Adrenokortikotrop gormoni buyrak usti bezining ishini tartibga soladi. Tireotrop
gormoni qalqonsimon bezning ishini, ya'ni tiroksin ishlab chiqarilishini
boshqaradi.
Gonadotrop gormoni ayollarda va erkaklarda jinsiy bezlar funksiyasini
boshqaradi. Gipofizning o'rta bo'lagida intermedin gormoni ajraladi. Bu gormon
terida pigment hosil bo'lishini boshqaradi. Gipofizning orqa bo'lagida oksitotsin va
vazopressin gormonlari ajraladi.
Oksitosin gormoni ayollarda bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytirib
tug’ish jarayonini osonlashtiradi.
Vazopressin gormoni esa organizmda suv
almashinuvini boshqarish, ya'ni buyrak
kanalchalarida birlamchi siydikning 98.5-99 %ini qonga qayta so'rilishini
ta'minlaydi. Bu gormon yetishmasa odamda qandsiz diabet kasalligi kelib
chiqadi.
Epifiz bezi o'rta miya sohasida joylashgan bo'lib. vazni 0,2 grammga tengdir. U
pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.
Qalqonsimon bezi bo'уinning
old qismida joylashgan bo'lib, hiqildoqni oldingi va
yon tomonlaridan yopib turadi. Uning vazni kattalarda 25-30 gr bo'ladi. Bu bez
tiroksin gormonini ishlab chiqaradi. U moddalar almashinuvi, yurak ishini gumoral
yo'l bilan boshqarishda bolalarning o'sishi va rivojlanihida, nerv tizimining
funksiyasini normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega. Qalqonsimon bez
funksiyasining susayishiga gipoterioz deyiladi. Yod yetishmovchiligi natijasida
odamda endemik buqoq kelib chiqadi. Bez funksiyasining oshishi tireotoksikoz
kasalligini kelib chiqishiga sababchi bo'ladi.
Qalqonoldi bezi oval shaklida bo'lib, juda mayda, vazni o'rtacha 0,11 grammga
teng. Bu bez organizmda kalsiy va fosfor tuzlari almashinuviga ta'sir etadigan
gormon- paratgormon ishlab chiqaradi.
Bu gormon kamayganda muskullar tortishadi va tetaniya kasalligi ro'y beradi. Bu
kasallikda qondagi kalsiy miqdori kamayib ketadi.
Ayrisimon bez to’sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Vazni 14-15 yoshli
o'smirda 30-40 gr. katta odamlarda 5gr
ga teng. Ayrisimon bezda timozin gormoni
ishlab chiqariladi.
Timozin limfositlar hosil bo’lishini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: