O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Klinik manzarasi. Sifatsiz ovqat iste'mol qilgandan 3-4 soat o’tgach to’satdan 
boshlanadi. Umumiy holsizlik, ishtahaning yo’qolishi, qorinda og'riq kuzatiladi, 
bunga ich ketishi qo’shiladi. Ich ketish kuniga 3 martadan 10-20 martagacha 
bo'lishi mumkin. Najas ko'p miqdorda va ko'pikli, nordon hidga ega bo'ladi. 
Ko'pincha qorinda quldirash, ko’ngil aynishi, qusish, kekirish, chanqash kuzatiladi. 
Ko'zdan kechirishda teri qoplamlari oqargan, tili quruq, oqimtir parda bilan 
qoplangan, qorin dam bo’lgan, palpatsiya qilinganda og’riydi, arterial bosimi 
pasaygan, puls tezlashgan bo'ladi. Vaqtida davo qilinsa, bemor tez tuzalib ketadi. 
ayrim hollarda surunkali turga o’tib ketishi mumkin. 
Davosi. O'tkir enteritda o’rinda yotish rejimi, tuz surgi (magniy sulfat bir qabul 20-
25 g dan), mo’l suyuqlik (iliq choy), qoringa issiq qilish, tozalash klizmasi 
tayinlanadi.Dori moddalaridan sulgin (0.5 gdan kuniga 4-6 marta), enteroseptol va 
boshqalar buyuriladi.
Kolit- yo’g’on ichak shilliq pardasining yallig’lanishi, kolitning sababchisi 
infeksiya (dizentcriya). parazitar kasalliklar (lyamblioz, gelmintoz), haddan 
tashqari ta'sirlovchi va noto'g'ri tayyorlangan ovqat iste'mol qilish hisoblanadi. 
Kolit rivojlanishida qorin bo’shlig’ining boshqa organlaridagi yallig'lanish 
prosesslari: surunkali xolesistit, gastrit, enterit va allergik omillar muhim 
ahamiyatga ega.Kolit kechishiga ko’ra o'tkir va surunkali bo’ladi. 
Klinik manzarasi. O'tkir kolitning xarakterli simptomlari qorinning pastki 
qismida og'riq bo'lishi, tez-tez ich buzilib turishi, tana haroratining ko’tarilishi, 
tenezmalar (defekasiya og'riqli, soxta, qisqa bo'lishi) hisoblanadi. Ich kelishi
kuniga 20 marta va undan ortiq takrorlanadi. Kuchanishlar bezovta qiladi. 
Axlat har xil konsistensiyali - qattiq, suyuq, shilimshiq va qon aralash bo'ladi. 
Unda ko'p miqdorda leykosit va epiteliylar topiladi. 
Davosi. Ichakda muayyan patologik mikroflora topilganda (dizenteriya 
qo’g'atuvchilari) maxsus davo olib boriladi. Ovqat to’la qimmatli, oqsillari yetarli 


miqdorda, uglevodlari va yog’lari birmuncha chegaralangan, lekin mexanik va 
kimyoviy jihatdan chegaralaydigan bo'lishi kerak. Kasallikda tetrasiklin yoki 
levomisitin, shuningdek sulfanilamid preparatlari tayinlanadi. 
Xolesistit – o’t pufagining yallig’lanish kasalligi bo'lib, ko'pincha o’t-tosh 
kasalligi natijasida, ba'zan alohida kasallik sifatida rivojlanadi, Xolesistit gastrit, 
enterit va kolit kasalliklaridan so’ng rivojlanishi mumkin. Bodomcha bezining 
surunkali yallig’lanishi, tish kariesi, o'rta quloq yallig'lanishi, gaymorit, 
adneksidlar kasallik sababchisi hisoblanadi. 
Xolesistit o'tkir va surunkali turga bo'linadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin