O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

GIPERTONIYA KASALLIGl 
Gipertoniya kasalligi (yunoncha – ortiqcha, taranglik, bosim). Gipertoniya kasalligi 
yurak va tomirlar, endokrin tizim, buyrak va siydik chiqaruv yo'lidagi organik 
o'zgarishlarga bog’liq bo’lmagan holda, arterial qon bosimining uzoq vaqt 
birlamchi ko’tarilib turishidir. Arterial bosimning 140-90 mm simob ustuni norma, 


140-95 mm simob ustunining 160-5 mm dan yuqorisi gipertenziya deb 
hisoblanadi. Markaziy nerv tizimining ruxiy zarbaga uchrashi, o’ta zo’riqishi, 
moddalar almashinuvining buzilishi, zararli odatlar (spirtli ichimliklar, chekish). 
irsiyat muhim rol o'ynaydi. Bu omillar ta'sirida mayda arteriyalar bo'shlig’ining 
vaqtincha keyinchalik doimiy torayishi (spazmi) natijasida sistolik va diastolik 
arterial qon bosimi кo’tarilib ketadi. 
Gipertoniya kasalligining kechishida uchta bosqich farq qilinadi (A.L.Myasnikov). 
l-bosqich kasallikning boshlang'ich davri bo'lib, yuqorida qayd etilgan sabablar 
ta'sirida arterial qon bosimi qisqa vaqt ko’tariladi. Sabablarini bartaraf qilingandan 
so’ng bemorning ahvoli yaxshilanib, bosim o’z holiga tushadi. II-bosqichda qon 
bosimining ko’tarilishi doimiy (turg'un) bo’lib bemor maxsus davolanmasa, 
arterial bosim normaga tushmaydi III-bosqichda qon bosimi davo tadbirlari 
qo'llanganda ham normallashmaydi. Bunda buyrak, aorta, yurak, miya va boshqa 
organlar tomirlarida qaytmas o'zgarishlar yuzaga keladi.Kasallikning ilk davrida 
asabiy zo’riqishlardan so’ng bosh og'rig'i vaqti-vaqtida bosh aylanishi, quloq 
shang'illashi, darmonsizlik, yaxshi uxlay olmaslik, belgilari seziladi. 
Gipertoniyaning keyingi bosqichlarida puls (tomir urushi) tezlashadi, 
taranglashadi.Yurak chegaralarning chapga kengayganligi qayd etiladi.
Davosi. Bemorlar dam olish va uxlash rejimiga qat'iy rioya qilishi zarur. Ularning 
asab tizimiga ta'sir qiluvchi omillar(ni) bartaraf qilinadi. Parhez rejimiga rioya 
qilish, holesteringa boy mahsulotlar (yog’li, go’sht, yog’), chegaralanadi, sho’r 
taomlar man etiladi. Dori moddalaridan dibazol. papaverin. platifillin qo'llaniladi. 
Profilaktika. Dam olish, uxlash rejimini yaxshi tashkil etish, korxonalarda, oilada 
yaxshi munosabatlar o’rnatish. Gipertoniya kasalligining formalarini o’z vaqtida 
aniqlash va davolash zarur. 
Gipertonik kriz-gipertoniya kasalligining keskin kuchayishi bo'lib arterial 
bosimning birdaniga o'tkir ko’tarilib ketishi bilan xarakterlanadi.Bemorning boshi 
aylanadi, bosh og'rig’-kuchayadi, arterial bosim to’satdan ko’tarilib ketadi. Ba'zan 
bemorning ko’ngli ayniydi, qayd qiladi, birdaniga holsizlanib hushidan 
ketadi.Miyada qon aylanishi buzilishi natijasida harakatlar, nutq buzilishi yuz 
berishi mumkin. Og’ir hollarda shoshilinch davo choralari ko’rilmaganda miyaga 
qon quyiladi (insult). 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin