M i о к а r d i n f a r к t i Miokard infarkti-bumiokard nekrozi (jonsizlanishi)dir. U yurak toj
arteriyalarining tromb bilan to’satdan bekilib qolishi yoki ularning o'tkir spazmga
uchrashi oqibatida paydo bo’ladi.
Miokard infarktiko'pincha ateroskleroz, gipertoniyakasalligi bilan kasallangan
shaxslarda sodir bo'ladi. Stenokardiyani buasallikning darakchisideb
hisoblaydilar, biroq ba'zan miokard infarkti to’satdan yuz beradi.
Yuraksohasida yoki to’sh sohasida to’satdan paydo bo'lib, chap yelkaga, chap
kurakka, pastga jaqqa va tananing boshqa qismlariga o'tadigan og’riq infarkt
miokardining asosiy simptomi hisoblanadi. Stenokardiyadagi og'riqdan farqli
ravishda, miokard infarktida og'riq uzoqroq (bir necha soatgacha) bo'ladi, toj
arteriyalarini kengaytiradigan vositalar (validol, nilrogliserin) qabul qilingandan
keyin bosilmaydi. Miokard infarktining yetakchi simptomi kuchli og'riqda bemor
o’lim vahimasiga tushadi, rangi oqarib ketadi, peshonasini sovuq ter bosadi.
Miokard infarktining belgilaridan biri tana haroratining ko’tarilishi hisoblanadi.
Harorat qonga nekroz o’chog'i (infarkt)dan parchalanish mahsulotlaritushishi
sababli ko’tariladi. Harorat katta raqamlargacha chiqishi mumkin, lekin ko'pincha
subfebril bo'ladi.
Davosi. Agar miokard infarkti ko’chada, jamoat joyda yuz bersa, zudlik bilan tez
va shoshilinch tibbiy yordammashinasi chaqiriladi va bemorni yaqindagi
stasionarga (kasalxonaga, klinikaga) joylashtiriladi. Miokard infarkti uyda sodir
bo’lganda ham bemor kasalxonaga yotqiziladi. Hamma hollarda miokard infarktida
birinchi navbatda og'riq xurujini to’xtatish ta'minlanadi, o'tkir yurak
yetishmovchiligi bilan kurash olib boriladi. Bunda teri ostiga 1,0-2,0 ml morfin
yuboriladi. Arterial bosimni ko’tarish maqsadida mezaton, kofein, kamfora,
qordiamin yuboriladi.