati 3.0000 dan 30.0000 gacha bo`lib, tarkibida vodorod va geliy kopp va ularning reaktsiyasi tufayli vodorod geliyga aylanadi, natijada energiya va nur ajraladi.

Olib borilgan tekshirishlarda aniqlanishicha, galaktika diametri 100.000 yorug`lik nuri yiliga teng bo`lib, uning tarkibiga kiruvchi yulduzlar topplamining yuzasi qabariq yasmik shaklida. Uning markazida zich joylashgan galaktika yadrosi mavjud. Quyosh galaktikasi shoxobchalari ichida galaktika markazidan 10 kiloparsek uzoqlikda (1 kiloparsek 1000 parsek, 1 parsek 30,81012 km,) bu opz navbatida 3,26 yorug`lik yiliga teng.

Galaktika tarkibidagi barcha yulduzlar undan optadigan va unga tik joylashgan opq atrofida aylanadi. Quyosh opz navbatida galaktika markazida 25 ming yorug`lik yiliga teng bo`lgan uzoqlikda joylashgan va sekundiga 250 km tezlik bilan harakat qiladi. Galaktika atrofini quyosh 200 mln. yorug`lik yilida bir marta aylanadi va bu galaktika yili deb yuritiladi.

Quyoshning tuzilishi. Quyosh sathining kattaligi yer sathiga nisbatan 12 ming marta katta, hajmi esa yer hajmidan 1 mln. 300 ming marta ortiq. Barcha sayyoralarning umumiy massasini qopshib hisoblaganda ham quyosh massasi undan 750 marta katta. Quyosh diametri yer diametridan 109 marta, zichligi esa yerning oprtacha zichligidan 4 marta kam. Ammo quyoshning tortish kuchi yerning tortish kuchidan 25 marta ortiq.

Yuqorida tapkidlanganidek, quyosh qizigan va erigan holdagi jism bo`lib, uning yuza harorati 57000 S ga, markaziy qismida esa haroart 20 mln.darajaga teng ekanligi maplum. Quyosh nuri 8 minut 18 sekundda yerga yetib keladi. Yerdan uchgan tovush tezligidagi samolyot topxtovsiz uchganda quyoshga 14 yilda yetib borishi mumkin ekan.

Quyosh tarkibida 66 ximiyaviy element mavjud bo`lib, ularning asosiy qismini vodorod (54 %) va geliy (45%) tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda quyosh tarkibida kislorod, karbonat angidrid, azot, magniy, natriy, kaliy kabi elementlar ham bor. Quyosh harorati 20 mln. daraja bo`lganda, uning ichki qismi (markazi)da termoyadro reaktsiyasi sidirgpa ravishda sodir bo`lib turishi oqibatida vodorod geliyga aylanadi va juda katta miqdorda energiya ajraladi. Quyoshda bunday termoyadro reaktsiyasi doimo sodir bo`lib turganligi tufayli yorug`lik, issiqlik va elektromagnit energiyasi topxtovsiz ravishda ajralib turadi.

Quyoshning opta qizigan notekis ust qismi gazsimon moddalardan iborat. Uning yorug`lik tarqatuvchi yuzasi fotosfera deb yuritilib, qalinligi 300 km, harorati 60000 S ga teng ekanligi aniqlangan.

Fotosfera yuzasidan qizigan gazlar fontan singari otilib, alangasimon girdob hosil qilgan holda sekundiga 500-700 kilometr tezlik bilan 1,5 mln.km balandlikgacha koptariladi. Bu qatlamning ust tomonida xromosfera qatlami joylashgan. Uning harorati 50000 S ga teng va bu qatlam 18000 km balandlikka koptariladi.

Xromosferaning yuqori tomoni - quyosh atmosferasining tashqi qatlamida quyosh toji joy olgan. Uning elektron va proton bilan zaryadlangan zarrachalari «Quyosh shamoli» nomi bilan yuritilib, sekundiga 80000 km tezlik bilan 5 mln.km masofaga tarqaladi.



Quyosh aktivligi tsiklik xarakterda. Har 11 yilda quyosh yuzasida dog`lar koppayib ketish natijasida haroratning pasayishi tufayli «Quyosh shamoli» kuchayib xromosferada portlash sodir bopladi va buning tapsiri hatto yergacha yetib keladi. Bunday hollarda Yerda magniy bopronlari qutb shafaqlarining kuchayishi natijasida atmosfera tarkibidagi azon miqdori opzgarib, quyosh energiyasini tegishli miqdordan kopproq optkazishi atmosfera bosimini opzgarishi kuzatiladi. Koinotda sodir bopladigan bu ijobiy hodisalar Yer qurrasining tirik qismiga ham opz tapsirini koprsatadi.

Quyosh sistemasi. Quyosh fazodagi son-sanoqsiz yulduzlarning biri bo`lib, yulduzlar topplami - galaktika jismlaridan hisoblanadi. Olamda mavjud barcha koinot sistemalari singari quyosh sistemasi ham opz doirasiga ega. U Quyosh va Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, pluton va ulardan bir necha opn ming marta kichik sayyoralar (asteriod)dan, kometalar, meteor jismlardan tarkib topgan. Katta-kichikligi, Quyoshdan uzoq-yaqinligi, Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqishga ketgan vaqt, ulardagi bir sutka qancha vaqt davom etishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Buni quyidagi jadvalda koprishingiz mumkin:


Sayyoraning nomi

Quyoshdan oprtacha uzoqligi

Diametri

Quyosh atrofida aylanish davri

Opz opqi atrofida aylanish davri

Merkuriy

58 mln.km

4880 km

88 kun

176 kun

Venera

108 mln.km

12100 km

225 kun

243 kun

Yer

149,6 mln.km

12800 km

365 kun

24 soat

Mars

228 mln.km

6775 km

687 kun

24,5 soat

Yupiter

778 mln.km

138300 km

12 yil

10 soat

Saturn

1427 mln.km

120800 km

30 yil

10 soat

Uran

2870 mln.km

49000 km

84 yil

11 soat

Neptun

4496 mln.km

50100 km

165 yil

16 soat

pluton

5929 mln.km

3700 km

248 yil

6,5 kun

Sistema tarkibidagi barcha planetalar quyosh atrofida aylanadi. Quyosh opz opqi atrofida 24 soatda bir marta aylanadi. Sayyoralar va ularning yopldoshlarini quyosh atrofida aylanishi tabiatning umumiy qonuniyatlari asosida sodir bopladi. Quyosh gaz holidagi opta qizigan jismdan iborat bo`lib, uning diametri 1 mln. 391 ming kilometrga teng. Quyosh sistemasi tarkibiga kiradigan planetalar oprtasida quyosh nihoyatda katta va u quyosh sistemasi umumiy massasini 99,86 foizini tashkil etadi. Sistema tarkibidagi eng katta sayyora Yupiter quyosh sistemasi umumiy massasining 0,093 foiziga topgpri keladi.



Sayyoralar deb quyosh atrofida aylanadigan, undan keladigan nurlarni opzida aks ettiradigan osmon (koinot) jismlariga aytiladi. Sayyoralarda opta qizigan jismlar boplmaganligi tufayli ularda termoyadro reaktsiyasi sodir boplmaydi va ular opzidan nur chiqarmaydi. Quyosh sistemasidagi katta va kichik sayyoralar bir-biridan tafovut qilinadi. Sayyoralar opz navbatida ichki sayyoralar Merkuriy, Venera, Yer, Mars va tashqi - Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, pluton sayyoralariga boplinadi.

Merkuriy (lotin tilida simob mapnosini anglatadi) quyoshga eng yaqin joylashgan sayyora, uning massasi yerdan 20 marta kichik, oyga nisbatan bir qadar katta bo`lib, quyosh atrofini 88 sutkada bir marta aylanadi. Merkuriy eng qaynoq sayyora, uning ichki qismida temir elementiga boy yadro mavjud bo`lib, unda magnit maydoni borligidan dalolat beradi.

Ammo merkuriy sayyorasining magnit maydoni Yer qurrasi magnit maydoniga nisbatan 100 barobar kuchsiz. Merkuriyning bir sutkasi Yerning yarim yiliga, kunduzi va kechasining uzunligi esa Yerning uch oyiga teng.

Merkuriy atmosferasi geliy, geon kabi gazlardan iborat bo`lib, Yer atmosferasiga nisbatan 100 marta siyrak. Bu sayyorada suv yo`q. Uning quyoshga qaragan tomoni juda issiq (1500 S), teskari tomoni esa sovuq (-1850 S) bo`lganligi tufayli tirik mavjudotlarni yashashi uchun sharoit yo`q deb qaraladi.

Venera esa yorugp sayyoralardan, uni kunduz kuni ham oddiy kopz bilan koprish mumkin bo`lganligi sababli «Tong yulduzi», «Yorug`lik keltiruvchi» yulduz deb ataganlar. Uning atmosferasi tarkibida 0,1-1 foizgacha suv bugpi uchraydi. Ammo bu bugp atmosferaning yuqori qatlamlarida kopproq uchraydi. Venera yuzasiga deyarli tushmaydi. Havo bosimi sayyora sirtidan 30 km balandlikda 11 atm.ga teng. Bu balandlikda harorat 2350S. Sayyora sirtida esa bosim 90-95 atm, harorat esa 4850S issiq, magnit maydoni deyarli yo`q. Yer sutkasi hisobida 23 soat 56 minutda opz opqi atrofida bir marta aylanib chiqadi.

Venera sayyorasi Quyoshdan uzoqligi bopyicha ikkinchi oprinda turadi va asosan karbonat angidrid (SO2) gazi bilan opralgan. Uning zichligi Yerdagi havo zichligidan 90 marta kata. Bu sayyora sirtidagi harorat 4700S gacha issiq bopladi.

Yer hayot mavjud bo`lgan yagona sayyora. Yer uzoq davom etgan evolyutsiya natijasida shakllangan va uning geosferalari vujudga kelgan: havo qatlami-atmosfera, suv qatlami-gidrosfera, qattiq qatlam-litosfera. Bular bir-biri bilan o`zaro uzviy aloqada rivojlanib, taraqqiy etgan va hayot qobigpi-biosfera vujudga kelgan.

Mars Yerga eng yaqin sayyoralardan. Uning bir yili 687 sutkaga, bir sutkasi 24,5 soatga yaqin, quyoshdan Yerga nisbatan ikki marta kam issiqlik oladi, magnit maydonini kuchsiz, orbita tekisligiga nisbatan 640 501 ogpishgan bo`lib, yil fasllari mavjud bo`lib, tuprogpida namlik borligi va daryo opzanlari borligi haqida maplumotlar bor.

Mars sayyorasi siyrak karbonat angidrid (SO2) va boshqa gazlar bilan qoplangan. Marsda yillik oprtacha harorat 600S sovuq. Undagi sharoit boshqa sayyoralarga nisbatan hayot uchun birmuncha yaqin, shunday boplsada Marsda ham tirik mavjudotlar yo`qligi aniqlangan. Yopldoshlari – Fobos, Deymos.

Olib borilgan tekshirishlarga kopra, marsda vulqonlar harakati tufayli gaz va suv ajralishi haqida maplumotlar bor. Atmosferasi tarkibi 95 foizgacha is gazi, argan, azot kabi gazlardan iborat.



Quyosh sistemasdagi ulkan sayyoralar - Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, pluton quyoshdan juda uzoqda joylashgan harorati past, atmosfera tarkibida metan va ammiak kopp, sayyora massasining 70-80 foizi vodoroddan iborat. Olib borilgan tadqiqot ishlari natijasi bu sayyoralarda hayotning yo`qligi haqida, haroratning nihoyatda past (Yupiterda -1450, Saturnda -1800)ligidan darak beradi.

Ulkan planetalar. Quyosh atrofida bir tekislikda va bir qator ellipsik orbitada bir-biridan ancha uzoq joylashgan ulkan planetalar quyosh sistemasining asosiy apzolari hisoblanadi. Shunga kopra, planetalararo tortishuvi sust, davriy holda sodir boplishi sidirgpa davom etadi. Quyosh massasi muttasil opzgarmas hollarda quyoshdan bir xil uzoqlikda bo`lib, bir xil nur qabul qilishi bilan xarakterlanadi.

Quyosh sistemasida muttasil ravishda sodir bopladigan opzgarmas hol organik olam mavjud bo`lgan planetalar uchun muhim. Yer qurrasi koprinishdagi planetalar Merkuriy, Venera, Yer, Mark opz atmosfera bulutiga ega bo`lib, qattiq minerallardan shakllangan.



Sirtqi planetalar - Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va pluton opz opqi atrofida nihoyatda tez aylanishi, zichligining pastligi, atmosfera qatlamining kengligi va massasini nisbatan kattaligi bilan ajralib turadi.

Yupiter – sayyoralar ichida eng yirigi bo`lib, tortish kuchi Yerdagidan 2,5 marta ortiq. Teleskop bilan qaralganda uning sirtida ekvatorga parallel qora-qizgpish kamarlar koprinadi. 1878 yil uzunligi 30 ming, eni 13 ming km ga chchopzilgan katta Qizil Dogp topilgan. Yupiter atmosferasi vodorod, geliy, metan va ammiak gazlaridan tashkil topgan.

Saturn – kattaligi jihatidan Yupiterdan keyin ikkinchi oprinda turadi. Uning atrofida eni 60 ming km gacha, qalinligi 10-15 km gacha yetadigan xalqasi borligi bilan farqlanadi. Saturn atmosferasi asosan vodorod va geliydan, qisman metan, ammiak, etan gazlaridan tashkil topgan.

Uran- 1781 yilda kashf etilgan. Uran yuzasining harorati 1700S bo`lib, atmosferasida vodorod va metan borligi aniqlangan.

Neptun- 1846 yilda kashf etilgan. Neptun yuzasining harorati 2000S bo`lib, atmosferasida vodorod va metan borligi aniqlangan.

pluton- 1930 yilda kashf etilgan. pluton yuzasining harorati juda past, 2300S bo`lib, atmosferasi asosan geon gazidan tuzilgan.

planetalarning fizik xossasi, uning massasining kattaligi bilan belgilanadi. Opz massasiga kopra yerdan 318 marta katta bo`lgan Yupiter 85 foiz vodorod, 10 foiz geliy va taxminan 5 foiz boshqa elementlardan va ogpir metallardan iborat. Shu jihatdan bu planeta boshqa planetalarga nisbatan quyoshga yaqin turadi. Uran atmosferasida vodorod geliyga nisbatan olganda ikkinchi oprinda turadi.

Yer qurrasi atmosferasining yuqori qatlamlarida vodorod 8-10 oprinda boplsada, okean suvlarini hosil boplishi uchun yetarli. Nihoyat opz massasi Yer qurrasiga nisbatan 10 marta kam bo`lgan Marsda vodorod shu qadar kamki, bu planetada hech qachon suv boplmagan va kelgusida boplmaydi ham. Opz massasiga kopra Yer planetasidan 40 marta kichik va quyoshga eng yaqin oprinda bo`lgan Merkuriyda hech qanday atmosfera yo`q. Shunga kopra, bu planetada organik hayotning boplishi uchun tegishli sharoit boplmasligi aniq.

Oy quyosh sistemasidagi yerga yaqin planetalardan biri bo`lib, koppgina olimlarning fikriga kopra Oy yerning doimiy yopldoshi hisoblanadi. Uning diametri Yer diametridan toprt marta, massasi 81 marta kichik. Oy yer atrofidan 27,3 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Oyda havo va suv yo`q. Osmon qorongpu, uning yuzasidan qaraganda hatto kunduz kuni ham yulduzlar koprinadi. Atmosferaning yo`qligi, kun va tunning uzoq davom etishi tufayli tun va kun harorati bir-biridan keskin farq qiladi. Oy ekvatorining quyoshga qaragan tomonida harorat +1100 S, uning teskarisi tomonida esa -1790 S sovuq.

Aniqlanishicha Oy marganets, kremniy, kaltsiy, titan, temir, kobalt, dala shpati kabi jinslardan tarkib topgan. Astronavtlarning seysmografik maplumotlariga kopra Oyda vaqti-vaqti bilan zilzila sodir bo`lib, buning natijasida vulqon kraterlaridan gaz ajralib chiqadi .

Oy yuzasining relefi bir xil emas. Teleskopdan qaralganda Oyda qora va oqish dog`larni koprish mumkin. Qora dog`lar tog`larniki, oqishlari esa tekisliklarni aks ettiradi. Oydagi togplarning balandligi bir necha kilometr bo`lib, ular tekisliklarni halqa shaklida oprab turadi.

Asteroidlar. Quyosh sistemasining Mars bilan Yupiter oraligpidagi bopshliqda koppdan-kopp. Nisbatan mayda doimiy harakatdagi sayyoralar Asteroidlar deb yuritiladi.

Hozirgi kunga qadar koinotda 1700 ortiq asteroid borligi aniqlangan. Ular bapzi maplumotlarga kopra Quyosh sistemasining Faeton deb ataluvchi sayyorasining holati tufayli uning parchalaridan bunyodga kelgan. Bular katta sayyoralardan muayyan shaklga ega emasligi bilan farq qiladi.

Asteriodlar ham barcha ulkan sayyoralar singari quyosh atrofida aylanadi. Unda atmosfera yo`q va ularning ayrim ikar deb ataluvchi turi Quyoshga Yer va Marsga nisbatan 10 marta yaqin. Hozirgacha ulardan 2 mingdan ortigpi topilgan. Eng katta asteroid Serera 1801 yilda topilgan bo`lib, uning diametri 770 km.

Kometa – «bosh» va unga ergashib yuruvchi «dum» dan iborat bo`lgan Quyosh sistemasidagi osmon jismidir. «Kometa» sopzi yunonchada «sochli» degan mapnoni anglatadi. Kometalarning «dumi» gaz va changlardan, «boshi» esa Kattiq moddali yadrodan hamda uning atrofini oprab olgan gaz va changlardan iborat. Kopproq uchraydigan kometalar yadrosining diametri bir necha km boplsa, uning atrofidagi gaz va changlar bilan birgalikdagi «boshi»ning diametri bir necha million kilometrgacha bopladi. «Dumi»ning uzunligi esa bir necha yuz million kilometrgacha yetadi. Hozirgi vaqtgacha Quyosh atrofida aylanib yuruvchi 2 mingga yaqin kometa, yapni «dumli yulduz» topilgan.

Meteor va meteoritlar. Quyosh atrofida aylanib yuruvchi asteroid va kometalar parchalanib turadi. Ularning parchalari bo`lgan «daydi toshlar» bapzida Yerga juda yaqinlashib qoladi. Bu mayda osmon jismlari Yerning havo qobigpiga juda kata tezlik bilan kirib keladi. Ular havoda yona boshlaydi va osmonda yorugp iz qoldiradi. Yerga juda katta tezlik bilan yaqinlashib kelib, havoda yonib ketadigan mayda osmon jismlari meteorlar deyiladi. Uchib kelayotgan bapzi meteorlar havoda yonib tugamay kelib yerga urilishi mumkin. Bunday osmon jismlari meteoritlar deb ataladi. Ularning unchalik katta boplmaganlari Yerga qadar yetib kelmaydi va ular meteorlar deb, Yerga yetib kelganlari esa meteoritlar deb yuritiladi. Yer qurrasi yuzasiga har yili 2000 ga yaqin meteorit tushadi.

Koinot (olam)da yagona quyosh sistemasiga kiradigan organik hayot mavjud, oprta hisobda quyoshdan 149,9 mln.km uzoqlikda joylashgan Yer planetasi hisoblanadi.

Talaba bilimini nazorat qilish uchun savolllar:


  1. Koinot nimah

  2. Kosmik galaktikalar topgprisida nimalarni bilasizh

  3. Somon yopli galaktikasi tuzilishi qandayh

  4. Quyosh qanday tuzilishga egah

  5. Quyosh sistemasi va uning tuzilishi.

  6. Quyosh sistemasidagi ichki sayyoralar.

  7. Quyosh sistemasidagi tashqi sayyoralar.

  8. Oy, uning tuzilishi.

  9. Asteroid nimah

  10. Meteor va meteoritlar qanday tuzilishga egah


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin