vaqtida davolanmasa preeklampsiya yanada og'irroq kasallik eklampsiyaga
o’tishi
kuzatiladi.
Eklampsiyada tutqanoq
tutadi, bemor hushidan ketadi. Eklampsiyada tutqanoq
tutish alomatlari yuz va qovuq muskullari tortishganda
paydo bo’lganda, darhol
tez
yordam chaqirilib,
u kelguncha bemorni havosi toza, qorong'iroq xonaga yotqizib,
tinch qo’yiladi. Tutqanoq
tutganda bemorning biror
joyiga shikast yetmaslik
chorasini
ko’rish lozim. Tilini tishlab olmaslik uchun bandiga doka o'ralgan qoshiq
og’ziga solinadi.
Tutqanoq xuruji
to’xtagandan so’ng bemorni so’lagi nafas yo'llariga tushmasligi
uchun og'zini doka salfetka bilan artib olinadi.Tug'ruqxonalar tarmog’ining
beqiyos o’sganligiga va homilador ayollarning yaxshi dispanserizasiya qilinishiga
qaramay, ba'zan uy sharoitda, poyezdda, samolyotda, va shu kabilarda tug'adigan
xotinlarga
birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga to'g’ri keladi.Tug'ruqga yordam
ko’rsatuvchi odam avvalo
aseptik
sharoitlar yaratish
to'g’risida g'amxo’rlik
qilishi kerak: Qo’lni yaxshlab yuvish va zararlantirish, qaychi yoki pichoqni
dezinfeksiya qilish, kindikni bog’lash uchun steril
bint tayyorlash yoki spirtga
(yod eritmasiga) pishitilgan ip, tasmachani solib qo’yish lozim. Bordi-yu bola
asfiksiya bilan tug'ilganda burun yo’llari og'zidan homila oldi suvlarini tortib olish
uchun rezina nokchani taxt qilib qo’yish kerak.Tug'ilgan chaqaloqni qaynoq
dazmollangan toza choyshabga (yo’rgakka)
yotqiziladi. Kindikdagi pulsasiya
aniqlanmay, qolganda, kindik tizimchasi bola kindigidan 5-10 sm yuqorida
tayyorlab qo’yilgan ip tasmacha yoki bint tilishi bilan ikki joyidan bog'lanadi,
so’ngra kindikni bog'lagan ligaturalar o'rtasidan kesiladi.
Agar bolaning nafasi chiqmasa, bolaning
burni va og'zidagi suvlarni rezina
nokcha bilan tortib, so’ng og'izdan- og'izga usulida sun'iy nafas oldira boshlash
lozim.Onani va
yangi tug’ ilgan chaqaloqni imkon boricha tezroq tug'uruqxonaga
olib borish kerak.
Dostları ilə paylaş: