O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu. Tabiyatshunoslikning kimyoviy tavsifi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə14/24
tarix21.10.2017
ölçüsü1,92 Mb.
#8185
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24

5-mavzu. Tabiyatshunoslikning kimyoviy tavsifi.


O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Mapruza rejasi



1. Kimyo fani, uning tabiatshunoslikdagi oprni. Alkimyo fanining paydo boplishi, evolyusiyasi, hozirgi zamon kimyo fanining rivojlanishida uning axamiyati. Hozirgi zamon Kimeyo fanining tarkibi (anorganik va organik kimyo) va vazifalari. Kimyoviy elementlarning muayyan tizimga solinishi va davriyligini belgilovchi omillar.Tabiatda uchraydigan kimyoviy elementlar va ularning xalq xopjaligida, sanoatda ishlatilishi.

O`quv mashg`ulotining maqsadi:Talabalarga Kimyo fani, uning rivojlashsh tarihi Elementlarning davriy sistemasi haqida tushuncha hosil qilish.

pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Talabalar tabiatshunoslikni kimyo fani bilan bogploqligi hamda rivojlanishi xaqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy maplumotlarni konspektlashtiradilar.



Taplim usullari

BBB – texnologiyasi, Mapruza

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Taplim vositalari

Slaydlar, jadval va mavzuga oid rasmlar

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol - javob

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi



Ishlash bosqichlari, vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchining

Talabaning

1 - bosqich

1.1. O`quv xujjatlarini to`ldirish va talabalar davomatini tekshirish (5 daq).

1.2. O`quv mashgpulotiga kirish (10 daq.)


Kimyo fani, uning tabiatshunoslikdagi oprni.Eramizdan avvalgi asrlarda kimyoviy hodisalar, kimyoviy element va metallar topgprisidagi maplumotlarni vujudga kelishi.

Elementlarning davriy sistemasi xususida tushuncha hosil qilish va maplumotlar beriladi. O`quv mashgpulotiga kirish davomida dastlab talabalarga BBB jadvali taklif etiladi va uning grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng mapruza boshlanadi.



Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Mavzu bo`yicha dastlabki tushunchalarini ifodalovchi maplumotlarni BBB jadvaliga tushiradilar

2 - bosqich

Asosiy 50 daq.



1.Kimyo fani, uning tabiatshunoslikdagi oprni.

2. Adabiyotlar sharhi.

3.Kimyoning asosiy qonunlari.

4.Eramizdan avvalgi asrlarda kimyoviy hodisalar, kimyoviy element va metallar topgprisidagi maplumotlarni vujudga kelishi.

5.D.I.Mendelev tomonidan davriy qonunning kashf qilinishi. Elementlarning davriy sistemasi


Konspekt yozishadi, tinglashadi, Mavzu rejasi bo`yicha doskada sxema va jadvallar tuzishadi. Mavzu bo`yicha savollar beradilar.

3 - bosqich. Yakuniy natijalar 15 daq.

3.1. Mavzu bo`yicha xulosa qilish va umumlashtiruvchi fikr bildiriladi.

3.2. Talabalarga BBB jadvalini bilib oldim grafasini to`ldirish taklif etiladi va o`quv mashg`ulotining maqsadiga erishish darajasi taxlil qilinadi

3.3. Mavzu yuzasidan uyga vazifasi beriladi.


O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan maplumotlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.

Kimyo fani, uning tabiatshunoslikdagi oprni.

\Kimyo tabiat xaqidagi fan bo`lib, u boshqa tabiiyot fanlari (fizika,  biologiya, mineralogiya) kabi moddiy jismlar tugprisida bizga atroflicha maplumot beradi, u jonli va jonsiz tabiatni tashkil etgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ropy beradigan opzgarishlarni va bu opzgarishlar orasidagi bogplanishlarni tekshiradi. Qisqa qilib aytganda, kimyo-moddalar va ularda bopladigan opzgarishlar xaqidagi fandir.  XIX asrning oprtalariga kelib kimyoda atom-molekulyar taplimot topla – topkis tasdiqlandi, bu taplimot asosida hamma moddalarni tashkil etgan juda mayda zarrachalar – atom va molekulalar haqidagi tushuncha yotadi. Molekula – moddaning kimyoviy xossalarini opzida saqlab qoladigan va mustaqil ravishda mavjud bopla oladigan juda kichik zarrachasidir. Atom – molekulyar taplimotga asoslanib quyidagilarni aytish mumkin:

Kimyoviy element opzida muayyan xossalarni mujassamlashtirgan atomlar turidir. Murakkab moddalarning molekulalari ikki yoki bir necha element atomlaridan,oddiy moddalarning malekulalari esa bir element atomlaridan tashkil topgan . Demak,oddiy modda elementning erkin holda mavjud boplish formasidir.

Kimyoviy opzgarishlarda (reaksiyalarda) dastlabki moddalardan, yapni xom-ashyodan boshqa tarkibga va boshqa xossalarga ega bo`lgan maxsulotlar olinadi. Kimyoviy prosesslarni borishi reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga bogpliq. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaksiyaga kirisha  olish qobilyati orasidagi bogplanishni oprganish katta ahamiyatga ega. Biz kimyoviy prosesslarni maplum maqsad bilan amalga oshiramiz va ularni opzimiz uchun kerakli tomonga yopnaltirib, istalgan fizikaviy, kimyoviy, biologik va hokazo xosalarga ega bo`lgan moddalar xosil qilishimiz mumkin.

2. Adabiyotlar sharhi.

Alkimyo fanining paydo boplishi, evolyusiyasi, hozirgi zamon kimyo fanining rivojlanishida uning axamiyati.

Insonlar bundan bir necha ming yil avvaldanok rudalardan metallar ajratib olishda, metallarni kotishmalarini tayyorlash, shisha pishirish va shunga opxshashlarda kimyoviy xodisalardan keng foydalanib kelganlar. Rus olimi M.V.Lomonosov opzining 1751 yilda nashr etilgan "Ximiyaning foydasi xaqida ikki ogiz suz" asarida "Ximiya opz qopllarini inson extiyoji bilan bogpliq bo`lgan xamma ishlarga chuzmokda. Kayerga karamaylik, kayerga nazar solmaylik, xamma yerda bizning kuz oldimizda ximiyaning tadbik etilishidan kulga kiritilgan yutuklar gavdalanadi" degan edi. Ximiya xalk xujaligining barcha soxalarida keng kullanilmokda.

M.V.Lomonosov 1741 yilda opzining "Matematik kimyo elementlari" nomli asarida atom -molekulyar nazariyani kuyidagicha taprifladi:

1) Barcha moddalar "korpuskula"lardan iborat bo`lib, ular bir-biridan oralik fazo bilan ajralgandir.(Lomonosovning "korpuskula" termini xozirgi molekula mapnosiga ega);

2) Korpuskulalar tuxtovsiz xarakatda bopladi;

3) Korpuskulalar elementlardan tashkil topgan (Lomonosovning element tushunchasi xozirgi atom mapnosiga ega.) Elementlar xam tuxtovsiz xarakatlanadi;

4) Elementlar aniq massaga va ulchamga ega.

5) Oddiy moddalarning korpuskulalari bir xil elementlardan, murakkab moddalarning korpuskulalari turli elementlardan tuzilgan.

 Atom – malekulyar taplimot 1860-yilda Karlsruyeda bo`lgan kimyogarlarning xalqaro syezdida qabul qilindi.Element atom massasining uglerod birligida ifodalangan miqdori shu elementning atom massasi deyiladi.Modda malekulasi massasining uglerod birligida ifodalangan miqdori shu moddaning malekulyar massasi deyiladi.

M.V.Lomonosovdan keyin yana kariyb yarim asr keyin, ingliz olimi D.Dalton kimyo va fizika soxasida yigilgan tekshirish natijalarini atomistik taplimot asosida talqin qildi; u atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini yaratdi. U 1808 yilda opzining "Novaya sistema ximicheskoy filosofii" nomli asarida atomistik taplimotni kuyidagicha tarifladi:

a) Moddalar nixoyatda mayda zarrachalar - atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachaga bulina olmaydi;

b) Xar qaysi kimyoviy element faqat opziga xos "oddiy" atomlardan tuzilgan bo`lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, xar bir elementning atomi opziga xos ogpirlik va ulchamga ega;

v) Kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning "oddiy" atomlari o`zaro aniq va opzgarmas butun sonlar nisbatida birikib, murakkab atomlarni xosil qiladi;

g) Faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo`lgan atomlargina o`zaro birika oladi, bir elementning atomlari xech qachon o`zaro kimyoviy reaksiyaga kirisha olmaydi.Ular faqat bir-biridan itariladi.

Dalton ximiyaning asosiy qonunlarini izoxlab berdi. U kimyoviy element tushunchasiga aniq taprif berdi: "Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir". Undan tashqari Dalton "atom ogpirlik" (yapni atomning nisbiy ogpirligi) tushunchasini kiritdi, vodorodning atom ogpirligini shartli ravishda 1 ga teng deb kabul qildi.

Dalton taplimotida kamchiliklar borligi usha vaqtdayok maplum bopldi. Dalton taplimoti oddiy moddalarning molekulalari boplishini inkor qildi. M.V.Lomonosov taplimoti Dalton taplimotidan afzal bo`lib chikdi.

3.Eramizdan avvalgi asrlarda kimyoviy hodisalar, kimyoviy element va metallar t­o`g`risidagi maplumotlarni vujudga kelishi.


  1. Qadimda Misrliklarda ximiyaning rivojlanishi.

  2. Xindlarning ximiya sanoatidagi qoldirgan amaliy ishlar.

  3. Uzoq SHarq xalqlarida ximiya.

Juda qadimgi zamon madaniyatiga oid yodgorliklarni o`zidan keyin qoldirib ketgan xalqlar, birinchi navbatda, qadimgi SHarq xalqlari va O`rta dengiz soxillarida yashagan xalqlar: misrliklar, finkiyaliklar, yaxudiylar, eronliklar, vaviloniyaliklar, keyin esa arablar, greklar va rimliklar shular jumlasiga kiradi.

Misrliklarda ximiya o`z zamoniga nisbatan olganda juda rivoj topdi. Olimlarning fikriga qaraganda, «ximiya» (chemia) degan so`zning o`zi ham Misrda paydo bo`lgan. Qadimgi grek yozuvchisi plutarx «qora yer» (qora tuproq)da yashovchi Misr aholisi «xemlar» (chemi) deb ataganligini aytib o`tadi. Lekin bu so`zning kelib chiqishi boshqacha deb ham ko`rsatiladi; masalan, IV asrning alximik yozuvchisi Zosima ximiyani Xemes degan so`zdan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Zosimaning fikricha, birinchi ximiya kitobining afsonaviy avtori, go`yo osmondan quvg`indi bo`lgan farishtadir deb atagan. Ayrim tadqiqotchilar ximiya so`zi «xima» degan grek so`zidan kelib chiqqan deb hisoblaydilar: metall quyma shunday deb atalar edi.

Misrda ximiyaning nechog`lik yuksak rivojlanganini ko`rsatuvchi birinchi dalil, misrliklarning murdani moxirlik bilan mo`miyolaganliklaridadir, bu narsa olimlar xali ham tamom bilib olmagan sir bo`lib qolmoqda.

Misrliklar juda kamolga yetkazgan ikkinchi soha - bo`yoqlardir.

Misrda buyumlar bo`yalgandan beri ming yillar (to`rt ming yildan ko`proq) o`tgan bo`lishiga qaramay, bo`yoqlari HOZIR ham o`zining tiniqligini saqlab turibdi.

Misrliklar ishlatgan bo`yoqlarning ko`pi mineral bo`yoklar edi, lekin ular tabiiy organik bo`yoqlarni ham bilgan. Ularning ko`pginasi: purpur (qirmizi bo`yoq), indigo, alizarin - qadimgi madaniy dunyoda juda mashhur bo`lgan.

Misrliklarda parfumeriya, yapni kosmetika moddalarini tayyorlash ham taraqqiy topgan edi. Masalan, ular qosh bo`yash uchun qora bo`yoqni turli xushbo`y yog` va moylarni, atir xidli suv va boshqalarni tayyorlay olganlar.

Xiva shahrining 4500 yildan beri saqlanib kelayotgan qadim­gi yodgorliklarida qulollar va shishasozlarning suratlari bor, arxeologik qazishlar natijasida esa eramizdan avvalgi 1700 yilga to`g`ri keladigan rang - barang shisha vazalar topildi. Misrliklar qulolchilik buyumlari ustiga sir berishni ham bilgan. papiruslarni, yapni yozuv qog`ozini tayyorlashni ular eramizdan 1600 yil ilgari bilar edi. papiruslarni misrliklar boshqa mamlakatlarga ham chiqarar edi.

Misrliklarning barcha fanlari, jumladan, endigina paydo bo`lib kelayotgan ximiya ham muqaddas hisoblanar edi. Ayrim kishilargina, yapni braxmanlargina fan bilan shug`ullanardi.

Fan hukmron sinfning siri xisoblanar va foydali hamda qimmatli xazina deb ehtiyot qilinar edi. Misrda o`tkazilgan qazish ishlarida to`g`ridan-to`g`ri ibodatxonalar bilan tutashadigan bir nechta ximiya laboratoriyasi topilgan. Lekin, shunday bulsada, har narsani bilishga intilgan bapzi ajnabiylar misrliklarning ishonchiga sazovor bo`lib, Misr fani sirining bir qismni bilib olishga muvaffaq bo`ldilar. Grek donishmandlari - Solon, pifagor, Demokrit, Gerodot va platon shular jumlasidan edi. Ximiyaga taaluqli bilimlarni Gretsiya ana shu olimlar orqali misrliklardan oldi.

Misrliklar bilan bir qatorda vaviloniyaliklarni qadimgi SHarqning eng mashhur xalki deb qarash kerak. Ular metallarni, metall olish va ishlash usullarini misrliklardek yaxshi bilar edilar. Vaviloniyaliklarda keng rivoj topgan binokorlik (qasrlar, ibodatxonalar qurilish) sanpatiga qarab gapiriladigan bo`lsa, ular binokorlik materiallari, ayniqsa, g`isht ishlab chiqarishni juda yax­shi bilgan. Ularga shisha terrakota ham maplum edi, vaviloniyaliklar kumush va bronzaga qadama naqshlar ishlashni ham bilgan.

Vaviloniyaliklar palpma daraxtining mevasidan spirtli ichimliklar tayyorlay olardilar. Ular bakteriyalarning kasallik tug`dirish dan mutlaqo bexabar bo`lgan holda suvni ximiyaviy yul bilan zararsizlantirish usullarini ham bilar edilar.

YAxudiylar ximiya bilimlarini Misr va Vaviloniyadan o`rgandilar. Ular oltin, kumush, kalay, mis, qo`rg`oshin va temirni bilar, gazlamalarni havo rang, qirmizi qizil rangga buyay olardilar va xokazo.

Finikiyaliklar - qadimgi dengiz sayyoxlari bo`lib, ximiya bilimlarini o`zlari qaysi xalklar bilan savdo aloqasi bog`lagan bo`lsa, o`sha xalqlardan o`rgandilar. Bu bilimlarini ular SHarq mamlakatlari va O`rta dengiz qirg`oqlaridagi mamlakatlariga ham tarqatdilar.

SHishani finikiyaliklar ixtiro etgan degan afsona bor. O`z kemasida soda olib ketayotgan finikiya dengizchilari, deb hikoya qiladi rim tarixchisi pliniy, palestindagi bir daryo qirg`og`iga tushdi. Ular ovqat pishirish uchun o`choq qurmoqchi bo`lganda tosh kerak bo`ldi, lekin tosh topolmadi. SHunda dengizchilar o`choq qurish uchun soda bo`laklarini ishlatdi. Olov lovullab juda zo`rayib ketdi. Dengizchilar soda erib ketganini va qum bilan aralashib, tiniq cho`ziluvchan modda hosil qilganini nogahon payqab qoldi. Bu massa sovigach, shunda dengizchilar qattiq tiniq bo`laklar paydo bo`lganligini ko`rdi. SHunday qilib, shisha tayyorlash usuli kashf etildi. Finikiyaliklar qo`ngan joydagi aholi shisha olish usulini yanada takomillashtirishdi.

Grek tarixchisi Gerodot so`zlariga qaraganda, eronliklar oltin kumush, temir qazib chiqarishni, xayvonlar terisini oshlashni bilar edi. Ular gazlamalar bo`yash sanpatini xindlardan o`rgandilar.

Xindlarning ximiyadan bilimdonligi hozir ham kishini xayratda qoldiradi. Xindlar talaygina ximiya bilimlarini egalagan edilar. Ularda mashhur indigo ko`k buyog`i rassomlik sanpatida ham gazlamalarni bo`yashda ham ishlatilardi. Ular gazlamalarga gul ham bosar edi. Yevropada esa bu usuldan XV asrdagina foydalanildi. Mis, bronza va temir xindlarga eramizdan avvalgi III minginchi yillar boshida maplum edi. Asosiy mehnat kurollari va yaroq - aslaha, asosan, shulardan yasalar edi. SHu davrning o`zida qurol charxidan foydalanish usuli maplum edi, zargarlik sanxati rivoj topdi, pishshiq g`ishtdan binolar qurildi. Xindlar keyinchalik, eramizdan av­valgi III ming yillikda qalay, qo`rg`oshin, kumush, oltin, simob, surma, achchiqtoshlar va ammoniy xloridni bilib oldilar. O`sha davr­ning «Vedalar» degan muqaddas kitoblarida o`g`itlar, ko`pgina dorilar tilga olinadi. Bambuk naylaridan otiladigan raketalar to`g`risidagi maplumotlar juda qiziq. Eramizdan avvalgi II asrda xindlar nitrat xlorid va sulfat kislotalaridan dori tayyorlashda foydalandilar.

Ayniqsa, metallurgiya sanoati yuksak darajaga ko`tarilgan edi.

Qadimgi zamon metallurgiya sapnati «mo`jizasi», yapni Dehli shahri yaqinidagi mashhur qutb kolonnasi buning dalilidir. Bu kolonna 7m balandlikda bo`lib, og`irligi 6 tonnadan ortiqroq keladi. Analizlar kolonnani ximiyaviy sof temirdan iborat ekanini ko`rsatadi.Xindlarga po`lat ham maplum edi. Xindistonda o`tkazilgan qazishlar vaqtida bundan 3 ming yil ilgari yasalgan talaygina qurol topildi.



Hozirgi Sibir va Ural yerlarida yashagan xalklar ham mis, qalay, temir, bronza va boshqa metallarni yaxshi bilgan va aftidan, shu metallarni boshqa joylardagi xalqlardan mustaqil xolda kashf etgan. Oltoyda, Yenisey daryosining yuqori oqimi bo`yida va Uralda yashagan chud qabilalarining nomi bilan bog`langan hamda «chud konlari», yapni qadimgi konlar deb ataladigan joylar, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

Endi Uzoq SHarq xalqlari to`g`risida ikki og`iz so`z. Ximiya bu xalqlarga ham yot emas edi. Moddiy madaniyatning taraqqiy etishiga Xitoy territoriyasida yashagan xalqlar, shubxasiz hammadan katta xissa qo`shgan. CHinnining kashf etilishini Xitoyda qilingan ilk kashfiyotlarning eng muhimi deb hisoblash zarur. Xitoylar juda qadimgi zamondayok oq loydan keramik buyumlar yasagan va chamasi bu buyumlar chinniga birmuncha yaqin turgan, xolos.

Eramiz boshida Xitoy tilida chinni, yapni «tse» degan so`z paydo bo`ldi. CHinni ishlab chiqarishga yetishish uchun necha-necha asrlar davomida qattiq mehnat qilish kerak bo`ldi. Lekin VII - XI asrlardayok Xitoy o`zining ajoyib chinni buyumlari bilan faxrlana oladigan bo`ldi.

Keyinchalik, eramizning II asri boshlarida, Xitoyda qog`oz ixtiro etildi, qog`oz avval daraxt po`stlari, kanop tolasi, ipak, paxta va chiqindi ipak tolasidan tayyorlanar edi. Ko`p o`tmay, eng yaxshi qog`oz tayyorlash uchun Xitoyning Janubida bambuk va shakarqamishning yosh novdalari ishlatiladigan bo`ldi.

Xitoylar eramizdan oldin ham o`simliklardan qand olish usullarini ishlab chiqqan edi. Ularda tabbiy buyoqlar ham keng tarqaldi, Xitoyda dori — darmonlar ximiyasi zo`r muvaffaqiyat bilan taraqqiy etdi, tush va turli laklar ixtiro qilindi. Xitoy dehqonlari era­mizdan oldin ham organik o`g`itlar ishlata boshladilar.

Rimliklar ximiya soxasida kamroq yangilik yaratdilar. Lekin ular bepoyon Rim imperiyasi tuprog`idagi xalqlar qilgan barcha ximiya kashfiyotlaridan ustalik bilan foydalana olardi. Eng mashhur Rim tabiatshunoslaridan biri Dioskoriddir. Uning nufuz - tapsiri ming yillar mabaynida keyingi avlod olimlarida saqlanib qoldi. Dioskorid entsiklopediya yozib, xaydash jarayoni, oq bo`yoq, oxakli suv, mis kuparosi va boshqa moddalarni tayyorlash usullarini tasvir etdi.

XVII asrning ikkinchi yarmida ximiyada yangi ilmiy oqim paydo bo`ldi, bu oqim garchi eski yo`nalish xurofotlaridan uncha xoli bo`lmasa ham ko`p jixatdan o`ziga xos, har xolda o`sha davr uchun juda ajoyib bo`ldi. Bu dastlab Bexer (1635-1682) oldinga surgan va SHtal (1660-1734) to`la asoslab, taraqqiy ettirgan flogiston taplimoti edi. Manashu ximiklar yashab, ishlagan vaqtga kelib, fanimizning vazifalari alximiklar xayolidan ancha uzoqlab ketishga ulgurdi. YUqoridagi olimlar va ularning zamondoshlarini band etgan ximiya soxasi alximiklarni juda qiziqtirgan soxadan birmuncha chetlashdi va shu bilan birga kengaydi. Jismlarning havoda yonishi, kuydirilishi kabi turli reaktsiyalar va buning natijasida hosil bo`ladigan mahsulotlar, yapni kislotalar, asoslar va tuzlarning xossalari, ikkinchi tomondan esa teskari harakterli reaktsiyalar - qaytarilish jarayonlari endi markaziy o`rinni egalladi.

Bu hodisalar transmutatsiya jarayonlar o`rnini go`yo egallab oldi, hadeb muvaffaqiyatsizlikka uchrayverish va umidlarning puchga chiqaverishi tufayli ko`pchilik transmutatsiya jarayonlarining amalga oshishiga ishonmay qo`ygan edi. Fikr «Filosofiya toshi» o`rniga jismlarga yonuvchanlik baxsh etuvchi umumiy narsani izlar va topar edi. Buni alximiklar ham, yatroximiklar ham biroz mujmal shaklda oltingugurt deb oldinga surar edilar. Biroq oltingugurtning Hozirgina aytib o`tilgan jarayonlardagi ahamiyati noaniq bo`lib qolaverdi.

Bexer mineral yoki yer osti dunyosining asosiy elementlari suv bilan tuproqdir deb biladi. Lekin tuproq turli jismlarning go`yo birmuncha uzoq komponenti hisoblanadi, eng yaqin tarkibiy qismlar rolini esa uch xil tuproq bajaradi: birinchi tuproq - suyuqlanuvchan yoki shishasimon, ikkinchi tuproq – yog`li yoki yonuvchan va uchinchi tuproq – suyuqdir. Bu tuproqlar, albatta, yatroximiklarni eslatadi va unga o`xshab maplum xossalarga ega bo`ladi. Jumladan, Bexerning yog`li tuprog`i yonuvchanlik xossasiga ega bo`lib, avvalgi ximiklarning oltingugurtiga o`xshaydi. Biroq o`tmishdoshlariga qarshi o`laroq va o`zining umumiy qarashlariga muvofiq ravishda Bexer oltingugurtni murakkab jism deb hisoblaydi. Uning yonuvchanligi, tarkibida yog`li tuproq borligiga bog`liq, lekin bundan tashqari, oltingugurtda kislotali boshqa negiz ham bor, shu sababli u, o`sha vaqtdayok maplum bo`lgan sulfat kislota olish uchun manba bo`lib hizmat qila oladi. Buning uchun oltingugurtni yonuvchan negizidan ajratib olish kifoya.

SHy tushunchalarning o`zidayok bo`lg`usi flogiston nazariyasining asosiy xususiyatlari yorqin ko`rinadi, bu nazariyani faqat Bexerning izdoshi SHtal juda to`liq ishlab chiqdi. SHtal nazariyasi alximiklarning noaniq hamda bir-biriga zid qarashlariga va Bexer asarlarida uchratganimiz bapzi chala-chulpa tasvirlarga qarshi o`laroq, o`sha davrga nisbatan nihoyatda aniqligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Bexerning yonuvchan negizini SHtal olov materiyasi yoki flogiston deb atadi, SHtal ximiyaviy o`zgarishlarni tasvir- lar ekan, shu materiya markaziy o`rinni egallaydi. SHtal dadil fikr qilib, tipik yonish jarayonlarini kuydirish hodisalari yoki metallarning kalhivapiyasi bilan bog`ladi. Bunday jarayonda metallar o`zining tipik metallik xossalari: yaltiroqlik, cho`ziluvchanlik va boshqalarni yo`qotibgina qolmay, balki olov tapsirida yanada o`zgarish xususiyatini ham yo`qotadi.

SHtal shu hodisalarning hammasiga turli jismlarda bo`ladigan umumiy yonuvchanlik negizi sabab bo`ladi deb taxmin qildi.

Jismlar yonganda shu negiz ajralib chiqadi, yonishni o`sha boshlab berishi mumkin. YOnuvchanlik negizi bo`lmagan jismlarga shunday negizi ko`p jismlar tapsir etsa, teskari hodisa ruy beradi. Masalan, karbonatlar ko`mir bilan cho`g`latilganda, kaltsinatsiya vaqtida yo`qotgan barcha xossalarini qaytadan tiklaydi.

Xuddi ana shu, yonuvchanlik negizini SHtal flogiston deb atadi.

SHtal tushunchalarini anglash uchun, endi jarayonlari xaqida o`rta maktabdan tanish bo`lgan, endi maplum faktlarning tasviri emas, balki to`g`ri inikosidek bo`lib qolgan bilimlarimizni vaqtincha butunlay unutishimiz kerak.

Hozir biz oltingugurt yonganda kislorod bilan birikib, sulfit angidrid hosil qiladi deb hisoblaymiz. Sulfit angidrid maplum sharoitda havodan yana kislorod biriktirib olishi va sulfat angidrid hosil qilishi mumkin. Sulfat angidrid suv bilan sulfat kislota yoki kuporos moyi hosil qiladi. Oltingugurt bilan birikkan kislorodni, SHtal eslatib o`tgan usul bilan ham qayta ajratib olish mumkin. U holda kislorod oltingugurtdan ko`mirga o`tadi va ko`mir bilan birikadi (karbonat angidrid SO2 hosil qiladi), oltingugurt esa erkin holda ajralib chiqadi. Xuddi shunga o`xshash, metallar kuydirilganda kislorod bilan birikib, oksidlar hosil qiladi. Masalan, mis, qora mis (II)-oksidga, simob, qizil simob (II)-oksidga aylanadi va xokazo.

Biz oltingugurtni o`z tarkibi jixatdan sulfit angid­rid va sulfat kislotadan oddiyroq, metallarni esa ularning kislorodli birikmalaridan soddaroq deb bilamiz.

Oltingugurt va metallar oksidlarining hosil bo`lishi moddaning murakkablashuvi (sintezi) deb tushunamiz, xolbuki, aksincha jarayon – oksidlarning qaytarilishi yoki parchalanishini esa soddalashish jarayoni (analiz) deb bilamiz. SHtal nazariyasiga ko`ra, ahvol buning aksicha bo`lishi kerak.

Oltingugurt sulfat kislotaga nisbatan murakkabroq bo`lsa, metallar ularga to`g`ri keladigan «ohaklarga» nisbatan murakkabroqdir, chunki ularning tarkibida biror xil tuproqdan tashqari flogiston ham bor. Ular yonganda yoki kuydirilganda flogistonini yo`qotadi va ko`mir bilan qizdirilganda uni qayta tiklaydi. YOnish parchalanish jarayonidir, demak, u moddaning oddiyroq xolga kelishi bilan bog`liq, aksincha, qaytarilish murakkablashuv – sintez jarayonidir.

Barcha yonuvchan moddalarning tarkibida flogiston bor, lekin deyarli qoldiqsiz yonadigan moddalar ayniqsa unga boy. Ko`mir mana shunday moddadir. SHtal flogistonni ko`mirga yaqinlashtirish yulidan go`yo yana olg`a bordi va barcha tirik organizmlar, o`simlik va xayvonlar tarkibida flogiston bor, yonish vaktida flo­giston havoga o`tadi va o`simliklar uni havodan yana qayta ajratib oladi deb hisobladi ham.

Keyinchalik, vodorod kashf etilgandan so`ng, talaygina ximiklar Flogiston g`oyasi xuddi shu vodorodda hammadan to`la va mukammal ravishda mujassamlanadi deb hisoblashga moyil bo`ldilar.

Lekin SHtal flogistonni qanday bo`lmasin real bir moddaga hech qachon o`xshatgan emas. U flogistonni, hech qachon mustaqil ravishda mavjud bo`lmaydigan, faqat boshqa substantsiyalar bilan aralash xolda uchraydigai tuproqdan iborat deb tushunadi. Olov bilan flogiston ham bir narsa emas. Flogiston olovning o`zi bo`lmay, uning boshlang`ichidir, xolos.

SHtalning olov va yonish jarayoni to`g`risidagi fikrlari diqqatni o`ziga jalb etadi. U olovni maplum bir modda deb emas, balki girdobsimon zo`r harakat qilib turadigan zarrachalar yig`indisi deb hisoblaydi. Lekin flogiston maplum chet jismlar bo`lgandagina, o`zi tarqala oladigan yoki eriy oladigan muayyan modda muhitidagina shunday harakat xolatiga kelib, olov shakliga kira oladi.

Havo mana shunday erituvchi rolini o`ynaydi, yonishning to`xtab qolmasligi uchun havo bo`lish zarurligini SHtal yaxshi bilar edi, shuning bilan birga, suvda tuzlar chekli miqdorda erigani singari, birmuncha miqdor havo ham maksimal miqdordagi muayyan flogistonni qamrashi yoki eritishi mumkin. Mana shu sababdan ham kam yopiq bo`shliqda birmuncha vaqt yonib turgandan keyin o`chib qoladi.

Flogiston nazariyasi keng doiradagi eng muxim ximiyaviy jarayonlarni o`z ichiga olganini, ularni o`z zamonasiga yarasha durustgina izoxlab berganini va muximi ximiyaga aloqador tarqoq faktlarni birlashtirib, muntazam xolga keltirganini tan olmasdan bo`lmaydi. O`sha vaqtda maplum bo`lgan ximiyaviy hodisalardan ko`pchiligi chindan ham shu tarzda o`rtaga chiqadiki, xuddi flogiston xaqiqatda bordek va unga taaluqli deb hisoblangan xossalari bo`lgandek ko`rinadi, deb aytish mumkin.

SHy munosabat bilan SHtal taplimotining kishilar ongiga tez singib ketgani, butun yuz yil davomida xukmron bo`lib, hammaga deyarli mapqul tushgani, ko`pchilik uchun deyarli dog`ma bo`lib qolgani taajublanarli emas.

Flogiston nazariyasining ajoyib muvaffaqqiyatlariga erishuvi uchun shu xol ham ko`p jixatdan yordam berdiki, SHtal ikkita muhim yakun chiqardi. SHtalning ilmiy raqibi Lavuaze uning o`sha xizmatlarini quyidagi iboralar bilan ifodalaydi:

Biz ikki muxim kashfiyoti uchun SHtaldan minnatdormiz: birinchidan, metallar yonuvchan dnyom bo`lib, kaltsinatsiya aslida yonishdir… Ikkinchi va yanada muxim kashfiyoti shundan iboratki, yonuvchanlik hamda alangalanish xossalari bir jismdan ikkinchisiga o`tishi mumkin. Masalan, yonuvchan ko`mir, yonmaydigan sulfat kislotaga aralashtirilsa, sulfat kislota oltingugurtga aylanib qoladi va yonuvchanlik xossasini kasb etadi, ko`mir esa bunda shu xossani yo`qotadi».

SHunisi juda kiziqki, deyarli rosa yuz yildan keyin SHtal nazariyasining barbod bo`lishiga olib kelgan ko`pgina dalillar unga, shak-shubxasiz, maplum edi. U muayyan xajmdagi havoning yonishni chekli ravishda quvvatlab tura olishini bilar edi. Metallar kuydirilganda og`irligi ortishi ham unga maplum edi. Lekin u, bu faktlarni inkor etar yoki ularga noto`g`ri izox berardi. Masalan, u Kunkeldan keyin kaltsinatsiyada og`irlikning ortishini bu jarayon vaqtida yengil flogistonning uchib ketishi natijasida solishtirma og`irlikning ortishiga bog`lik deb tushuntirdi. Metallarning "oxaklarga" aylanishi solishtirma og`irlikning ortishi bilan emas, balki xaqiqatda kamayishi bilan birga davom etishi SHtal tajribalarini dalil qilib keltirgan Boylga ham maplum bo`lganini aytib o`tamiz.

YAngi-yangi faktlar to`plangan sari, SHtal nazariyasiga qarshi etirozlar soni ko`payib bordi. SHuning uchun uning izdoshlari ixtiyoriy, fantastik izoxlar ishlatishga, xatto, sofizmdan foydalanishga, dastlabki nazariyani, ko`pincha, bir-biriga zid keladigan bir qancha qo`shimcha farazlar bilan to`ldirishga tobora ko`p majbur bo`ldilar. Nazariya asta-sekin chigal tugunchaga aylanib bordi.

Karlsruedagi kongress. U vaqtda ximiya, uning asosi bo`lgan atomistik nazariya qattiq krizis davrida edi. Dalpton o`zining atom nazariyasi asosida "atom og`irlik" tushunchasini berib, atom og`irliklarni topish masalasini qatpiy ilmiy ravishda hal qilib bera oldi. Atomistikani rivojlantirishda asosiy rolp o`ynagan Avogadro gipotezasi eskirib bormoqda edi. Natijada turli avtorlar tomonidan tuzilgan atom og`irlik jadvallari ko`p elementlarga nisbatan bir-biriga o`xshamas edi, chunki turli avtorlar birgina modda uchun turli xil formulalardan foydalanganlar.

Asosan mana shu masalalarni hal qilish uchun butun dunyo ximiklari Karlsrue kongressiga to`plangan edilar. Kurash qattiq bordi, lekin bunda atom-molekular taplimot tarafdorlari Italiyaning yosh ximigi Kannitstsaro boshchiligida ajoyib g`alabaga erishdi. Atom og`irliklarni topishning, shubxasiz usuli topildi va tasdiqlandi.

Mendeleev Rossiyaga kongress to`g`risida shodlanib xat yozgan, keyinchalik uni xotirlab, uning ximiya uchun ahamiyatini quyidagicha harakterlagan:

«5-yillarda bapzilar, agar vodorod og`irligi bir bo`lsa, kislorod atom og`irligini 8 deb, boshqalar 16 deb qabul qilganlar. Bapzilar suvni NO, vodorod peroksidni HO2 bilan, yana bapzi birovlar Hozirdagidek suvni N2O, vodorod peroksidni N2O2 yoki NO bilan ifodaladilar. Juda chalkash-chulkashlik bo`lib ketdi. Butun dunyo ximiklari kelishib va formulalarni bir xolda qabul qilish uchun Karlsrue kongressiga to`planishganlarida men ham ishtirok etib, kelishmovchiliklar bo`lgani, atoqli fan arbobi Jerarning izidan boruvchilar shartli kelishish uchun Italiya professori boshchiligida Avogadro qonunini ximoya qilganlari mening yodimdan chiqmaydi. Ilmiy ozodlik berilganligidan (usiz fan oldinga siljimagan va o`rta asrdagi singari tosh bo`lib qotib qolgan bo`lar edi) va bir vaqtda ilmiy konservatizmga ham yo`l qo`yilganligidan (usiz ilgarigi bilimlarimiz yangi hosil bera olmagan bo`lur edi) shartli ravishda kelishib bo`lmadi va bo`lishi ham mumkin emas edi, uning o`rniga esa Avogadro-Jerar qonuni kongress tufayli yana ham kengrok yoyilish imkoniyatiga ega bo`ldi va tez orada hammaga borib yetdi. SHunda o`z-o`zidan yangi Jerar atom og`irligi mustaxkamlanib oldi. 80-yillardan boshlab esa uni barcha joyda qo`llay boshladilar».


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin