O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Klinik ko'rinishi. O'tkir nefrit ko'proq yoshlar kasalligi hisoblanadi, bolalar, 
ayniqsa o'smirlarda ko'p kasallanadi, kasallik erkaklarda ko'proq uchraydi. 
Bemorlar shishib ketishdan, siydik ajralishi kamayishidan bosh og’rishi, hansirash, 


qusish, yurak, bel sohasidagi og’riqdan, ko’rish yomonlashishidan va umumiy 
holsizlikdan shikoyat qiladilar. 
Kasallik klinikasida uchta alomat xos: shish, areterial gipertenziya va siydikda 
o'zgarish bo’lishi. 
Shishlar kasallikning eng dastlabki va doimiy belgilaridan biri hisoblanadi. Shish 
80-90 % bemorda kuzatiladi. U yuzda, ayniqsa qovoqlarda ko'rinib bemorni 
xunuklashtirib qo’yadi. Ko'z yumilib ketadi. Ko'zga ko'rinarli shishlar paydo 
bo’lguncha shishdan oldingi holat paydo bo'ladi. Bunda to'qimalarda suyuqlik 
yig'iladi, uni faqat bemorni muntazam tortib turib aniqlash mumkin. Shish tanaga 
tez tarqaladi, plevra bo'shlig'ida perikardda transsudat yig’ ilishi hamda istisqo 
(astit) bo'lishi mumkin.Arterial bosimning ko’tarilishi ham o'tkir nefritning erta 
paydo bo'ladigan belgilaridan hisoblanadi. Asosan diastolik bosim ko’tariladi, u 
arteriya devorining tarangligiga bog'liq. Pereferiyada to’satdan oshgan qarshlik 
natijasida yurak o'zining qisqarish kuchini oshiradi, natijada sistolik bosim ham 
ortadi. Shunday qilib maksimal bosim ham minimal bosim ham ortadi. 
Odatda o'tkir nefritdagi gipertenziya uzoq vaqt saqlanmaydi va me'yorgacha 
pasayadi.Siydik miqdori 700-400 ml va undan ham kamayadi. Og'ir hollarda bir 
necha kun davomida anuriya bo'lishi mumkin. Siydikda qon bo'lishi va uning rangi 
o'zgarishiga olib keladi: —qo’ng’ir, qizg'imtir, go'sht yuvindisiga o’xshash. 
Davosi. Bemor kasalxonaga yotqizilishiga muxtoj bo'ladi. O'rindan turmay yotish 
rejimiga amal qilish, sovqotishlarning oldini olish zarur. Parxez ovqatlarni 
ahamiyati katta. Dastlabki kunlari bemorga bir stakan suv uzum sharbati, klyukva 
morsi, ozroq shirin manni bo’tqasi, sut ichishga ruhsat beriladi.Osh tuzi ishlatish 
esa mutloqo man qilinadi. Suyuqlik miqdori chegaralanadi.Keyingi kunlari dieta 
№ 7 - osh tuzi chegaralangan yoki tuzsiz ovqatlar tayinlanadi, oqsillar keskin 
chegaralanadi, ziravorlar va ta'sirlantiradigan maxsulotlar butunlay man qilinadi. 
Dori-darmonlardan gipotenziv preparatlar:
25 % li magniy sulfat eritmasi 10 ml dan mushak orasiga, 20 ml dan 40 % li 
glyukoza eritmasi venaga yuboriladi. 
Profilaktikasi. Organizmdagi surunkali yallig’lanish o’chog'iga (surunkali 
tonzillit, gaymorit, adneksid, tish kariesi) qarshi kurashishdan iborat. 
Ishlab chiqarishda mehnat gigienasi organizmni mustaxkamlash, chiniqtirish, 
jismoniy tarbiya, alkogolni ko'p iste'mol qilishdan voz kechish muxim profllaktik 
tadbir hisoblanadi.
Pielonefrit - buyrak va buyrak jomi asosan interstisial to'qimasining 
yallig’lanishi.
Kasallik o'tkir, surunkali va buyrak sirrozi ko'rinishida kechadi. Pielonefrit bir 
yoki ikki tomonlama bo'lishi mumkin. O'tkir pielonefrit ko'pincha yoshlarda 
uchraydi. Qo’zg'atuvchilari jomchadagi o'tkir infeksiyalar hisoblanadi, 
qo’zgatuvchilar limfa va qon orqali tushishi mumkin. Ko'pincha kasallikdan oldin 
sovqotish asboblar yordamida urologik tekshirishlar o'tkazilganligi aniqlanadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin